Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kar o‘quvchiIar ijodiy tasavvurining elementar shakllari haqida
Yaratuvchan tasavvur.
Yaratuvchan tasavvur predmet, hodisa, voqeani so‘z orqali tavsiflash asosida uning ko‘rgazmali obrazi, taassuroti asosida yuzaga keladi. Eshitishida nuqsoni boigan bolalar ruhiy faoliyatining bu turi o‘ziga xos boiadi. Yaratuvchan tasavvur- ga ko‘ra bola ongida atrof-olam keng, ko‘p qirrali boiib namoyon boiadi. Eshitishida nuqsoni boigan bolalar aqliy dunyoqarashi shaxsiy tajriba doirasidan tashqarisiga chiqadi. Lekin so'zlashuv nutqi va mavhum tafakkurning rivojlanishdan orqada qolishi kar bolani insonlarning ijtimoiy tajribasini to iiq egallashiga to‘sqinlik qiladi. Eshitishida nuqsoni boigan bolalar bilish faoliyatida yaratuv chan tasavvur muhim o‘ringa ega, u turli turdosh mehnat faoliyat ining zarur komponenti sanaladi. Tarix, geografiya, fizika, adabiyot bo‘yicha bilimlarni egallashda oldin idrok etilmagan obrazlar, taas- surotlardan foydalanadilar. Yaratuvchi tasavvur o‘quvchilarni badiiy asarlarni mustaqil o'qishda katta o‘ringa egadir. Bola ongida asar muallifi tomonidan yaratilgan obrazlar, hodisalar haqida tasavvur yuzaga keladi. Bu o‘quvchiga turli davrlardagi hodisalar va inson his-tuyg‘ularini tushunish imkonini beradi. O'qituvchilar kuzatishi- cha, eshitishida nuqsoni boigan bolalarda o‘qish jarayonida shakl- lanuvchi obrazlar har doim ham to‘g‘ri tavsiflanmaydi. Ko'pincha bu o‘qilgan asar mazmunini tushunmaslikka olib keladi. Kar o‘quvchiIar ijodiy tasavvurining elementar shakllari haqida Ijodiy tasavvur tasavvurning oldindan namoyon boiishi va mus taqil ravishda yangi obrazlar, taassurotlar yaratish bilan belgilanadi. Ijodiy tasavvur va tafakkurning o‘zaro munosabatini tadqiq etib, A.V. Petroyevskiy va M.B. Verbenskiy bu ikki ruhiy jarayonda intellek- tual faoliyatning turli aspektlarini ko‘radilar. Ular tasavvur va tafak- 92 kurning bir necha shakli mavjud deb e’tirof etadilar. Ijodiy tasavvur jarayoni xotira asosida yangi obrazlarni yaratish bilan belgilanadi. Tasavvurning qurilish materiali — bizning o'tmish tajribamiz, tasav vur natijalari Yangi obrazlar — tasavvur taassurotlari sanaladi. 0 ‘quv faoliyati geometrik masalani yechishi, grammatik qoidalarni yodlash, insho yozish, chizish va yasash kabi turlari o‘quvchilardan taassuro- ti, bilimini operatsiyalash va faoliyat natijalarini tahlil etishni talab etadi. Ijodiy tasavvur uning samaradorligi tajriba boyligi, ma’lumot doirasi darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bo lalar ijodiy tasavvuri sog‘lom bolalar va kattalar bilan muloqotin- ing chegaralanganligi sababli o'ziga xos bo'ladi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar eshituvchi bolalardan ovoz chiqaruvchi predmetlar haqida bilib oladilar. Kichik yoshdagi eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun predmetlarning ovoz chiqarish hodisasi mavhum- dir. Ta’lim jarayonida eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar ham ovoz chiqaruvchi predmetlarga farqsiz bo'lmasdan, ularga ahamiyat bera boshlaydilar. Tasavvurni nutqni rivojlantirish bilan birga olib bor- moq maqsadga muvoflqdir. Uni egallab, kar bola tasavvurga tayanib, suhbatdosh hikoyasi yoki o'qilgan hikoya mazmunini aniq aytib bora oladi. So'zlashuv nutqini rivojlantirish tasavvurini boyitishga, ijodiy obrazlarning shakllanishiga olib keladi. Bu o'z navbatida o'qilganni to'g'ri va tez tushunish imkonini beradi. Nutqni rivojlantirish darsida o'qituvchi ijodiy tasavvurni rivojlan- tirishga katta ahamiyat berishi kerak. Buning uchun o'qilganni rol- larga bo'lib o'qish, o'qilgan matn asosida rasmini chizish muhimdir. Shuningdek, rasm yoki rasmlar seriali asosida insho yozish ham yaxshi samara beradi. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling