Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/105
Sana09.10.2023
Hajmi6.98 Mb.
#1696246
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Ong va faoliyat birligi tamoyili. 
Bu tamoyilga ko'ra, ong inson 
xulq-atvori va xatti-harakatining boshqaruvchisidir.
Ma’lumki, biologik nasldan naslga o'tuvchi xususiyatlar psixik 
funksiyalar shakllanishining shartlaridan birinigina tashkil etadi. 
Insonga insoniyat tomonidan yaratilgan predmetlar dunyosi va 
hodisalarni egallashga boigan intilishlar xos. Faoliyat esa inson 
ongining shakllanish omilini yuzaga keltiruvchi shartlaridan biri 
sanaladi. Faoliyat doimo organizm bilan muhitning ifodasidir. In­
son o‘zining faoliyatini ilk yoshidanoq butun insoniyat tajribasi va 
jamiyat talablariga yo'naltirib boradi. Inson faoliyatiga xos boigan 
xususiyatlardan yana biri shundaki, uning bilish jarayonlari iro- 
da bilan bog‘liq boiadi, ularga tayanadi, ya’ni faoliyat bilish va 
iroda jarayonlarisiz yuz berishi mumkin emas. Nuqsonli bolalarni 
o‘rganishda ushbu tamoyil nuqsonli bolalar faoliyati ana shu bola­
larning rivojlanish darajasini aniqlovchi asosiy parametr ekanligini 
nazarda tutadi.
Psixik rivojlanishning nutq bilan bogiiqligi tamoyili. 
Nutqiy faoli­
yat bola psixikasi, turli ruhiy jarayonlar (sensor, intellektual, hissiy 
iroda sohasi) bilan bogiiq holda shakllanadi. Bolada kechayotgan 
ruhiy jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlarini individual o‘rganish 
natijasida bola nutqining nuqsonli rivojlanishini aniqlash mumkin.
Olingan ma’lumotlarning tahlilida sifat-son jihatdan yondashish 
tamoyili, 
bir tomondan, son ko‘rsatkichlari asosida sifat birliklari 
yotishi lozimligiga asoslansa, ikkinchi tomondan, tekshirish nati- 
jalari mana shu rasmiy ko‘rsatkichlardan iborat boim ay, vazifalar- 
ning bajarilish jarayoni (operatsiyalarning mantiqiy ketma-ketligi, 
maqsadga erishishda sobitlik va h.k.) ham tahlil qilinishini talab 
etadi.
Logopsixologiyaning metodlari

Download 6.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling