Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.2. Eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarning diqqat xususiyatlari
- 1 Psixologiya. Q isqacha izo h li lugat. — Т.: 1998. 15-b.
Savol va topshiriqlar
1. Idrok va sezgi jarayonlariga umumiy tavsif bering. 2. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar sezgi va idrokining o'ziga xos xususiyatlarini yoriting. 3. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar nutqini shakllantirishda ko'ruv sezgisining o'rni qanday? 4. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarni fan asoslariga o'qitish jarayonida taktil-vibratsion sezgilarni qo'llash mumkinmi? 5.2. Eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarning diqqat xususiyatlari «Diqqat — ongimizning muayyan obyektga yo'naltirilishi va unda to'planishidan iborat psixik holat. Diqqat ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ix- tiyoriydan keyingi turlarga ajratiladi»1 — deb bayon etilgan izohli lug'atda. Diqqat mohiyati inson tomonidan biror narsalarni aniq aks ettirishda ko'zga tashlanadi. Bir vaqtning o'zida boshqa narsalardan biror predmetni ajratib idrok etishga yordam beradi. Diqqatning fiziologik asosini bosh miya ayrim qismlaridagi qo'zg'alishlarning ayrim markazlarda to'planishi tashkil etadi. Inson tomonidan sezgilar orqali qabul qilinayotgan barcha narsa larni idrok etish diqqatsiz amalga oshmaydi. Idrok, demak diqqat- siz yuz bersa yuzaki, fragmentar sodda tarzda amalga oshadi. Shu bois, o'quvchilarning o'quv fanlarini to'la, keng o'zlashtirishlarida, m a’lumotlarni tushunishlarida diqqat jarayoni o'ta muhimdir. Shu bilan birga diqqat xususiyatlari: turg'unlik, bo'linuvchanlik, taqsimlanish, ko'chish kabilar ham tez sur’atla? bilan takomillashib boradi. Diqqatni biror joyga to'play olish, uni shu nuqtada m a’lum 1 Psixologiya. Q isqacha izo h li lug'at. — Т.: 1998. 15-b. 84 muddat ushlab turish diqqatning sifatlaridandir. Diqqatni bo‘la olish har bir shaxsning qo'lidan kelavermaydi. Bu narsa asab tola- lari hujayralarining harakatchanligiga bog‘liq. Diqqat asosan o‘quv faoliyat asosida amalga oshib boradi. Normal eshituvchi shaxs larda ham, eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarda ham ta ’lim -tar biya ning asosiy maqsadi diqqatni tarbiyalashdir. Nuqsonli bolalar diqqati qator bolalarda, bolalar diqqatini o‘qituvchi, tarbiyachining og‘zaki nutqi boshqarib borsa, eshitish qobiliyati buzilgan bolalar diqqatida ko‘rish taassurotlari yetakchilik qiladi. Eshitishida nuq soni bo‘lgan bolalar bir vatqning o‘zida ham ko‘rgazma material larni idrok qilish, ham o‘qituvchining labidan uqib olishi amalda m um kin emas. Shu bois, bu bolalarga dastlab narsalar namoyish etiladi. Undan keyin ular tushuntiriladi. Bu toifa bolalarda I va II signal tizim lari orasida munosabatlar tez shakllanmaydi. Sinflar yuqorilashgan sari eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bosh mi- yalaridagi qo‘zg‘alish m arkazlari izchillashib boradi. Asta-sekin bu holat normal bolalar xususiyatlariga yaqinlashib boradi. Bu ishlar surdopedagogning ishini birm uncha murakkablashtiradi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchi, tarbiyachilar og'zaki ko‘rsatmalar bilan bolalar diqqatini boshqara olmaydi. Bu toifa bolalar diqqa tini ko‘rish va tebranish qo‘zg‘atkichlari orqali boshqarib borish imkoniyati mavjud. Bu bolalar diqqatini to ‘plash, yig‘ish, tarbiyalashda turli-tu- m an ko‘rgazmali qurollardan keng foydalanish ijobiy samaralar beradi. Og‘zaki nutq um um an nutq orqali karlar bilan muloqot qilish surdopedagoglarning bolalar bilan bo‘ladigan faoliyatlarida asosiy vositadir. Bu bolalarda nutqni o‘stirish orqali ular diqqatini boshqarib, tarbiyalab borish m um kin. Shu narsa juda muhim ki, gapirayotgan kishining lablariga butun diqqatni qaratish oson vazi- yat, ish emas. «Labdan o‘qish, — degan edi F.F. Rau, — bu nutq a’zolaridan chiqayotgan og‘zaki nutqni ko‘rish idrokidir». Bu narsa gapirishga oson. Ammo, uni bu yerda qanchalik diqqat zarurligini anglamoq uchun boshdan kechirm oq kerak. Shu bois, bu toifa bolalar normal eshituvchi bolalardan ko‘ra tezroq, ko'proq char- chaydilar. Bu bolalarga yordam tarzida daktil nutqdan foydalanish tavsiya etiladiki, bu usul orqali bolalar idroki yengillashib, o‘quv 85 materiallarini egallashlari osonlashadi. Daktil nutqi eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar ta’lim-tarbiyasining dastlabki yillarida keng qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bo lalar diqqatini ushlab turishning uchinchi xususiyati, sharti sur- dopedagogning sinfdagi o'zini to'g'ri tutishidir. Surdopedagog quyidagi qoidalarga amal qilmog'i zarur. Butun sinfga yuzi bilan qaragan holda darsni olib borishi. M umkin qadar sinfda bilim berganda yurmasligi, to'g'ri kelgan holda tushuntirmasligi lozim. Ko'rgazma qurollar namoyish qila turib, bir vaqtning o'zida uni tushuntirishga harakat qilmasligi kerak. Kar va zaif eshituvchi bo lalarning diqqatlarini to'plashning to'rtinchi sharti shuki, darsda m umkin qadar ko'proq ko'rgazma qurollardan foydalanish lozim. Beshinchi sharti shundan iboratki, eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar diqqati ovozli qo'zg'atkichlarga bog'liq emas. Eshitish qo biliyati buzilgan bolalar diqqatini to'plash, bir maromda m a’lum muddat ushlab turishning asosiy omillaridan biri mimikalardir. Bu narsa juda katta ta ’sirga, jalb etuvchi kuchga ega. Kar va zaif eshituvchi bolalarda diqqat maxsus ta ’lim-tarbiyaning asosiy ta- lablaridan hisoblanadi. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling