Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
ularning oiladan ajralganligi ham
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
ularning oiladan ajralganligi ham
muhim omil sanaladi. Maktabgacha davrda motivatsion ahamiyatga ega bo‘lgan emotsiya, his-tuyg‘u turi insonning atrofdagi predmet, hodisalarga munosabatidir. His-tuyg‘uning shakllanishi murakkab va o‘ziga xos yo‘l sanaladi. Maktabgacha davrda his-tuyg‘ular sujetli-rolli o‘yinlar faoliyatida shakllanadi. D.B.Elkonin odamlar o‘rtasidagi munosa- batlarni shakllanishida sujetli-rolli o‘yinning roli kattaligini alohida ta ’kidlaydi. Inson munosabati asosini tashkil etuvchi normalar bo laning ma’naviy va ijtimoiy tuyg'ulari manbayi sanaladi. Emotsiya * va tuyg‘u bevosita o‘yin cheklanishlariga bo‘ysunishda ishtirok etadi, bunda bola o‘yin qoidalariga muvofiq o‘z tuyg‘ularini boshqarishga o‘rganadi. Bola o‘z tuyg‘ularini jilmayish, kulish, mimika, imo- ishora, intonatsiya, harakatlar vositasida namoyon etishni o‘rganadi. Tuyg‘ular tilini o‘rganib, ular anglangan holda, o‘z emotsiyalarini bayon qiladi. Kichik yoshdagi kar bolalarda o‘yin va nutqiy faoliyatning chegaralanganligi sababli ular o‘rtoqlarini tushunmaydilar. L e kin o‘zaro muhabbatni, tushunishni kutadilar, uydan ajralgan- lari uchun ulardan himoya, qayg‘urishni kutadilar. Bog‘chaga kelgan kunlarida bolalar o‘rtog‘iga yordamga kelmaydilar, bir- biriga muhabbat, mehr bilan qaramaydilar. Yil boshida kichik guruhdagi bolalarda uyda tarbiyalanish asosida shakllangan ego- istik yo‘nalish kuzatiladi (yangi yaxshi o‘yinchoqni tortib olish, o'yinchog‘ini o‘rtog‘iga bermaslik). 0 ‘rta va yuqori guruhlarda 1 o'rtoqlik va axloqiy tuyg‘ularning rivojlanishida ijobiy ta ’sirlar 113 ko‘rinadi. Sujetli-rolli o'yin, bayram, tug'ilgan kunlar o'tkazish ijobiy emotsional tuyg'uni shakllantirishga sabab bo‘ladi. Bu o‘rtog‘ini qayg'urishlarini tushunishi, uning emotsiyalari, qiyin- chiliklari ijobiy ta ’sir ko'rsatadi. Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar shaxslararo munosabatini shakllantirishda, emotsiya va tuyg‘ularni rivojlantirishda boshqa odamlarning emotsiyalarini tushunish muhim rol o‘ynaydi. V. Petshak kar maktabgacha va maktab yoshidagi bola larning boshqalar emotsiyasini tushunish xususiyatlarini o'rgangan. Tadqiqot jarayonida ma’lum emotsional holatlarda, xursandchilik, g‘am-anduh, qo'rquv, nafrat, befarqlik, hayrat emotsiyalari tasvir- langan edi. Tasvirlarni uch xil variantda tasniflash mumkin: • shartli-sxematik; • realistik; • hayotiy sharoit (sujetli rasm). Tekshiriluvchining vazifasi yuz tuzilishiga ko'ra insonning emot sional holatini anglash va uni imo-ishora nutqi bilan bayon etishni ko'zda tutishi. Emotsional holatni tushunish kar va sog'lom bolalar uchun qiyinchilik tug'diradi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar orasida faqat ba’zilari tasvirlash sxematik va hayotiy variantni to'g'ri angladilar. Rasm personajlarining imo-ishorasi holatini to'g'ri tu- shunganlar. Ba’zan eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar emotsional holatga mimik va imo-ishorali tasnif berganlar. So'zli bayon ba’zan amalga oshirilgan. Shunday qilib, tashqi ko'rinishlar (mimika, imo-ishora) kar bola larning emotsiyalarni tushunishida muhim ahamiyatga egadir. Eshi tishida nuqsoni bo'lgan bolalarning ruhiy rivojlanishida emotsional doira rivojlanishi davom etadi. V.Petshak tadqiqotlari natijalariga ko'ra, IV sinf o'quvchilari xursandchilik, shodlik, g'am, hayrat, qo'rquv, nafrat tuyg'ulari ifodalangan personajlarning emotsional holatini qisman tushunganlar. Bu bilimlarni bolalar asta-sekin, o'rta va yuqori sinflardagi ta ’lim davomida egallaydilar. Analogik bilimni eshituvchi bolalar kichik yosh davrida egallaydilar. Emotsiyalarni kech anglash bir qator noxush oqibatlarga sabab bo'lishi mumkin. Xususan, adabiy qahramonlarni, ularning faoli- yatlari, qiliqlari, oqibat va sababini tushunish eshitishida nuqsoni 114 bo‘lgan bolaning shaxs sifatlari shakllanishi va ijtimoiy-emotsional sferasi tarkib topishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling