Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Logopsixologiya fani predmeti, maqsadi, vazifalari va tamoyillari
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
Logopsixologiya fani predmeti, maqsadi, vazifalari va tamoyillari
«Logopsixologiya» kursi defektolog bakalavrlarni tayyorlash tizi- mida asosiy o'rinlardan birini egallaydi, chunki talabalar o‘zlarining keyingi ish faoliyatlari davomida maxsus ta’lim-tarbiya tizimida rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan bolalar nutqidagi kamchiliklar- ni aniqlash, nutq kamchiliklarini bartaraf etish, ularning oldini olish bilan shug‘ullanadilar. Ma’lumki, nutq nuqsonlariga ega bo lalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning samaradorligini oshirishda defektolog maxsus psixologik bilimlar tizimini egallagan bo‘lishi, nutqida kamchiligi bor bolalarning psixologik rivojlanish qonuniyatlari, ularning shaxsini shakllantirish omillari haqida bi- limlarga ega bo‘lishi va ana shu bilimlarga tayangan holda faol psi- xokorreksion (tuzatish) ishlarini olib borishi zarur. Shuningdek, maz- kur kurs davomida talabalar nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko'nikmalarini egallab boradilar, har bir nutq kamchiligida bola hissiy-irodaviy doirada, psixik jarayonda o‘ziga xos, alohida xususi- yatlarga ega ekanligi haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Kursning asosiy vazifasi talabalarga logopsixologiya fanining barcha bo‘limlarini, logopsixologiya fani bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan (maxsus pedagogika, logopediya, psixologiya, maxsus psixologiya, psixolingvistika va h.k.) fanlarning yangi ilmiy yutuqlarini hisobga olgan holda umumiy va maxsus bilimlarni berishdan iborat. 127 Logopsixologiya fanining o'rganish obyekti tug‘ma yoki orttiril- gan nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalardir. Logopsixologiya fanining predmeti doirasiga nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarning psixik xususiyatlarini o‘rganish va psixokorrek- sion ishlarni tashkil etish jarayoni kiradi. Logopsixologiya fanining vazifalari: — turli nutq nuqsoniga ega bo'lgan shaxslarning psixik rivojla nish xususiyatlarini o'rganish; — nutq nuqsonlarining differensial diagnostika metodlarini ish lab chiqish; — nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalarning bilish faoliyatidagi kamchiliklarini o'rganish va bartaraf etish; — nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalarda hissiy-irodaviy sohani va shaxslararo raunosabatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish me todlarini ishlab chiqish; — nutq nuqsoniga ega bolalarning bilish faoliyatidagi va hissiy- irodaviy sohasidagi kamchiliklarning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish. Logopsixologiya fanining tamoyillari va metodlari Determinizm tamoyili. Bu tamoyil psixik holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni o'rganishni nazarda tutadi. Determinizm narsa va hodisalarning sababiy bog'lanishlari haqidagi ta’limot. Real hayotda yuzaga kelgan sabablardan keyin oqibatlar darhol yuzaga kelmadi, balki m a’lum vaqt o'tganidan keyin namoyon bo'ladi. Ma’lum bir holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablar natijasida, ma’lum hodisa va omillar ta’sirida aniq oqibat lar, asoratlar kelib chiqadi. Masalan, asfiksiya bilan tug'ilgan bo lada nutq kech rivojlanadi, ya’ni asfiksiyaning oqibati nutqning o'z vaqtida rivojlanmaganida ma’lum bo'ladi. Birgina sabab, ma’lum bir sharoitda bir xil oqibat-natijalarga olib kelsa, boshqa sharoitda umuman boshqacha natijalar keltirib chiqa- rishi mumkin. Patologik rivojlanishni ta’riflovchi barcha holatlar- ning sababiy bog'lanishi turli patologik omillar bilan bog'liq. Ushbu omillarni aniqlash bolaning rivojlanishi va ta’lim-tarbiya jarayo- nidagi qiyinchiliklarni tashxis qilishning asosiy vazifalaridan biri. 128 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling