Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/105
Sana09.10.2023
Hajmi6.98 Mb.
#1696246
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Savol va topshiriqlar
1. Xotira tushunchasi mohiyatini ochib bering.
2. Xotira obrazi va idrok obrazini qiyoslang.
3. Vaqt o'tishi davomida xotira qanday o'zgarishlarga uchraydi? 
Xotira o'zgarishlarini tavsiflang.
4. Qaysi davrda kar va sog'lom bolalarni maqsadli eslab qolish 
jarayonida farqlar kuzatiladi?
5. Kar va sog‘lom bolalarning ixtiyoriy eslab qolish jarayoni 
o‘zaro qanday farqlanadi?
5.4. Eshitishida nuqsoni mavjud bolalarning tasawuri va 
uning xususiyatlari
Tasavvur — yuqori ongli jarayon bo‘lib, taassurotning yangi- 
lanishi va mavjud obrazlar asosida yangilarini yaratishni ko‘zda 
tutadi. Tasavvur shaxs ehtiyojlari asosida motivlanadi. Inson o‘z 
tasavvurida yorqin obrazlar yordamida o‘z ehtiyojini qondiradi. 
Bu holatlarda tasavvur haqiqat aksini tezlashgan holda namoyon 
qiladi. Faoliyat so'ngida bu jarayon natijalarini tugallangan holda 
fikriy tasavvur qilishimiz mumkin. Tasavvur yordamida yaqin, 
uzoq kelajak hodisalarni oldindan tahlil qilish imkoni tug‘iladi. 
Predm et, hodisa, shaxslarni idrok etish jarayonida insonda ayni 
shu paytda analizatorlarga ta ’sir etuvchi obrazlar dunyosi yuza­
ga keladi. Idrok etish natijasida yuzaga kelgan obrazlar xotirada 
saqlanib qolishi tasavvur yoki xotira obrazlari deb nomlanadi. 
Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar tasavvurining o‘ziga xosligi 
so'zlashuv nutqining kech shakllanishi va mavhum tafakkurning 
o‘ziga xosligi bilan asoslanadi. Kar o'quvchilarning ko‘ruv obraz­
lari yorqinligi, jonliligi bilan xarakterlanadi, lekin tafakkurning 
kech shakllanishi so‘zning harfiy m a’nosini tushunishda murak- 
kablik tug‘diradi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarni so'zlarning 
ko'chma m a’nosini tushunishdagi qiyinchiliklar tasavvurning
91


yetarli darajada emasligi bilan xarakterlanadi. Tasavvurni quyidagi 
turlarga tasniflash lozim:
1) passiv tasavvur;
2) faol tasavvur. U ijodiy va yaratuvchanlik xarakteriga ega 
boiadi.
Passiv tasavvur oldindan o‘ylangan va oldindan o‘ylanmagan 
boiishi mumkin.

Download 6.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling