Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Emotsional rivojlanish xususiyatlari
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
Emotsional rivojlanish xususiyatlari
Ma’lumki, aqli zaif o‘quvchilarning asosiy kontingentini ota- onasiz, to iiq oilaga ega boim agan bolalar tashkil etadi. Bunday bola o‘z oilasi bilan to‘liq muloqotdan m ahrum boiadi, bu uning shaxsi shakllanishiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Kech tashxis qo'yish, maxsus bog‘chalarning notoiiq tizimi, ichki oilaviy murakkabliklar qator qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bu aqli zaif bolaning atrofdagi kattalar va tengdoshlari bilan mulo- qotiga ham o'z ta’sirini ko'rsatadi. Inson shaxsi ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mevasidir. U atrof-muhit bilan aloqadorlikdagi bir qancha munosabatlar jarayonida shakl lanadi. Aqli zaif bola shaxsi aqliy toiiqsizlik hisobiga o'ziga xos shart-sharoitni talab etadi. Shaxsning ko'p qirrali jihatlaridan biri emotsiyalardir, u har qan day insoniy faollikka ijobiy ta’sir ko'rsatadi. L.S. Vigotskiy intellek tual va emotsional doiraning o'zaro munosabati va ichki birligini e’tirof etadi va aqli zaiflikda normaga qaraganda intellekt va affekt o'rtasidagi aloqa o'ziga xos boiadi, deb ta’kidlaydi. Aqli zaif bolada emotsiyaning yuzaga kelishi uning yoshi, kamchi- likning chuqurligi va o'ziga xosligi ijtimoiy muhitga bogiiq boiadi. Bog'cha yoshidagi bolalar maqtov, ma’qullash, erkalashga moyil boiadi. Erkalash va qo'pol intonatsiyani ajratadilar. O'z munosaba tini ular insonlarga yaqinlashish, jilmayish bilan bayon etadilar. Bolalar kattalar bilan qiziqib o'ynaydilar va shunga mos ovoz chiqaradilar. Masalan, bola mashinani o'ynaganda «bi-bi» deb ovoz chiqaradi. Katta bog'cha yoshidagi bolalar atrofdagi sharoitni adekvat tushunadilar. Ular kichik yoshdagi bolalarga nisbatan nutqga ega bo'ladilar, o'z emotsiyalarini baqiriq yoki xulq-atvori bilan bayon etadilar. Bu bolalar qiziqish bilan sodda matnlarni eshitadilar. Mi- mika, imo-ishoralar, so'zlar orqali matn qahramonlariga o'zlarining ijobiy yoki salbiy munosabatlarini bayon etadilar. Odatda, bu bola lar o'z yaqinlari va o'rtoqlarini yaxshi ko'radilar. Nuqsonning klinik xarakteriga ko'ra bog'cha yoshidagi bolalar o'z emotsiyalarini ko'rsatib, o'zlarini turlicha tutadilar. Ularning 6 i harakatlari qat’iy, emotsional, reaksiyalari yuzaki bo'ladi. G ‘azab, xafagarchilik, g'am impulsiv namoyon bo‘ladi va o‘zi tomonidan nazorat etilmaydi. Aqli zaif bog'cha yoshidagi bolalarda emotsiyalarini rivojlanti rish, ular hayotini, maxsus pedagogik ta’sir ko'rsatish asosida amal ga oshiriladi. Aqli zaif bolalarda emotsional doirani rivojlantirish tashqi shart-sharoitlarga bog'liq bo'ladi. Bu maxsus ta’lim va bolalar hayotini to'g'ri rejalashtirishdir. Bunday o'quvchilarga g'am, alam, xafagarchilik va xursandchilikning impulsiv ko'rinishlari xosdir. Bu holatlar ta’lim-tarbiya jarayonida silliqlashadi, bolalarda ijtimoiy adaptatsiya uchun zarur xulq-atvor shakllanadi. Aqli zaif o'quvchilar asosan kichik yoshdagi o'quvchilar rasmda tasvirlangan personajlarning emotsional holatini tushunmaydilar. Bu o'quvchilar rasm personajlarining harakatlari va imo-ishorala- rini noto'g'ri qiyoslaydilar, noaniq, ba’zan noto'g'ri tasavvurga ega bo'ladilar (E.A. Yevlaxova). Maxsus maktab o'quvchilari ijtimoiy- m a’naviy xarakterdagi murakkab tuyg'ularni, nozik hislarni tushun maydilar. Lekin xursandchilik yoki g'am, xafagarchilik tuyg'ularini to'g'ri tushunadilar va nomlaydilar. Maxsus maktab ta’lim sharoitining birinchi yillarida o'quvchilarda embrional dezoptatsiyaga moyillik kuzatiladi, bu ayni kategoriyadagi bolalarni ta’limga emotsional va shaxsiy tayyor emasligidan dalolat beradi. Yuqori sinflarda ular ijtimoiy moslashuvda muvaffaqiyatlar- ga erishadilar. Bu ularning oiladagi, maktabdagi xulqida namoyon bo'ladi. Aqli zaif o'smirlar turli jamoalarda muloqotga kirishadilar. Bu maxsus ta’lim jarayonida aqli zaif o'quvchilarning emotsional rivojlanishida ijobiy o'zgarishlar ro'y berishidan dalolat beradi. Aqli zaif bolalarning hissiy-irodaviy doirasi rivojlanishning boshlang'ich bosqichlari bo'ladi. Uning shakllanishi nutqning paydo bo'lishi bilan bog'liqdir. Lekin xulqni nazorat qilish malakasining shakllanishi aqli zaif bolalarda ma’lum murakkablikka ega. Oli- gofren maktabgacha yoshidagi bolalar o'z xulqini, xohishini nazorat qila olmaydi. Aqli zaif bolalar uchun xulq-atvorning buzilishi ham xosdir. Ularda o'quv, o'yin, mehnat faoliyatida motivatsiyaning past darajadaligi, ichki his-tuyg'ularning zaifligi, o'z xatti-harakatlariga javobgarlik hissi yo'qligi namoyon bo'ladi. 62 Maxsus maktabdagi ta ’lim jarayonida aqli zaif o‘quvchilarning irodaviy regulatsiyasi rivojlantiriladi; o‘z impulsiv reaksiyalarini boshqarish va shart-sharoit talablariga bo‘ysunish malakasi shaklla nadi (M.G.Sarsidze). Korreksion yo‘naltirilgan ta’lim ta ’siri ostida shakllanuvchi irodaviy faollik m aiu m darajada bu turdagi bolalar ning aqliy, nutqiy va shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Diqqat hajmi, uning qat’iyligi ortadi, xotira doirasi kengayadi, uning samaradorligi oshadi, o'z navbatida tafakkur, nutq, xotirani rivojlantirish oligofren o'quvchilar shaxsining irodaviy xususiyatlari shakllanishiga ijobiy ta ’sir ko'rsatadi. Kichik yoshdan yuqori mak tab yoshigacha aqli zaif bolalarda ixtiyoriy ruhiy jarayonlarning ix tiyoriy rivojlanishi kuzatiladi. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling