Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
so'zlaydilar.
Bola so‘zlashuvchilar orasida o‘sadi, so‘ngra bola ma’lum yoshga yetgach, tilga kirib, so‘zlashadigan bo‘ladi. 0 ‘sayotgan bola tilni bilib oladi, tilning yordami bilan ajdodlarning to‘plagan moddiy va ma’naviy tajribasini bilib oladi, ayni vaqtda o‘zining psixik kuchlari ham kamolga yetadi. Har bir bolaning ongi olzgaruvchi muhit ta’sirida kamol topadi. Shu sababli konkret muhitga qarab, o‘sayotgan odam ongi ham har xil tarkib topadi va rivojlanadi. Yosh va individual xususiyatlar sensor, mnemik, verbal va mantiq-psixofiziologik funksiyalarning dinamikasi hamda orga- nik ehtiyojlar tuzilishini belgilaydi. Yuqoridagi sifatlar rivojining muhim shakli ontogenetik evolutsiyadan iborat bo‘lib, ular filo- genetik dasturga asoslanib faoliyat ko'rsatadi. Yosh va individual o‘zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti ta ’siri ostida har xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy sifatlari ta ’sir etib, uning indi vidual o‘zgaruvchanligi omilini kuchaytiradi. lnsonni shaxs sifatida tavsiflashning muhim jihati uning di namik xususiyatlari bo‘lib, jamiyatdagi maqomi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, ya’ni uning jamiyatda egallagan o‘rni) orqali ifodalanadi. Maqom negizida doimiy o‘zaro aloqalar tizimi yotadi. Shaxsning ta ’rifl xulq motivatsiyasi xususiyati va ijtimoiy fe’l-atvor tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi alomatlar sifatida joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining o'zaro ta’sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzaga keladi. Insonning jamiyatdagi hayot yo‘li va ijtimoiy tarjimayi holi uning shaxs sifatida rivojlanishining asosiy shaklidir. 142 Individ, shaxs va subyektning rivojlanishini o‘rganishda quyidagi holatlarga e’tibor qilish zarur: — inson rivojining asosi hisoblangan omillar va shart-sharoit- lar (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muhiti omillari); — insonning o‘ziga taalluqli asosiy tavsiflar, uning ichki qo- nuniyatlari, mexanizmlari, evolutsiya bosqichi, barqarorlashuvi va involutsiyasi; — inson bur butun yaxlit tizimning asosiy tarkibiy qismi ekan- ligi, ushbu tarkibiy qismlarning obzaro aloqalari, shaxsning tashqi ta ’sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning ta- komillashuvi va h.k. Odamning muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy foydali faoliyati jarayonida hayotiy zarur mexanizmlar va ongli faoliyat ning funksional tizim jarayonlari yuzaga keladi. Ana shular tufayli odam bilimlarni, koiiikm a va malakalarni, ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtiribgina qolmay, balki o‘zining idroki, tafakkuri, xayoli, hissiyotlari va irodasini, bir so‘z bilan aytganda, voqelikka bo'lgan ongli munosabatini hamda o‘z harakatlari va xulq-atvorining mo- tivlarini tarkib toptiradi. Mana shu jarayonda ta’lim va tarbiya yetakchi o‘rin egallaydi. Ma’lumki, taiim -tarbiya inson ongini shakllantiradi, uning dunyoqarashi, e’tiqodi, hayotga boigan munosabatini tarkib top tiradi. Shuni aytib o‘tish kerakki, bola shaxsining tarkib topishiga ta ’lim-tarbiyaning ta’siri deganda albatta birinchi navbatda tarbiya muassasalarida, ya’ni bog‘cha, maktab, internat, litsey va kollejlarda beriladigan ta’lim-tarbiya tushuniladi. Shunday qilib, psixologiya tarixida shaxs rivojlanishi va tako- millashuvini harakatlantiradigan kuchlar va manba masalasini hal etishning ikkita yo‘nalishi mavjud boigan. Ular biologik va ijtimoiy konsepsiyalari nomini olgan. Biologik konsepsiya inson shaxsining rivojlanishi biologik omil lar bilan belgilanishiga asoslanadi. Shuning uchun ham shaxsning rivojlanishi ichki sabab natijasida (o‘z-o‘zidan) sodir bo lish xususi- yatiga egadir. Ijtimoiy konsepsiyaga ko‘ra shaxs tevarak-atrofdagi ijtimoiy muhitning bevosita ta ’sirida rivojlanib boradi. 143 Shunday qilib, biologik va ijtimoiy konsepsiyalar shaxs rivojla- nishining qonuniyatlarini tushunib yetishga asos bo‘ladi. Unisi ham, bunisi ham psixik rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlab beradi. Yuqorida biz shaxsning me’yorda rivojlanish qonuniyatlariga to‘xtaldik. Quyida rivojlanishda turli chekinishlar, nuqsonlar, bu zilishlar kuzatilgan holatlarni ko‘rib chiqamiz. Bunday holatlar «dizontogenez» nomi bilan ataladi. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling