Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Diagnostika va korreksiyaning birligi tamoyili


Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/105
Sana09.10.2023
Hajmi6.98 Mb.
#1696246
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Diagnostika va korreksiyaning birligi tamoyili. 
Korreksion ish­
ning vazifalari bola rivojlanishining to iiq psixologik diagnostikasi- 
ga asoslanganidagina to ‘g‘ri belgilanishi mumkin. Psixologik diag­
nostika va korreksiya bir-birini to'ldiradigan jarayonlardir. Shuning 
uchun bolaga psixologik korreksiya kerakmi yoki yo'q degan savol- 
ga javob berishdan oldin, bolaning psixologik rivojlanish xususi­
yatlarini, muayyan yangi psixologik hosilalarning shakllanganlik 
darajasini, malakalar, bilimlar, ko‘nikmalar, shaxsiy va shaxslararo 
aloqalarning rivojlanganlik darajasining bola yoshi bosqichlariga 
muvofiqligini aniqlab olish zarur.
Alohida individuumning barcha psixik xarakteristikalarini bir 
butun (yaxlit) o‘rganish tamoyili 
determ inizm va tizimlilikning 
umummetodologik tamoyillarini yanada aniqlashtiradi. Bu tamoyil 
L.S. Vigotskiyning biron buzilishning tizimli tahlilini amalga oshi­
rish imkonini beradigan nuqson tuzilishi haqidagi konsepsiyasining 
asosini tashkil qiladi. Bu tamoyilning mohiyatini faoliyatli psi­
xologiya doirasida ko'proq ochib berish mumkin. Unga ko'ra inson 
o'zini predmetli-manipulyativ, o'yin, o'qish va mehnat faoliyatida 
imkon darajada to‘liq namoyon etadi. Bunday yondashuv sinalayot- 
gan 
shaxs 
psixikasining barcha sohalarini — shaxsi, intellekti, xulq- 
alvorini ochish imkonini beradi.
Insonga shaxs sifatida yondashish tamoyili nutq kamchiligiga 
ega shaxslarni tekshirishda g'oyat muhimdir. Bolaning emotsional- 
irodaviy holatini belgilab beradigan xulq-atvor yo‘nalishini hisobga 
olmasdan turib, psixologik yordam samarali bo‘la olmaydi. Psixolog 
liar bir bolani va uning ota-onasini nodir, avtonom individlar sifati­
da qabul qilishi hamda ularning erkin tanlash, o‘zini-o‘zi belgilash 
huquqini, o‘z hayoti bilan yashash huquqini tan olishi va hurmat 
qilishi lozim.
Faoliyat orqali yondashuv tamoyili. Tekshiruv bolaning 
yetakchi faoliyati hisobga olingan holda amalga oshirilishi 
lozim. Agar bu m aktabgacha yoshdagi bola bo'lsa, o'yin feoli- 
yati kontekstida, m aktab bolasi bo'lsa, o'quv faoliyatida. Ayrim 
hollarda, agar rivojlanishda, shu ju m lad an nutq rivojlanishida 
orqada qolish kuzatilsa, o‘yin m etodikalari m aktab yoshida ham 
o'z aham iyatini saqlab qoladi. B undan tashqari bola va o'sm ir
129


uchun shaxsan tanish bo'lgan faoliyat turlarini tanlash tavsiya 
etiladi.
Bolani dinamikada o‘rganish tamoyili. U bolalarning mav- 
jud imkoniyatlarinigina emas, balki ularning kelgusida bilim- 
lari va ko'nikm alarini rivojlantirish imkoniyatlarini o'rganishga 
yo'naltirilgan. L.S. Vigotskiyning ta ’lim va rivojlanish nisbatlari 
haqidagi konsepsiyasi shu tamoyilga asoslanadi. Unga ko'ra bola 
o'zi mustaqil hal qiladigan masalalar bilan belgilanadigan ak- 
tual rivojlanish zonasi va bola kattalar yordamida hal qiladigan 
masalalar belgilab beradigan eng yaqin rivojlanish zonasi farqla­
nadi.
Individual va kollegial tekshirish shakllarini birga qo'shib olib 
borish tamoyili kam kuch sarflab, eng yuqori natijalarga erishish 
imkonini beradi. Tekshirishning kollegial shaklida bir mutaxassis 
ikkinchisining yordamchisi sifatida ish olib borishi va o'z o'rnida 
sinovdan o'tuvchining xatti-harakatlarini tashkil qilishi, ijobiy 
emotsional fon yaratishi va, ayniqsa, olingan diagnostika natijala- 
rini tahlil qilishda faol qatnashishi mumkin. Bunda bir xil faktlarga 
har xil nuqtayi nazar bilan qarash va optimal xulosaga kelish im- 
koni bo'ladi.
Rivojlanish tamoyili. Ushbu tamoyilga ko'ra, nuqsonning yuzaga 
kelish jarayonini (sababini) tahlil qilish bilan birga, aynan shu nuq- 
sonni bolaning rivojlanishiga qanday ta’sir etishini o'rganish na- 
zarda tutiladi. Ruhiy holatlarning to'g'ri tavsifnomasi nuqsonning 
kelib chiqish sabablari, aynan hozirgi vaqtdagi holati va kelajakda 
ro'y berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlarni inobatga olgan holda 
tuziladi. Masalan, noaniq artikulatsiya so'zni, tovushni tahlil — 
sintez qilish malakasini egallashda qiyinchiliklar, yozma nutqda 
agramatizmlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, noaniq 
talaffuz nutqiy faollikning susayishiga, muloqotga kirishishda ehti- 
yojning kamayishiga olib keladi. Bola atrofdagilarning masxara- 
lashlaridan uyalib muloqotga kirishmaydi, natijada esa, bolaning 
faol va passiv lug'ati kamayadi.
Rivojlanish tamoyiliga ko'ra, nuqsonni statistik jihatdan 
ta ’riflashga emas, balki uning rivojlanish dinamikasini aniqlashga 
alohida urg'u beriladi.
130



Download 6.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling