Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/105
Sana09.10.2023
Hajmi6.98 Mb.
#1696246
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

m u am m olariga
o'zgacha qarash im konini beradi. Uning 
nazariy ta ’limoti eshitishida nuqsoni b o ig an bolalarni kompensa­
tor imkoniyatlarini tadqiq etuvchi eksperimental psixologik tad- 
qiqotlarga stimus sharoitida ta ’sir etgan. L.S. Vigotskiy safdoshlari 
L.K. Zankov va Sh.M. Solovyov rivojlanishida nuqsoni mavjud 
xususan eshitishida 
nuqsoni b o r
bolalar idrokining xotirasi va 
nutqi rivojlanish xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologik tadqiqotlar 
o'tkazdilar. Xususan, K.I. Veresotskaya eshitishida nuqsoni boigan 
bolalarni predm etlarni idrok etish, L.V. Zankov va D .R.M ayns 
ko‘rgazmali m aterialni eslab qolish malakasini, M .M .N udelm an 
kar o'quvchilar tasavvurlarini, Z.S.Beyn ko‘ruv idrokining kon- 
stantligini, N .I.S h if eshitishida nuqsoni b o ig an bolalarni rang- 
larni idrok etish xususiyatlari, M.Y.Votsev kar o‘quvchiIarning 
yozma nutqi va o'qish m alakalarini tadqiq etganlar. Olimlat to ­
m onidan olib borilgan tadqiqotlar eshitishida nuqsoni boig an
bolalar eshituvchi yoki aqli zaif bolalar bilan o ‘zaro qiyoslashib 
tekshirilar edi. Bunday yondashuv barcha kategoriyadagi bolalar 
bilan samarali ishlash im konini beruvchi tavsiyalar ishlab chiqish 
imkonini berar edi.
Eshitishida nuqsoni mavjud bolalar ruhiyatini o‘rganishda 
psixologiyaning asosiy va yordamchi metodlari qoilaniladi. 
Asosiy m etodlari turkum i kuzatish va psixologik eksperiment 
m etodlarini qamrab oladi. Yordamchi m etodlar faoliyat nati­
jalarini tahlil qilish, test metodi, anketa m etodlarini o‘zida 
namoyon qiladi. Surdopsixologiyada kuzatish metodi hodisal- 
arning keng doirasi mu^osabatiga ko‘ra qoilaniladi. Eshitishida 
nuqsoni b o ig a n bolalar maxsus psixologiyasida bu m etod katta 
ahamiyatga egaligini ta ’kidlash joizdir. Kuzatish predmeti faoli­
yatning tashqi komponentlari — harakat, nutqiy akt, pantom i- 
ma va m im ikaning o‘ziga xosligi, vegativ reaksiyalarning yuzaga 
kelishi b o iish i mum kin. Bunda bolalar xulqiga kuzatuvchi mav- 
judligi salbiy ta ’sir ko‘rsatishi, uning tabiiyligi buzilishi mum-
71


kin. Yuqorida ta’kidlangan holat amalga oshmasligi uchun (kino, 
video syomka) qayd etuvchi apparatni qo‘llash yaxshi natija be­
radi. Xulosa va umumlashmalarga zaruriy material olish uchun 
bolalarning turli faoliyatda o'yin, o'qish, uy vazifalarini bajar- 
ish, takrorlanuvchi, o'zgaruvchi sharoitlarda kuzatish maqsadga 
muvofiqdir. Bola nutqiy rivojlanishining umumiy sharoitida ku- 
zatilayotgan hodisalarning xususiy tom onlarini aniqlash imkoni 
yuzaga keladi. Eshituvchi ona va kar bola muloqotini o‘rganishda 
kuzatish metodini qo'llashga doir Amerika psixologlarining tadq- 
iqotini keltirish mumkin. Kuzatish metodining amaliy ahamiya- 
tini amerikalik olim lardan D. Plapinger va R. Kretchmerlar o‘z 
ilmiy ishlarida yoritib, eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar bi­
lan onalarning muloqot shakli, muloqot uchun shart-sharoitlar 
(bolaning tashabbusi bilan, yoki onaning tashabbusi bilan yuzaga 
kelganligi) o‘rganiladi. U lar 13 oy mobaynida turli sharoitda ona 
va bola o‘zaro munosabatini video registratsiya yordamida ku- 
zatganlar. Registratsiya turli holatlarda va kunlarda olib boril­
gan. Olimlar quyidagi ko‘rsatkichlar bilan qiziqqanlar: kim ning 
tashabbusi bo'yicha muloqotga kirishildi, nutqiy muloqot doirasi 
va xususiyatlari qay tarzda amalga oshdi (gap turi: so'rov, undov, 
buyruq, his-hayajon). Olimlar ba’zi sharoitlardagi muloqotda ona 
tashabbuskor bo'lganini (kitob o'qish, kesma alifbo bilan ishlash) 
kuzatishgan. Bola tashabbuskor bo'lgan holatlarni ham (o'yinchoq 
o'ynash) kuzatganlar. Turli sharoitlarda muloqot miqdor va sifat 
jihatdan farqlangan holatlari namoyon bo'ldi. Psixologik ekspert 
ham psixologiyada ahamiyatga molik m etodlaridan biri sanaladi. 
Surdopsixologiyada psixologik eksperiment metodi muhim o'rin 
tutadi. Bu metod tekshiruvchining ijodiy yondashuvini ko'zda 
tutadi va inson xulqidagi o'zgarishlarni qayd etadi. Eksperimental 
tadqiqot bir qancha bosqichlardan tashkil topadi: maqsadni belgi­
lash, bu tadqiqot gipotezasini ko'zda tutadi; rejalashtirish; tadqi- 
qotni o'tkazish; statistik gipotezalarni tekshirishni ko'zlovchi nati­
jalar tahlili; xulosa chiqarish eshitishida nuqsoni bor bolalar bilan 
psixologik tadqiqotlarni o'tkazishda muhim holatlarni hisobga 
olish darkor. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bola berilgan topshiriqni 
tushunganligini nazorat qilish talab etiladi. Bu jarayonni yengil-
72


lashtirish uchun im o-ishora nutqidan foydalanish yaxshi samara 
beradi. Shuningdek, surdopsixologiyaning bu m etodini qoilashda 
ko'rgazmali namoyish etish, so‘zlashuv m etodlaridan birgalikda 
foydalanish kar bolaning unga berilgan topshiriqni to iiq tushu- 
nishiga sabab b o iad i. K ar bola birinchi topshiriqni tushunib ba- 
jargach, ikkinchi topshiriqqa o‘tish m um kin. Tadqiqotchi tad- 
qiqotni o‘tkazish jarayonida kar bolaning xulqiga ta ’sir o‘tkazadi. 
Eshitishida nuqsoni b o ig an bolalar bilan ishlashda bu imkoni- 
yatni hisobga olish darkor, tekshiriluvchilar guruhini tanlashga 
ham katta e ’tibor berish darkor. Bolaning taiim -tarbiya sharoiti, 
eshitishning buzilish vaqti va darajasi eshitishning buzilish sa- 
babi unda mavjud nutq shakllari (og‘zaki, yozma, daktil, imo- 
ishora), o‘zlashtirish darajasi, oila tipi hisobga olinadi. Sogiom
va eshitishida nuqsoni b o ig an bolalarni qiyosiy o‘rganish uchun 
yosh tamoyiliga ko‘ra olinadi, tekshiriluvchilar bir yoshda boiishi 
kerak. Bu ularning ruhiy rivojlanishini qiyosiy o'rganishga yor­
dam beradi.
Kar o'quvchilar psixologik xususiyatlarini o‘rganishda psi­
xologik eksperimentning barcha turlaridan foydalaniladi. Bu 
laborator eksperiment va tabiiy eksperiment turlarini o‘ziga 
jamlaydi. 
Laborator eksperimentda o‘rganilayotgan hodisa 
qat’iy nazorat qilinadi. Tabiiy eksperim ental kuzatishning ijo­
biy qirralari va eksperiment qirralari jipslashadi va namoyon 
b o iad i. Kuzatuv m etodi eshitishida nuqsoni b o ig an bola­
larni o‘rganishda ijobiy samara berm oqda. Bu m etod yorda­
mida 
tekshiriluvchining 
nafaqat 
bilim i, 
malakasi, 
balki 
uning shakllanish holati ham o‘rganiladi. Shuningdek, kombi- 
natsiyalangan nuqsonlar (eshitish buzilishi, ruhiy rivojlanishi 
orqada qolgan va aqli zaiflik) o'rganish va aniqlashda ham m uhim
samara beradi. T aiim iy eksperiment maxsus psixologiyada keng 
o‘rinda qo ilan ilad i. T.V. Rozonova va L.I.Tigronova shu metodni 
qo ilag an holda eshitishida nuqsoni b o ig a n bolalar bilan sogiom
bolalarning ruhiy xususiyatlarini tekshirganlar. Yordamchi top- 
shiriqlar vositasida faoliyat natijalari tah lili m uhim o‘rin tutadi. 
Ruhiy rivojlanish bosqichida bolalar faoliyati natijalari tahlili 
m uhim o ‘rin tutadi.
73



Download 6.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling