Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
Savol va topshiriqlar
1. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning xayol xususiyatlari qanday? 2. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning xayolini rivojlantirish yoilarini izohlang. 5.6. Eshitishida nuqsoni boMgan bolalar tafakkurini rivojlantirish Tafakkur haqiqatni bevosita va umumlashgan holda aks ettiruvchi bilish jarayonidir. Hozirgi kunda bolalar tafakkurining rivojlanishining uch bosqichi - ko‘rgazmali-harakat, ko‘rgazmali- obrazli, so‘zli-mantiq tavsiflanadi. So‘nggi bosqichda umum- lashish, tushunchaning shakllanganligi darajasi, ishlatiladigan material xarakteriga ko‘ra konkret tushunchali va abstrakt tus- hunchali tafakkur o‘zaro tasniflanadi. Ko‘rgazmali-harakat tafakkuri predmet bilan tashqi harakatni o‘zida jamlaydi, bunda bola maqsadga erishish vositasi sifatida turli predmetlardan foy- dalanadi. Amaliy vazifalarni amalga oshirishda m uammoni hal etishni bir sharoitdan ikkinchisiga o‘tkazish zaruriyati yuzaga keladi. Bu ko‘rgazmali-harakat umumlashmalarining shaklla- nishiga olib keladi. Ko‘rgazmali-harakat tafakkurining o‘ziga xo- sligi, bir sharoitdan boshqasiga o'tishda bola harakati va pred met aloqasi, munosabati tamoyili to iiq namoyon boim asligi bilan belgilanadi. Shunday qilib, nutqiy rivojlanishgacha tafak kurning inert, harakatchan emasligi kuzatiladi. Ma’lum nuqtayi nazardan bola narsani anglab, undan qiyinchilik bilan ajraladi. Nonutqiy muloqot imo-ishora yoki so‘zlashuv nutqini shakllan- tirish uchun asosiy omil sanaladi. Kar bola nutqini rivojlantirish uning tafakkurini rivojlantirishda muhim o'ringa ega. A.V. Zapo- 96 rojets fikricha, bolaning amaliy tajribaga va sensor tarbiyaga ega bo'lishi asosidagina bu jarayon amalga oshishi m um kinli- gini e’tirof etiladi. Ko'rgazmali-harakat tafakkuri rivojlanishidan orqada qolish nutqi mavjud bo'lm agan eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarda ham tichraydi. N.V.Yashkova tadqiqotlarida eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar sog'lom bolalarga nisbatan katta yoshlarda ko'rgazmali-harakat vazifalarini yaxshiroq hal eta olishi aniqlan- gan. 9 -1 0 yoshlardagi eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun kattalar harakatiga taqlid qilish xosdir. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar harakatni umumlashtirish usuliga ega bo'lmaydilar, shu sa- babli bu vazifani o'rgatish uchun to 'rt marotaba ko'p vaqt va uch marotaba ko'p ko'rgazma kerak bo'ladi. A.R.Luriya va F.L.Yudovich nutqiy rivojlanishi orqada qol gan sog'lom egizak bolalar tafakkurining o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq etgan. Bolalar harakatni so'zdan ajratish, rejalashtirish, ele- mentar tasniflash malakasiga ega bo'lmaganlar. Predmet ifodasi, belgi, munosabatlarini anglab bola predmet obrazlari bilan tafakkur harakatlarini amalga oshiradilar. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar uzoq muddat davomi- da ko'rgazmali-obrazli tafakkur bosqichida qoladilar. Xususan, T.V. Rozonova tadqiqotlarida eshitishida nuqsoni bo'lgan bola larning ko'rgazmali-obrazli tafakkurining rivojlanishidagi farq maktab ta’lim ining boshida kuzatilishini isbotlaydi. Ko'rgazmali- obrazli tafakkurni rivojlantirish model tasavvurlarni um umlashti rish imkonini yuzaga keltiradi. Ko'rgazmali-obrazli tafakkurni shakllantirish so'zlash nutqining shakllanishi bilan bog'liq bo'lib, ko'rgazmali-obrazli tafakkurni so'zli-m antiq tafakkuri bosqichiga o'tishi sog'lom bolalarga nisbatan eshitishida nuqsoni bo'lgan bo lalarda uzoq muddat davomida amalga oshadi. Bu fikrlash op- eratsiyalarining rivojlanishida namoyon bo'ladi. Fikrlash oper- atsiyalari tizimga tashkillashtirilgan umumiy harakatlardir. Bu fikrlash operatsiyalari asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Eshit ishida nuqsoni bo'lgan bolalarda fikrlash operatsiyalari eshituvchi bolalarga nisbatan kech shakllanadi. A naliz va sintez jarayonining rivojlanishida ham orqada qolish kuzatiladi. Bu jarayonlar yanada uzoq muddatli va sistematik tarzda amalga oshadi. Taqqoslash 97 jarayonida farqlarni topish va o‘xshatish rmmosabatlari amalga oshadi. I.M.Salovyov ta ’kidlashicha, eshitishida nuqsoni boigan bolalarda taqqoslashning quyidagi jihatlari namoyon boiadi: ikki predmetni taqqoslashdan birining analiziga o4ib ketish, vazifani soddalashtirish, predmetlarni taqqoslashdagi qiyinchiliklar kuza tiladi. Eshitishida nuqsoni boigan bolalarning o‘smirlik chog‘ida taqqoslash texnikasini egallashda yutuqlar kuzatiladi, taqqoslash sifati oshadi. Abstraksiyalash jarayoni sujetli-rasm o‘yin va o‘quv faoliyati ja rayonida amalga oshadi. Sujetli-rasm o‘tinning xarakterli xususi- yati o‘rindosh predmetlarni qoilash hisoblanadi. Almashtiriluvchi predmetlar xususiyatini ajratish va taqqoslash abstraksiyaga asosla- nadi. Eshitishida nuqsoni boigan bolalar almashtirilgan predmet larni qoilashda qiyinchiliklarga uchraydilar. Hatto almashtirish uchun funksional mumkin boigan predmetlar ular tomonidan har doim qoilanilmaydi, ularni real funksional ahamiyatida ajratish eshitishida nuqsoni boigan bolalar uchun qiyin tarzda kechadi. N .I.Shif maium otlariga ko‘ra, maktabgacha yoshdagi, maktab yoshidagi eshitishida nuqsoni boigan bolalar uchun almashtiruvchi vosita sifatida tanishga nisbatan, notanish predmetlarni qoilash qulaylik tug‘diradi. Abstraksiya jarayonida orqada qolish eshitishi da nuqsoni boigan bolalar o‘quv faoliyatida ham orqada qolishiga sabab boiadi. Fikrlash operatsiyalarini amalga oshirish eshitishida nuqsoni boigan bolalarda nisbatan kechroq amalga oshishini bir qator psi- xolog olimlar o‘z ishlarida ko‘rsatib oladilar. So‘zli-mantiq yoki tushunchali tafakkur rivojlanishida eshiti shida nuqsoni boigan bolalarda soglom bolalarga nisbatan o‘ziga xoslik kuzatiladi. Eshitishida nuqsoni mavjud bolalarda tafakkur va nutqning rivojlanish yo‘nalishi, eshituvchilarga nisbatan kech amalga oshadi. Kundalik qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun, in- tensifikatsiya qilish yetarli emas, chunki har qanday so‘z yoki fraza tafakkur rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Eshitishida nuqsoni boigan bolalar kattaliklarni taqqoslash, kattaliklar o‘zaro munosabatini tushunish, masala mazmunidan uni ko‘rgazmali ifodalash, berilgan munosabatlarda ko‘rgazmali 98 sharoitda ajratishni ifodalovchi bir qator masalalarni hal etishda qiyinchiliklarga uchraydi. Asosiy qiyinchiliklar matn mazmuni bo‘yicha xulosa chiqarish, ma’lumotlarni analiz va sintez qilishda yuzaga keladi. Bunda eshitishida nuqsoni bo'Igan bolalar mazmu- nan to'liq bo‘lmagan, lekin nutqiy vositalar bilan ifodalangan javob- larni bayon etadi. Eshitishida nuqsoni mavjud bolalar ta ’lim jarayonida ularning tafakkur xususiyatlarini hisobga olish darkor. T.V. Rozonova o‘zgacha yondashuvni talab etuvchi bolalarning 3 guruhini tasniflaydi: Birinchi guruhga ko‘rgazmali va tushunchali tafakkur rivojlani shi yuqori darajada bo‘lgan bolalar kiradi. Ular eshituvchi bolalar bilan ko'rgazmali-obrazli tafakkur darajasiga ko‘ra bir xil bo‘ladi, lekin tushunchali tafakkurli rivojlanishi bo‘yicha uch yil orqada qo ladi. Bu bolalar yuqori o'zlashtir ishga ega bo‘ladi, maktab dasturini ijobiy egallaydi, masalalarni mustaqil yozadilar. Ikkinchi guruhga eshituvchi bolalardan ko‘rgazmali tafakkur, tushunchali tafakkuri darajasiga ko‘ra orqada qoluvchi, bu tafak kur turlari o‘rta darajasini namoyon qiluvchi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar tasviflanadi. Ta’lim jarayonida ular surdopedagog- ning yordamiga muhtoj bo‘ladilar. Uchinchi guruhga ko'rgazmali tafakkurning yuqori darajasi, tushunchali tafakkurning past darajasi namoyon bo‘lgan eshitishida nuqsoni bo‘Igan bolalarni jamlaydi. Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur darajasiga ko‘ra bu bolalar eshituvchi bolalar bilan bir xil bo‘ladi, lekin so‘zlashuv nutqini egallashga qiynaladilar. Shu sababli ular maktab dasturini egallashda qiyinchilikka uchraydilar, fikrlash operatsiyalari to‘liq bo‘lmaydi, yetarli darajada umumlashmagan bo'ladi. To‘rtinchi guruhga tushunchali tafakkur darajasining yuqori ko‘rsatkichi, ko'rgazmali-obrazli tafakkurning past darajadaligi kuzatilgan bolalar jamlanadi. Bunday disproporsiya nutqiy vo- sitalarni yetarli tabaqalamay o‘qitish, sujetli-rolli o‘yin, tasviriy faoliyatning ommaviy turlariga ahamiyat bermaslik asosida kelib chiqadi. Disproporsiya oqibatida bu bolalarda matematika fani- dan orqada qolish, maktab dasturini egallashda qiynalish yuzaga keladi. G.V. Rozonova tomonidan eshitishida nuqsoni mavjud bo- 99 lalar tafakkuri rivojlanishidagi munosabatlar tipini tasniflashning amalga oshirilishi o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, disproporsiyaning sababini aniqlash, ularga nisbatan korreksion dastur tuzilishi lo- zimligini ko‘rsatdi. T.V. Rozonova tafakkur turlarining biridan boshqasiga o‘tish xususiyatlarini tahlil etib, kar o‘quvchilarda so'zli-mantiq tafak kurining shakllanish sharoitlarini ko‘rsatib beradi. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling