Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Shaxsning ruhiy rivojlanishida biologik va ijtimoiy omillarning
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
Shaxsning ruhiy rivojlanishida biologik va ijtimoiy omillarning
o‘rni. Ilmiy manbalarda inson shaxsi ikkita omil ta’sirida rivojlani shi ko‘rsatib o‘tiIadi. Ulardan birinchisi biologik omillarning ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi, odam tug‘ilib o‘sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siridir. Bu o‘rinda odamga uzoq muddat davomida sistemali be- 140 riladigan ijtimoiy ta’lim-tarbiyaning ta’sirini ham alohida ko‘rsatib o‘tish lozim. Bola organizmi o‘sib, kamolga yetib boradi. Organizmning ayrim a’zolari o‘sadi va rivojlanib boradi. Shu a’zolarning sifati o‘zgaradi. Nerv sistemasi taraqqiy etib, chiniqib boradi. Masalan, bola bir yoshga tolguncha bosh miyasining ogirligi ikki marta oshadi. To‘rt-besh yoshlarga yetganda bosh miya ogirligi uch marta osha di. Miyaning o‘sishi yigirma yoshgacha, ba’zan undan keyin ham davom etadi. Bola shartsiz reflekslar bilan tugiladi, ammo hayoti- ning birinchi oyidayoq shartli reflekslar asosida tashqi ta’sirlar tu- fayli shartli reflekslar ham vujudga kela boshlaydi. Bola bir yoshga to‘lib, ikkinchi yoshga qadam qo‘yganda, bosh miya po'stlogining faqat odamga xos bo‘lgan yuksak funksiyasi tarkib topadi. I.P. Pavlov bu funksiyani «ikkinchi signal sistemasi» deb atagan edi. I.P. Pav- lovning taiim otiga ko‘ra ikkinchi signal sistemasining mexanizm- lari — tafakkur hamda og‘zaki va yozma nutqning nerv-fiziologik negizi hisoblanadi. Bolaning rivojlanib va takomillashib borayotgan nerv sistemasi, jum ladan, bosh miyasi taraqqiy etayotgan odam psixikasining mod- diy substrati (asosi)dir. Ammo organizm o‘sishining o‘zi hali odam shaxsini, undagi psixik hayot mazmuni va formalarini belgilab ber- maydi. Bola tayyor bilim va mahorat, tasavvur va qobiliyat, tayyor havas va xarakter bilan tug‘ilmaydi. Organizmning o‘sishiga bog‘liq boigan psixik hayot imkoniyatlari haqiqatan yuzaga chiqishi uchun bola fiziologik jihatdan o‘sibgina qolmay, ijtimoiy muhitda, odam lar orasida yashashi va kamolga yetishi kerak. Organizm o‘sishi bilan, jum ladan, nerv sistemasi o‘sishi bilan psixik hayot mazmuni va formalarining rivojlanishi uchun im- koniyat vujudga keladi, xolos. Bu imkoniyat esa odamning ijtimoiy muhitda yashashi va rivojlanishi jarayonida amalga oshadi. Odam nafaqat biologik zot sifatida, balki avvalambor ijtimoiy zot sifatida kamolga yetadi. Zero har bir odam ning ongi faqat muayyan ijtimoiy muhitda kamol topadi. Bola tug‘ilgan paytidanoq muayyan ijtimoiy hayot sharoitida tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar sharoitida, ijti moiy ong formalari qaror topgan bir sharoitda boiadi, bola mehnat sharoitining ta ’sirida va atrofdagi kishilar bilan aloqada boiadi. 141 G o‘dak va kichik yoshdagi bolaning o'zi mehnat jarayonida ishtirok etmaydi, albatta. Ammo u mehnat sharoitida yashaydi va o‘sadi. Bolaning atrofini ijtimoiy ishlab chiqarish mahsuli bo‘lgan narsalar o‘rab turadi, u kattalarning mehnat samaralaridan foyda- lanadi, katta yoshdagi kishilar bola uchun mehnat qiladilar, so‘ngra bola voyaga yetib, o‘zi ham mehnatning biron turiga kirishadi, mehnatga biron munosabatda bo‘ladi. Xuddi shuningdek, bola tug‘ilgan kuniyoq tilga kirmaydi. Ammo boshqa kishilar bolaning oldida unga murojaat qilib Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling