Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Aqli zaif bolalarning o‘z-o‘zlariga baho berish xususiyatlari
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
3.1. Aqli zaif bolalarning o‘z-o‘zlariga baho berish xususiyatlari
Shaxs shakllanishining asosiy omillaridan biri — aqli zaif bola larning o'z imkoniyatlariga to'g'ri baho berish xislatlarining shakl- langan boiishidir. Baholashga kishilar, narsalar, holatlar jalb etilishi mumkin. O'z-o'zini baholashda kishining o'z aloqalarini, harakat larini, sifatlarini, qilgan ishlarini, yutuqlarini baholash tushuniladi. O 'z-o'zini baholashning shakllanishi atrofdagilarning baholashlari, o'z faoliyat natijalarini ko'rishlari natijasida amalga oshib boradi. O'quvchilarda o'z-o'zlarini baholashlari turli topshiriqlarni bajarish jarayonlarida to'planib boradi. Bu jarayon bolalar ish faoliyatining natijalarini baholab boruvchi o'qituvchining roli juda katta. Aqli zaif bolalarda o'zlarini anglashlari birmuncha pasayganligi sabab li, ish natijalarini ham birmuncha noto'g'ri baholaydilar. Shuning oqibatida o'z faoliyatlarini to'g'ri tahlil qila olmaydilar. Bularning barchasi aqli zaif bolalarda o'z-o'zlariga baho berishning o'ziga xos shakllanishiga olib keladi. Maxsus tekshirishlar natijasida yordamchi maktablarning turli sinflarida bolalarning o'z-o'zlarini baholashlari haqidagi m aium otlar olingan. Kichik sinflarda o'z-o'zlariga baho qo'yish ba’zan past, ba’zan esa yuqori bo'lar ekan. O 'rta sinflarda o'z-o'zlariga baho berishlari birmuncha o'z imkoniyatlariga to'g'ri kelar ekan. Yuqori sinflarda esa, o'z-o'zlariga baho berish nisbatan yuqori bo'lar ekan. Kichik sinflardagi o'quvchilarning o'z imkoni- yatlarga to'g'ri baho bermaslikning sababi, birinchidan, shaxsning 63 shakllanmaganligi, faoliyat maqsadlarini tushunmaslik, mehnat natijalarini to'g'ri tahlil qila olmasliklaridir. Yuqori sinflardagi o'quvchilar o'z imkoniyatlariga yuqori baho berishning asosiy sa- babi, o'zlaridagi nuqsonni kamaytirish va o'z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olmaslikdir. Nuqsonli bolalarda nuqson mazmuniga ko'ra o'z imkoniyatlariga yuqori va past baho berish xosdir. Bosh mi- yada qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari birmuncha turg'un bo'lgan oligofrenlarda ta’lim-tarbiya jarayonlarida o‘z imkoniyat lariga to‘g‘ri baho berish hollarini ko'rish mumkin. Hissiy jihat dan birmuncha «kambag‘al» bo'lgan aqli zaif bolalarda har qanday murakkablikdagi topshiriqlar bilan ulardagi noto'g'ri tasavvurlarini to'g'rilash qiyin. Shuning oqibatida aqli zaif bolalar o'z faoliyatlarini to'g'ri rejalashtira olmaydilar, faoliyat natijalarini ko'ra bilmaydilar. Umuman baho va o'z-o'zini baholash aqli zaif bola shaxsining tu zilishida eng asosiy qismni tashkil etadi. L.I.Bojovich m a’lumotlariga ko'ra, to'g'ri shakllangan o'z-o'ziga baho berish shaxs shakllanishining yetakchi omillaridan biridir. Shu sababli, yordamchi maktab o'qituvchilari bu muammoga oid bolalarning psixologik xususiyatlarini bilishlari talab etiladi. O'z imkoniyatlariga to'g'ri baho berish kattalar tomonidan amalga oshi- rilib boriladi. Agarda aqli zaif bolalar o'z faoliyatlarini to'g'ri tahlil qila olmasalar, atrofdan uning faoliyat natijalariga qo'yilgan baholar salbiy yo'nalish kasb etadi. Agarda bola oilada ko'proq ijobiy ba holar olib yurgan bo'lsa, bu bolalar maktabga kelgach, biror salbiy baho olishlari ularda qator noto'g'ri xulq xislatlarining shakllanishi- ga olib keladi. Bu bolalar tez xafa bo'ladigan, yig'loqi, qaysar bo'lib qoladilar. Agarda bunday salbiy xulq shakllari uzoqroq saqlansa, bular shaxsning turg'un sifatlariga aylanib qoladi. Sog'lom bola larga oid bo'lgan bunday ma’lumotlar aqli zaif bolalarning qator xususiyatlarini tushunishiga yordam beradi. Aqli zaif bolalar hali maktabga bormasdan, oilada o'z imkoniyatlariga nisbatan yuqori baho olganlar. Ota-onalar bolalarining ozgina yutuqlarini ham yuqori baholashib, maqtashgan. Bolalarning bog'cha, maktabga kelishlari bilan qator ko'ngilsiz voqealar boshlangan. Chunki bo laning oilada olgan «yuqori» baholari endi kuzatilmaydi. Bolalar o'z imkoniyatlariga yarasha baho oladilar. Sodda, lekin qimmat- 64 li metodika boigan De-Greyefe bilan yengil darajadagi oligofren bolalarning o‘z-o‘zlariga baho berishlari tekshirilgan. Bunda bo lalarga uchta aylana ko‘rsatilib, doskada shu aylanalardan qarab chiziqcha chizish so‘ralgan. Bolalarga birinchi aylana shartli tarzda 0‘qituvchi, ikkinchi aylana bolaning o‘rtog‘i, uchinchi aylana bola ning o‘zi deb tushuncha berilgan. Tekshirilayotgan bolalar yuqori- dagi «aylanalar»ning qaysi birini aqlli deb sanasalar o‘sha aylanadan pastga qarab uzunroq chiziqcha chizishni, o‘rtaroq aqlli «aylanaga» o‘rtacha uzunlikdagi chiziqcha chizishi va nihoyat aqlsiz «aylana ga» qisqa chiziq chizishni so‘ragan. Tabiiyki, aqli zaif bola eng uzun chiziqchani o‘zining aylanasidan pastga qarab chizgan. Bunday aqli zaif bolalarning o‘zlariga yuqori baho qo‘yishlarini L.S. Vigotskiy muallif nomi bilan atashni taklif etgan. Muallif De-Greyefening quyidagi xulosasi bilan kelishadi. Aqli zaif bolalardagi o‘z imkoni yatlariga yuqori baho berishning sababi, ulardagi umumiy aqliy taraqqiyotning buzilganligidir. L.S.Vigotskiy m uallif flkrlarini toidirib, aqli zaif bolalardagi o‘zlariga yuqori baho berishlari faqat gina aqliy yetishmovchilik b o iib qolmasdan, balki yana bu bolalar uchun baho ularning hissiy kamchiliklarining yorqin ko‘rsatkichidir. Balki boshqa yana biror mexanizm bordir deb ta ’kidlaydi muallif. Balki, o‘zlariga yuqori baho berish hollari ularga atrofdagilarning qo‘yayotgan past baholariga javoban ko‘rsatayotgan soxta kompen- satsiya qilish xarakterologik mahsulidir. De-Greyefening o'ziga xos kamchiligi shundaki, uning flkricha, aqli zaif bolalar o‘zlarini kam- chiliksiz deb hisoblaydilar va shuning orqasida o‘z kamchiliklarini yo‘qotishga intilmaydilar. L.S.Vigotskiy bevosita shu kamchilikni aqli zaif bolalarning sezishlari orqasida, bu bolalar shu kamchi- liklarning o‘rnini to id irish maqsadida, o‘zlariga yuqori baho be- radilar, deb uqtiradi. Tekshirishlarning ko‘rsatishicha, yordamchi maktab 2-sinf o‘quvchilarining o'z imkoniyatlariga baho berishlari, shu sinf ommaviy maktab o‘quvchilarining baholaridan birm un cha ustun ekan, bu farq 4—6-sinflarda birmuncha pasayib borar ekan. 8-sinfga kelib esa, yana aqli zaif bolalarning o‘z imkoniyat lariga baho berishlari ortib borar ekan. Bu natijalar L.S. Vigotskiy nazariyasi bo'yicha tushuntirib berilishi mumkin. B oshlangich sinf bolalari affekt natijasida o'zlariga yuqori baho bersalar, bu baholar 65 sekin-asta bolalar ulg‘aygan sari kamayib boradi. Yuqori sinflardagi o‘zlariga yuqori baho berish esa, soxta kompensatsiya qilish natijasi bo‘lsa ajab emas. Ayrim aqli zaif bolalarning baholarga nisbatan turli xil munosabatlari, bu bolalarga baholash jarayonining o'zi, nazorat qilish hollari salbiy ta’sir etadi. Shu masalaga oid B.I. Pinskiyning maxsus tajriba ishlari bor. Muallifning ta’kidlashicha, «baholash holati»dagi bajarilgan ishlarning natijalari birmuncha sifatsiz bo'lar ekan. Hatto, bu kabi kamchiliklar sog‘Iom bolalarda ham uchraydi. Ma’lum bo'lishicha, aqli zaif bolalar nazorat ostida ishlaganlarida xatoliklar soni ortar ekan. Ammo ish tezligi o‘zgarmas ekan. Lekin sog'lom bolalarga nisbatan aqli zaif bolalarda baholash jarayonidan manfaatdorlik hislari birmuncha kam bo'ladi. Shu sababli, aqli zaif bolalar ish natijalarini baholash vaqtlarida differensirlashgan holda yondashish talab etiladi. Aqliy nuqson chuqurlashgan sari, o'zlariga baho berish ortib borish xususiyatiga ega bo'lib borar ekan. Shaxs yo'nalganligining bir tomoni o'zlariga baho berish- dir. Agarda aqliy nuqsonli bolalarga mos bo'lmagan holda yuqori baho qo'yilsa, uning o'ziga xos salbiy oqibatlari bo'lishi mumkin. Me’yordan ortiqcha o'zlariga ishonish, tanqidsizlik, yalqovlik, xud- binlik shular jumlasidandir. Aqli zaif bolalarga bahoning pasaytirib qo'yilishi natijasida ham ba’zi salbiy xislatlar kelib chiqar ekan. Buning oqibatida o'z kuchlariga ishonchsizlik, tashabbussizlik, o'zi bilan o'zi o'ralashib qolish hollari ko'zga tashlanadi. Ayniqsa, noto'g'ri baho aqli zaif bolalar shaxsiga salbiy ta ’sir etadi. Buning oqibatida kuyinish, atrofdagilar muomalasidan qoniqmaslik holat- lari yuz beradi. A. Shtroymayyor ta ’kidlashicha, aqli zaif bolalar o'zlariga yuqori baho berishib, ba’zan sog'lom bolalar bajarishga ikkilangan narsa larni bajarishga urinib ko'radilar. L.V. Zankovning (1963) va B.Y. Zey- garnikning (1971) o'tkazgan tajriba ishlarining isbot etishicha, aqli zaif bolalarda o'zlariga baho berish sekin shakllanar ekan. Oligofren bolalarga xos bo'lgan o'zlariga yuqori baho berish S.Y. Rubinshteyn- ning ishlarida ham ko'rsatib o'tilgan. O'zlariga baho berishning shaxsiy sifatlar bilan bog'liqligini psixologlardan Y.A. Serebryakova (1956), B.V.Zeygarnik (1969), N.G. Kalita (1971), J.M .Glozman (1983), J.I. Namazbayevalar ko'rsatib o'tishgan. 66 Aqli zaif bolalar shaxsi va shaxslararo munosabatlarini «Sot- siometriya», «Dembo-Rubinshteyn S.Y.», «De-Greyefe», «Rene Jil- ya» metodikalari yordamida tekshirish mumkin. 3.2. Aqli zaif bolalar faoliyati Aqli zaif bolalarga barcha faoliyat turlarining kech va to‘liqsiz shakllanishi xarakterlidir. Bu tafakkur va nutqning m aiu m darajadagi rivoji, qobiliyat, diqqat va o‘zining irodaviy xatti-harakatlarini maqsadga yo‘naltirish malakasiga bogiiq boiadi. Amaliy harakatlarni talab etuvchi faoliyat turi harakat doirasi rivojlanishidagi nuqsonlarning mavjudligi sababli qiyinchilik bilan amalga oshadi. 0 ‘z-o‘ziga xizmat, ovqat yeyish kabi oddiy predmet-amaliy faoliyat turi ham aqli zaif o‘quvchilarda qiyinchilik tug'diradi. M aiu m malaka va ko'nikmalarni bu bo lalarda tarbiyalash uchun uzoq muddatli maqsadga yo‘naltirilgan ta iim talab etiladi. Ular harakatlar ketma-ketligini tez unutadilar, ularning ahamiyatini tushunmaydilar. Shuning uchun barcha egal- lagan bilimi kattalar yordamida so'zlar vositasida o‘zaro faoliyatda takrorlanib turishi talab etiladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda to‘g‘ri xulq-atvorni shakllantirish qiyinchilik tug‘diradi. Ularga xos aqliy kamchilik va zerikarli hayo- tiy tajriba shart-sharoitni to‘g‘ri tushunish va adekvat baholashni qiyinlashtiradi. Masalan, bolalar notanish odam boiganda yugu- rish, baqirish, shovqin qilish m um kin emasligini tushunmaydilar. Ayrim aqli zaif bolalar jim o‘tiradilar, ota-onasi orqasiga berkina- dilar, muloqotdan qochadilar. Bu xususiyatlar kichik yoshli bola larda kuzatiladi. Sogiom rivojlanuvchi bola uchun bog'cha yoshida asosiy faoliyat turi o'yindir. Aqli zaif bola rivojlanishida o'yin katta o'ringa ega boimaydi. Bu bog'cha yoshidagi aqli zaif bolalar o'yin o'ynashdan yiroq boiishi bilan asoslanadi. Bola rivojlanishi uchun ahamiyatli, lekin murakkab boigan sujetli-rolli o'yin ham aqli zaif bolalar uchun murakkablik qiladi. Odatda, aqli zaif bolalarda m a’noga ega boim agan o'yin harakat larini kuzatish mumkin. Masalan, bola xonaning bir tom oni dan ikkinchi tomoniga mashinani sudrab ovoz chiqarib o'ynaydi. Uning harakati va ovoz tovushli harakatlari o'zaro mos kelmaydi. 67 Qizcha qo'g'irchoqni ovqatlantirib, uni yuziga uradi yoki qo‘liga nima tushsa og‘ziga tiqadi. Ayrim hollarda 2—3 bolalar birlashib o'ynaydilar. Masalan, bir bola mashina itarib 0‘ynaydi. Ikkinchi bola uni orqasidan yuradi. Bunday birga o‘ynash qisqa muddatli bo‘lib, tez orada o‘rtada kelishmovchilik yuzaga keladi va ular bir- biridan o‘yinchoqni tortib oladi. Rasm chizish. Barcha normal rivojlanib borgan bolalar bog‘cha yoshidan boshlab chizishni yoqtiradilar, avval ular qog'ozga turli shakllarni tushiradilar. Keyinchalik ularda tanish predmetlar bilan o'xshashlik kuzatiladi, bolalar keyinchalik alohida obyektlarni chi- zishga harakat qiladilar. Aqli zaif bolalarning tasviriy faoliyati sekin va o'ziga xos shakl lanadi. Ularning rasmlarida diagnostik xarakterga ega harakatlar kuzatiladi. Maxsus ta’limdan mahrum bolalar qobiliyati oddiy shakllarni chizishdan nariga o‘tmaydi, faqat maktabgacha yoshidan o‘tgan bolalar rasmlarida predmetli sujetli rasmlar kuzatiladi. Ular nomukammal qo‘pol xatolar bilan chizilgan bo‘ladi. Bolalar odamlar va qushlarni to‘rt oyoqli qilib chizadi. Bog'cha yoshidagi bolalarda maxsus rasm chizishga o‘rgatilayotganda boshqa holat kuzatiladi. Ularning ko‘pchiligida potensial imkoniyatlarni ko‘rsatuvchi muvaffaqiyatlar kuzatiladi. Aqli zaif bolalar maktabida asosiy faoliyat turi o‘qishdan tashqari, mehnat faoliyatidir. Topshiriqlar ruhiy rivojlanish nuqsonlarini kor- reksiyalash uchun shart-sharoit yaratadi. Oligofren o'quvchilar aso san kichik maktab yoshida o'quvchilar qo'yilgan maqsad asosida o'z xatti-harakatlarini boshqara olmaydilar. Ular mehnat faoliyatiga uni tahlil qilmagan holda kirishadilar. O'quvchilar vazifani maqsa- diga tushunmay, harakat rejasini tuzmay bajaradilar. Vazifani ba jarishda aqli zaif bolalar murakkab faoliyatdan oson faoliyatga o'tib ketadilar, ishga qiziqish bilan yondashmaydilar, ishni nomigagina bajaradilar. Aqli zaif bolalar o'z imkoniyatlarini adekvat baholay olmaydi. Ular odatda har qanday ishni bajarishda faoliyat usuli — operatsion tartibni bilmasdan urinadilar. Aqli zaif o'quvchilar o'z faoliyat nati- jalariga tanqidiy yondashmaydilar. 68 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling