Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Logopsixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
Logopsixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Logopsixologiya boshqa fanlar bilan chambarchas bog'liq. Nutqiy buzilishlarni kor- reksiyalash va oldini olish bilan shug'ullanishda nutq buzilishlari simptomatikasini bilish, nutqiy faoliyat tizimida nutqiy bo'lmagan belgilar aloqasini o'rganish uchun logopsixologiya boshqa fanlar bi lan o'zaro aloqada faoliyat ko'rsatadi. Bolalarning rivojlanish bosqichlarini psixiktomondan o'rganishda bolalar psixologiyasi, pedagogik psixologiya va logopediya fanlari o'zaro hamkorlikda ish olib borishi kerak. Bolalar psixologiyasi bo lalarda kechadigan ruhiy jarayonlarni o'rganadi. Bolalar psixologi yasi bolani boshqa shaxslar bilan muloqotga kirisha oladigan, meh nat qila oladigan shaxsga qay tarzda aylanishini ko'rsatib beradi. Pedagog bolalar psixik rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashda va farqlashda yuqorida bayon etilgan bilimlarga tayani- shi lozim. 136 Logopsixologiya — maxsus psixologiyaning bir bo‘limi, maxsus psixologiya esa umumiy psixologiyaning bir yo‘nalishidir. Umumiy psixologiya psixikaning tarkib topishi va rivojlanishi qonuniyat- larini me’yorida o‘rgansa, logopsixologiya ana shu qonuniyatlarni nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarda o‘rganadi. Shuningdek, um u miy psixologiyada qoilanadigan tadqiqot metodlari, tamoyillar, o‘rganilayotgan holatlarning tushunchalari, atamalari logopsixo- logiyada ham qoilanadi. 1970-yilda A.R.Luriya tashabbusi bilan bolalar neyropsixologi- yasi rivojlana boshladi. Logopsixologiya logopediya bilan bog‘liq. M a’lumki, logopediya nutqida kamchiligi boigan bolalarning taiim -tarbiya tizim ini tashkil etishda logopsixologiya tomonidan o‘rganiladigan bolalarning guruhli, yosh va individual psixologik - xususiyatlari haqidagi bilimlarga tayanadi. Logopsixologiya tibbiy fanlar bilan aloqada rivojlanadi. Bu fan- lar bir xil o‘rganish obyektiga ega. Lekin bu fanlar o‘rganish pred- metiga ko‘ra farqlanadi. Logopsixologiya nevrologiya, psixiatriya, fiziologiya fanlari bilan bogiiq. Logopsixologiya nevrologiya, fi- ziologiya fanlarini integratsiyalash natijasida nutq nuqsoniga ega boigan bolalarning psixik rivojlanish holatini yangi sifat nuqtayi nazaridan baholash imkonini beradi. Funksional tizimlar nazari- yasining yaratilishi, bosh miya qobigi funksiyalarining joylashishi (lokalizatsiyasi) haqidagi nazariyaning ishlab chiqilishi, alohida ehtiyojlarga ega bolalarda oliy psixik funksiyalarning shakllanishi va rivojlanishi nutq kamchiliklarini tahlil etishning yangicha usul- larini keltirib chiqardi. Logopsixologiya — otoloringologiya, nevropatologiya, psixopa- tologiya, oligofreniyaklinikasi,pediatriya fanlari bilanham bogiiqdir. Bu fanlarning m aium otlari ovoz buzilishlarini o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Bu holatda ovoz buzilishlari halqum nuqsonlari asosida yuzaga kelgan boiishi mumkin. Ko‘p buzilishlar markaziy asab tizimi buzilishlari bilan bogiiq boiib, uning tashxisi logoped va vrach-nevropatologning o^zaro faoliyati asosida amalga oshiriladi. Nutq buzilishlarida ruhiy rivojlanishning turli holatlari — emot- sional-irodaviy, diqqat, xotira, aqliy mehnat faoliyati hamda shaxs- 137 ning psixik rivojlanishi orqada qoladi. Bu ma’lumotlar nutq buzi- lishini aniqlash va unga kerakli yordam ko‘rsatishda muhimdir. Nutqiy buzilishlar miya faoliyatining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Bunday holatlarda logopedik ish bilan bir qatorda markaziy asab tizimi faoliyatini faollashtiruvchi dori-darmon orqali ham davolash olib boriladi. Logopsixologiya lingvistika va psixolingvistika bilan o‘zaro bog‘liqdir. Logoped lingvistika fanida berilgan til birliklari va qoi- dalarini yaxshi bilsa, bu unga aniq tashxis qo‘yishi, to‘g‘ri korrek- siyalashga yordam beradi va logopedik ish samaradorligining oshi- shiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Logopsixologiya umumiy va maxsus psixologiya, psixodiagnos- tika fanlari bilan bogliqdir. Logoped bolaning psixik rivojlanish qonuniyatlarini bilishi, psixologik-pedagogik tekshiruv metodlarini qollay olishi lozim. Shunday qilib, logoped nutq buzilishlarining turli shakllarini farqlashi, intellektual, emotsional va xulqiy buzilishlar bilan bog'liq nutqiy buzilishlarga tashxis qo‘yish malakasiga ega bo'lishi kerak. Psixologiyaga oid bilimlarni bilish logopedga faqat nutqiy bu- zilishni emas, balki nutqiy buzilishni ruhiy buzilishlar bilan bog'liqligini to'g'ri tushunish imkoniyatini beradi. Bunday bilim turli yoshdagi nutq nuqsoni mavjud bolalar bilan muloqotga kiri- shishga imkon beradi. Shunday qilib, maxsus psixologiyaning bir bo'limi bo'lgan logopsixologiya maxsus psixologiyaning asosiy tarkibiy qismi si fatida logopediya va psixologiyaning zamonaviy yutuqlari asosida takomillashib bormoqda. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling