Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar hissiy emotsional iroda
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
7.2. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar hissiy emotsional iroda
sferasining tavsifi Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bola tarbiyalanayotgan ijtimoiy sharoit uning shaxs sifatlari shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda, ijtimoiy tajriba ja rayonida bola shaxsi rivojlanadi. Atrofdagi ijtimoiy muhit bola ijo biy munosabatlar tizimidagi o‘rnini aniqlashga imkon beradi. Bu o‘rinda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolani o‘z holatiga, shaxsiga munosabati katta ahamiyat kasb etadi. Kar bolalarning emotsional doirasi rivojlanishiga ma’lum noxush omillar salbiy ta’sir ko'rsatadi. 111 So'zlashuv muloqotining buzilishi kar bolani atrofdagilardan uzoq- lashtiradi, ijtimoiy tajribani egallashda qiyinchiliklarni tug'diradi. Nutqning rivojlanishida orqada qolish bolani o'zini, boshqalarni emotsional holatini tushunishga to'sqinlik qiladi, o'zaro munosa- batlar shakllanishini sekinlashtiradi. Badiiy adabiyotlar bilan kech tanish kar bolaning emotsional dunyoqarashini chegaralaydi, badiiy asar qahramonlari va o'zgalar ruhiy holatini tushunishga to'sqinlik qiladi. Mahalliy va chet el olimlari tadqiqotlarida eshitishida nuq soni bo'lgan bolalar emotsional rivojlanishining o'ziga xos muam- molari o'rganilgan. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar hayotining birinchi kunlaridanoq atrofdagilar bilan to'liqsiz emotsional va nutqiy muloqot mavjudligi sababli ularning jamiyatga moslashuvi, ijtimoiylashuvida qiyinchilik tug'diradi. Xususan, V.Petshak kar bolaning emotsional rivojlanish holatini tadqiq etgan. Unda qu yidagi o'zaro bog'liq muammolar o'rganilgan: I muammo — ijti moiy sharoit — ota-onalar eshitish qobiliyatining saqlanish dara- jasiga ko'ra maktabgacha va maktab yoshidagi kar bolalarning emotsional rivojlanish va munosabatlarini aniqlash. II muammo — kar o'quvchilarning boshqa odam emotsional holatini tushunishi. Boshqalar ruhiy holatini tushunish darajasi bolaning emotsional holatini belgilaydi. O'zganing emotsional holatini tushunish uning yuz mimikasi, ovoz reaksiyalar, nutqiy intonatsiyalar, imo-ishora- larni idrok etishga olib keladi. Kar bolada o'zga odamga simpati- yani rivojlantirish darajasiga ko'ra, emoisional holatini tushunishi malakasi yuzaga keladi. Simpatiya — yoqtirish, boshqa odamning emotsional holatini tushunish va uning hayotiy sharoitiga kirishda asosiy omildir. Nutq rivojlanishining o'ziga xosligi ma’lum emotsio nal holatni ifodalovchi so'zlarni egallashga to'sqinlik qiladi. Yaqin qarindoshlari bilan emotsional-ijtimoiy muloqotda kar bolalarda muloqotga kirishuvchi odamlar imo-ishorasi, mimikasiga diqqat bilan qarash shakllanadi. Asta-sekin ular boshqa odamlar bilan m i mik, imo-ishorali muloqotining tabiiy vositalarini egallaydilar. Bu atrofdagilar bilan so'zli muloqotni imo-ishoralar bilan to'ldiradi. V.Petshak eksperimental psixologik tadqiqotlarda kar bolalarning kattalar bilan muloqoti xarakterini o'rganadi. Kar o'quvchilar emotsional holatining kambag'alligi ularning kattalar bilan emot- 112 sional va nutqiy muloqoti xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Xususan, kar onalarning kar bolalarida turli tipdagi emotsional holatlar, intellek- tual emotsiyalari sog‘lom bolalar darajasida bo'ladi. Sog‘lom ota- onalarning kar bolalarida turli hayotiy sharoitlarda kam miqdordagi emotsiya kuzatilgan. Bu eshituvchi ota-onalarni kar farzandlarida emotsional muloqotni shakllantira olmagani bilan belgilandi. Eshi tuvchi onadan farqli kar ona o‘z farzandi bilan emotsional muloqot ni o‘rnata oladi. Shu sababli kar ota-onalar uyida tarbiyalanuvchi bola internatda tarbiyalanuvchi bolaga nisbatan emotsiyalari, his- tuyg‘ulari soglom bolalar his-tuyg‘ulariga teng keladi. Kar bolalar emotsional rivojlanishida bolaning yaqin qarindoshlari, ota-onasi bilan munosabatida Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling