Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. Aqli zaif oquvchilarning diqqati
Savol va topshiriqlar
1. Xotira psixologik jarayonini izohlab bering. 2. Aqli zaif o'quvchilarning qisqa muddatli xotirasi. 3. Aqli zaif o'quvchilarning uzoq muddatli xotirasi. 4. Aqli zaif o'quvchilarning xotira xususiyatlarini tekshirish us- lubiyatlari mazmunini yoriting. 40 2.4. Aqli zaif o'quvchilarning diqqati Diqqat ongning ma’lum manbani toTaroq aks ettirishi uchun o‘sha manbaga qaratilishidir. O'sha manbalarga diqqatni qara- ta bilish esa, shaxsning faolligini bildiradi. Diqqat hayotda ruhiy faoliyatning bir tomoni bo‘lib ko‘zga tashlanadi. Shu bilan birga muvaffaqiyatli bilim, ko‘nikma, malaka egallashning asosi hisobla nadi. Ixtiyoriy diqqat ruhiy hayotning xususiyati sifatida mehnat faoliyatida yuzaga kelgan. Diqqatning fiziologik mexanizmlari juda ham murakkabdir. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, diqqatning mexanizmi reflektor faoliyat bilan bog'liq. Diqqatning namoyon bo'Iishini, yuz berishini kishining holatidan, yuz mimikasidan ham bilsa bo'ladi. K.D. Ushinskiy diqqatni inson qalbining eshigi deb bejiz ta ’riflamagan bo'lsa kerak. Insonning faollik darajasiga ko'ra diqqatning 3 turini ajratish mumkin: 1. Ixtiyorsiz diqqat. 2. Ixtiyoriy diqqat. 3. Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat. Ko'pincha tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, mo'ljal olish faoliyati hamda yangi tasavvurlarga ehtiyoj hammadan ko‘ra bosh miya po‘stlog‘i to'laqonli bo'lmagan go'daklarda zaiflashgan bo'ladi (S.S.Korsanov, G.Y. Suxaryova). G.Y. Suxaryova ta ’kidlashicha, «Oligofren bo'lgan bolalarda sog'lom bola uchun xarakterli bo'lgan atrof-muhitni o'rganishga shiddat bilan intilish mavjud bo'lmaydi». Aqli zaif bolalar diqqatining o'ziga xosligi anchagina faktorlarga bog'liqdir. Oliy nerv faoliyatining xususiyatlari aqli zaiflikning o'zak belgilari (nerv jarayonlarining kam harakatliligi, dominantaning zaifligi, mo'ljal olishning buzilishi) uning butun shaxsiy rivojla nishining borishida chuqur iz qoldiradi, diqqatning tahliliga olib keladi. Bu esa o'z navbatida psixik faoliyatning mazmuniga kirar- kan, uning jarayoniga hamda natijasiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Xusu san, bu bolaning analiz va sintez jarayonlarining nisbatan yuqoriroq darajasini talab etuvchi vazifalarni bajarayotganida ayon bo'ladi. Diqqatning kamchiliklari nutqda o'z asoratini qoldiradi. Bunday bolalar o'zlarining va o'rtoqlarining nutqiga e’tibor berishmaydi. Bu esa harakatlarning parokandaligiga sabab bo'ladi. Diqqat kamchi- 41 liklari xususan notanish materialni o‘tishda, qiyinchiliklarga duch kelganda namoyon boiadi. Aqli zaif bolalar qiyinchiliklarni yengib emas, uni chetlab o‘tishga urinadi. Aqli zaif bolalarning intilishlari mushohada va muhokamalari bilan asoslanmagan boiadi. Aqli zaif bolalarda iroda jarayonlarining yetarli rivojlanmaganli gi hamda hislarini intellektual boshqarishning zaifligi tufayli yorqin va kuchli qo'zg'atuvchilardan foydalanib ixtiyoriy diqqatni tez va osongina keltirib chiqarish mumkin. Lekin ular diqqatini tutib turi- shi juda mushkul boiadi. Uyg‘onish jarayonlarining buzilishi hamda ichki tormozlanish aqli zaif bolaning ish qobiliyati buzilishiga olib keladi. Asab tizi- mining kam harakatliligi, ulardan birining qotib qolishi aqli zaif bolalarga o‘z diqqatini bir obyektdan boshqasiga ko‘chirishni qiyin- lashtiradi. Shuningdek, bu faoliyatning boshqa turiga qiyinchilik bi lan ko‘chishga olib keladi. Tanaffusdan so'ng aqli zaif bolalar o‘quv materialining mazmuniga o'zlarini qayta jalb etolmaydilar, o‘quv jarayoniga kirishib ketolmaydilar. Bu xususan lanj, tormozlangan bolalar uchun xarakterlidir. To'satdan berilgan savolga bola, garchi materialni bilsa ham darhol javob bera olmaydi. Unga diqqatini yangi mazmunga ko'chirish uchun muayyan vaqt kerak. Sogiom rivojlanayotgan quyi sinf o'quvchilari bilan aqli zaif bo lalar orasidagi keskin farq diqqatni taqsimlashda namoyon boiadi. T aiim olish jarayoni diqqat-e’tiborni bir joyga to'plashni talab qiladi. Lekin aqli zaif bolalarda asosiy g'oya zaifdir. U qiyinchilik bilan shakllanadi va yengil soiadi. Tez yo'qoluvchi bir g'oyaning o'rniga ikkinchisi yuzaga keladi. Bu diqqatning patologiyasiga, faol diqqatning buzilishiga, diqqatning noixtiyoriy tebranishida o'z ifo- dasini topgan ortiqcha chalg'uvchanlikka olib keladi. Bunday paro- kandalikda bola o'z faoliyatini ko'ziga nima ko'rinsa shunga sarf- lab hech bir ishini oxiriga yetkaza olmaydi, o'z diqqatini o'rganish obyektiga jamlay olmaydi. Diqqatning chalg'uvchanligi uning parishonxotirligida o'z ifo- dasini topadi. Bu esa diqqatning barqarorligiga batamom ziddir. Toliqish, asablarning bo'shligi, asab tizimining holdan toyishi natijasida tashqi qo'zg'atuvchilarni kuchaytiruvchi chalg'uvchanlik sodir boiadi. 42 Chalg'uvchanlikning oldini olish uchun m a’lum bir vaqtda faoli yat turini o‘zgartirib turgan m a’qul. Agar bunday qilinmasa bolalar tormozlanish holatiga tushib qolishib, mehnatdan chiqib ketishadi. Aqli zaif bolalar irodaga bog'liq ishlarni har doim deyarli qoni- qarsiz bajaradilar. Bu o'rinda mashhur fransuz pedagogi E.Segen- ning ushbu fikrlari e’tiborga loyiq: «Chuqur aqli zaif bola hech narsa qila olmaydi, hech narsa bilmaydi, eng kerakligi esa — u hech narsani xohlamaydi». Demak, aqli zaif bolalardagi asosiy nuqson xohish, istakning yetishmasligidir. Shu narsa ma’lumki, aqli zaif bolalar dars jarayonlarida tez char- chaydilar. Bu bolalarning diqqatlari uzoq muddat biror nuqtaga, ta ’limga qaratilmaydi. Shuning oqibatida bu bolalar tez-tez dars- dan chalg'ib turadilar. Aqli zaif bolalarning dars vaqtlarida chalg'ib turishlari, ularning o'z xohish-istaklari bilan emas, balki bosh mi- yalarida yuz bergan kasallikning natijasidir. Shu sababli yordam- chi maktablarning xodimlari bunday holatlarga to'g'ri munosabatda bo'lishlari kerak. Ta’lim jarayonlarida ixtiyoriy diqqatning vaqti-vaqti bilan ixti yorsiz diqqatga o'tib turishi yaxshi samara beradi, ya’ni bolaning ixtiyoriy diqqatlari muddati cho'zilib boradi. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling