Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Normal va nuqsonli rivojlanishning umumiy va o‘ziga xos


Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/105
Sana09.10.2023
Hajmi6.98 Mb.
#1696246
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

8.1. Normal va nuqsonli rivojlanishning umumiy va o‘ziga xos
qonuniyatlari
Rivojlanish — falsafiy kategoriya sifatida. Prezidentimiz I.A. Ka­
rimov: «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi er- 
kin shaxsning shakllanishiga olib keladi. 0 ‘zining qadr-qimmatini 
anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsad- 
ga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz» 
deb ta’kidlagan edilar. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim
138


to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da bu- 
gungi kunda shaxs tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Bolalar maktab yoshiga yetgach, shaxs shakllanishining yangi 
mazmuni boshlanadi. Kichik maktab yoshi, o‘smirlik yoshi va kat­
ta maktab yoshi davrlarida shaxs shakllanishining yuqori bosqichi 
namoyon bo‘ladi. Inson shaxsini o‘rganish masalasi bilan falsafa, 
psixologiya, pedagogika kabi fanlar shug‘ullanadi. Hozirgi davrda 
inson muammosi aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlarning umumiy 
tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda. Shunga qaramasdan, bir 
tomondan, insonni o'rganishda differensiatsiya hodisasi yuz ber- 
moqda, ikkinchi tomondan, inson taraqqiyotining sintetik tavsifi 
bo‘yicha integratsiya holati ko‘zga tashlanmoqda. Bir qator fan­
larning tadqiqot obyekti bo‘lib turgan insonni bir butun, yaxlit 
tarzda tasavvur etish uchun uni biosotsial va sotsiobiologik jihatdan 
o‘rganish maqsadga muvofiq, Ma’lumki, inson hayoti va faoliyati­
ning operatsional (o‘qish, operatsiya, harakat, malaka) mexanizmi 
uning ontogenezida funksional mexanizmga o‘sib o‘tadi, binobarin, 
unda komillik belgisi shakllanadi, natijada u kamolot cho'qqisining 
muayyan darajasiga erishadi.
Inson — jamiyat — tabiat — turm ush munosabatlarini tekshir- 
gan rus olimlari S.L. Rubinshteyn, L.S. Vigotskiy, A.N.Leontev, 
B.G.Ananev odam va ular o‘rtasida har xil turdagi va ko‘rinishdagi 
strukturaviy, funksional, fazoviy va makoniy aloqalar tizimi mav- 
judligini ta’kidlab o‘tganlar. Birinchidan, inson u yoki bu alo­
qalar tizimiga binoan biologik mahsul — Homo Sapins sifatida 
o‘rganiladi. Ikkinchidan, tarixiy jarayonning ham obyekti, ham 
subyekti tariqasida tadqiq etiladi. Uchinchidan, taraqqiyotning 
genetik dasturiga asoslanuvchi, muayyan koiam da o'zgaruvchan 
alohida xususiyatlarga ega (individ) jonzot tarzida ilmiy jihatdan 
o‘rganiladi. Insonning jamiyat ishlab chiqarishining yetakchi tarki- 
bi, bilish, kommunikatsiya va boshqaruv subyekti, tarbiya predmeti 
sifatida tadqiq etilishi muhim ahamiyatga ega.
Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh jihatdan 
rivojlanish bosqichlari va individual-tipologik xususiyatlariga asos- 
lanadi. H ar bir rivojlanish davri o‘ziga xos xususiyatlarga ega boiib, 
ontogenetik evolutsiya bosqichlarida izchil ravishda namoyon boiadi
139


va takomillashuv jarayonida o‘z ifodasini topadi. Shaxsning indivi­
dual xususiyatiga konstitutsion (tana tuzilishi, bioximik individual- 
lik) holatlar, simmetriya va asimmetriya juft retseptorlari, effektor- 
larining funksiyalari kiradi. Bu xususiyatlar va xossalar birlamchi 
hisoblanib, hujayra va molekular tuzilishning barcha darajalarida 
ishtirok etadi.
Ma’lumki, odam ongining yuksak belgilaridan biri uning o‘zini 
anglashidir. O'zini anglash shaxsning muhim belgisi hisoblanadi. 
Odam o‘z tevarak-atrofidagi olamni biluvchi va shu olamga ta’sir 
etuvchi subyektdir. Barcha idrok etiladigan, tasavvur qilinadigan 
narsalar uning uchun obyektdir. Ana shu nuqtayi nazardan olganda, 
odamning o‘zini anglashi subyektiv ravishda o‘zini «men» deb his 
qilishida ifodalanadi.
Odam ijtimoiy zot bo‘lganligidan unga o‘zligini anglash qo ­
biliyati xosdir. Faqat ijtimoiy hayotda, o‘zga kishilar bilan qila­
digan turlicha munosabatlarda odam ning o‘zini anglashi, o‘zini 
«men» deb bilishi vujudga keladi va taraqqiy etadi. Odam o‘zini 
alohida shaxs sifatida kim deb bilishi, o'zining o‘tmishi va kela- 
jagini anglashi, o'z huquq va burchlarini anglashi va, nihoyat 
o‘zining fazilat hamda kam chiliklarini anglashi o‘zini anglashiga 
kiradi.
Insonning rivojlanishida, uning shaxs sifatida tarkib topishida 
biologik va ijtimoiy omillar muhim o‘rin tutadi. Inson shaxsi- 
ning tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil uning o‘zi orttir- 
gan tajribalarni ta’lim-tarbiya orqali bolalarga berilishidir. Shunday 
qilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo‘lib, u 
kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning 
ta ’siri ostida sekin-asta tarkib topadi.
Shunday qilib, insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlari- 
ning tarkib topishida biologik hamda ijtimoiy muhit va tarbiyaning 
roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

Download 6.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling