Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/105
Sana09.10.2023
Hajmi6.98 Mb.
#1696246
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   105
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

ko'ruvchi 
shaxs tarzida guruhlash maqsadga muvofiq. Qolaversa
ZNif ko'ruvchilarga ta ’lim jarayoni va kundalik amaliyotda qoldiqli 
ko'rishdan 
u yoki bu darajada foydalanish ham kiradi.
195


Shunday qilib, tiflopsixologiyada ikki turlicha yo'nalgan jarayon
— ko‘rishda nuqsoni bo‘lganlarni nisbatan chuqur differensiatsi- 
yalash: total ko‘zi ojiz; yoruglikni his qiladigan ko‘zi ojiz; qoldiq- 
li ko‘rishga ega ko‘zi ojiz; chuqur zaif ko‘ruvchi; zaif ko‘ruvchi; 
boshqa tomondan esa — low vision zaif ko‘ruvchilarni 
integrats
i- 
yalash ko‘zga tashlanadi. Bu tendensiyalar ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan 
bolalarning psixologik tavsifiga ta’sir o‘tkazadi, ko‘rish patologiyasi 
turli shakllarining bolalar psixik rivojlanishiga ta’sir darajasi va ku- 
chini, shuningdek, yakka tartibda ishlaganda va maxsus korreksi­
yalash mashg‘ulotlarida ularni kompensatsiyalash imkoniyatlarini 
belgilaydi.
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning yuqori psixik maqomi- 
ni shakllantirish amaliyoti ko‘rsatadiki, umumiy psixologiyaning 
asosiy metodologik tamoyillari: determinizm, ong va faoliyat birli- 
gi, psixikaning faoliyatda rivojlanishi tamoyillari tiflopsixologiyada 
ham konkretlashtiriladi.
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar rivojlanishini ijtimoiylik va 
biologiklik belgilaydi. A.I.Zotov biologik (tipologik, yoshga oid 
va b.) hamda ijtimoiy omillar bilan bir qatorda anomal patologik, 
biologik omillar namoyon bolishini niqoblovchi, qator hollarda 
esa buzib ko‘rsatuvchi omillarni ajratdi. A.G. Litvak (Литвак А.Г. 
Теоритические вопросы тифлопсихологии: Учебное пособие.
— Л.: 1973. -с. 45), unga qo‘shilib, ta’kidlaydiki, ko‘zi ojiz va zaif 
ko‘ruvchilarning psixik rivojlanishi murakkab o‘zaro munosabat- 
larda boigan biologik, anomal va ijtimoiy omillar yig‘indisi bi­
lan belgilanadi. Bunda olim aniqlashtiradiki, biologik deganda 
tug‘ilishdagi, irsiy, tabiiy nuqsonlar tushuniladi hamda nafaqat ort- 
tirilgan, balki tug‘ma nuqsonlarni biologik deb bolmaydi (Литвак 
А.Г. 
Теоритические вопросы тифлопсихологии: 
Учебное 
пособие. — Л.: 1973. -С. 49).
Ko‘zi ojizlik va zaif ko‘ruvchilik sabablari tahlili bu qarashning 
u qadar mustahkam emasligini ko‘rsatadi. Avval aytilganidek, 92% 
zaif ko‘ruvchi!ik va 88% ko‘zi ojizlik tug‘ma xarakterda, ularning 
30% dan ortig‘i irsiy shakllarga ega. Bunda bolalar ko‘zi ojizligi sa­
bablari orasida ko'rish a’zosi rivojlanishining tug‘ma anomaliyalari 
chastotasi ortib borishi kuzatiladi. Tug‘ma ko'rish patologiyasi
196


M.I.Zemsova va L.I.Solnseva (1964) ishlarida 60,9%, A.I. Kaplan 
tadqiqotlarida (1979) 75%, L.I. Kirillova ishlarida (1991) 91,3% va 
A.V. Xvatsova ishlarida (1995) 92% zaif ko'ruvchi va 88% ko'zi ojiz- 
larda kuzatiladi. I.L. Ferfilfaynda esa 84,2%.
Irsiy omillardan tashqari, ko'zi ojiz va qisman ko'ruvchi bo­
lalarda homilaning embrional rivojlanish davrida ta ’sir etadigan 
tashqi va ichki salbiy omillar natijasida ko'rish a’zosining rivojlanish 
anomaliyalari mavjud. Bu — homiladorlikning patologik kechishi, 
ona boshidan kechirgan virusli kasalliklar, toksoplazmoz, qizilcha 
va boshqalar.
Shunday qilib, amalda ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarning 
psixik rivojlanishini belgilaydigan anomal omillar biologik omil­
lar tushunchasiga kiradi va ijtimoiylari bilan birga zaif ko'ruvchi va 
ko'zi ojiz bolalar rivojlanishining borishini belgilaydi.
Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalarning rivojlanish xususiyatlari 
bilan bog'liq tadqiqotlar o'tgan asrning 80—90-yillaridagi rus defek- 
tologiyasi asoschilari L.S. Vigotskiy, A.R. Luriya, M.M.Zemsova, 
A.G.Litvak, A.I. Zotov nazariyasiga tayanadi va korreksion ta’lim 
va tarbiya jarayonida bu toifadagi bolalarni kompensator rivojlan- 
tirishga yo'naltirilgan. Bugungi kun tiflopsixologiyasining asosiy 
muammosi (L.I.Solnseva, A.G.Litvak, I.S.Morgulis) rivojlana- 
yotgan, psixik jarayonlar va shaxsning qirralari shakllanishida 
ko'rishning chuqur buzilishi natijasida yuzaga keladigan og'ishlarni 
bartaraf etishga qodir bo'lgan insonning potensial imkoniyatlari­
ni o'rganish sanaladi. Zamonaviy tiflopsixologlar nuqtayi naza- 
rining o'ziga xosligi ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarning psixik 
rivojlanishini anomal organizm (inson ayiruv ko'rish, ya’ni zarar, 
zararli, pasaygan) emas, balki faol rivojlanayotgan, sensorikaning 
bevosita nuqsonlarini kompleks vositalangan bilish faoliyati bilan 
to'ldiradigan shaxsning rivojlanishi sifatida tushunadi. Ko'rishda 
chuqur nuqsoni bo'lgan bolalarning kompensator rivojlanishining 
o'ziga xosligi psixik jarayonlar va sifatlar ansamblida ko'zi ojizlik va 
zaif ko'ruvchilikni kompensatsiyalashni ta ’minlaydigan yangi alo- 
qalarning hosil bo'lishida o'z ifodasini topadi.
Ko'rish analizatori faoliyatining zararlanishi chuqurligi va 
xarakteri sensor tizim rivojlanishiga ta ’sir o'tkazadi, atrof-olamni
197


bilishning yetakchi tipini, tashqi olam obrazlarining modelligi, 
aniqligi va to‘liqligini belgilaydi. Tashqi olamni aks ettirishning 
psixologik tizimi shu sababdan ko‘rish analizatori turlicha zararlan- 
ganda turlichadir. Ko‘rishda nuqsoni boigan bolalar atrof-olam bi­
lan tanishish, faoliyatni amalga oshirish usullari kabi uni bajarishni 
nazorat qilish usullariga ko‘ra ham farq qiladi.
Ko‘rishda nuqsoni boigan bolalar va kattalarning psixik maqo- 
mida nuqsonni aniqlash vaqti katta rol o‘ynaydi. Bu, ayniqsa, umu- 
man ko'rmaydiganlarga taalluqli.
Adabiyotlar va amaliyotda ikki toifa: tug‘ma ko‘zi ojizlar va keyin 
ko‘r bo lib qolganlar farqlanadi. Tug'ma butunlay ko‘rmaydigan va 
uch yoshgacha ko‘r boigan bolalar, odatda, ko‘rish tasavvuriga 
ega emas, zero erta ko‘r bolib qolgan bolalarda ko‘rish obrazlari 
saqlanib qolmaydi va psixik rivojlanish jarayoni cheklangan sen­
sor tizim asosida kechadi. Ko‘rish nuqsonining erta yuzaga kelishi 
psixikaning shakllanishiga kuchli ta’sir ko'rsatadi.
Ko‘rish qobiliyatining nisbatan keyin buzilishi ko‘r bolib qol- 
ganlarga ko‘rish asosida shakllanib ulgurgan aloqalarni bilish faoli- 
yatida qollash imkonini beradi va nuqsonni kompensatsiyalashda 
o‘zga tizimlarni hosil qiladi.
Shunday qilib, ko‘rish nuqsonining yuzaga kelish vaqti ko'rishda 
nuqsoni boigan bolalar va kattalarning psixik rivojlanishida o‘ziga 
xos omil sanaladi.
Ko‘zi ojizlik va ko‘rishning jiddiy buzilishi rivojlanish jarayoniga 
salbiy ta ’siri bilish faoliyatining barcha turlarida oglshlarning pay­
do bolishi bilan bogliq va ko‘rish nuqsoni bolaning rivojlanishiga 
ta ’sir etmaydigandek ko‘rinadigan o‘rinlarda ham namoyon boiadi. 
Bu olinadigan axborot miqdorining kamayishi va uning sifati 
o‘zgarishida namoyon boiadi. Miqdor o‘zgarishlari hissiy bilish so- 
hasida, ko‘rish hislari, idroki va tasavvurining jiddiy qisqarishi yoki 
mutlaqo yo‘qligida namoyon boiadi, bu tasavvur va xotira obrazlari 
shakllanish imkoniyatlarini cheklaydi. Rivojlanishning o‘ziga xos 
sifat xususiyatlari nuqtayi nazaridan birinchi galda psixik tizimlar: 
ularning strukturalari, tizim ichida aloqalar, funksiyalar va muno- 
sabatlarning shakllanish xususiyatlarini tilga olish joiz, analizator- 
lar o‘zaro munosabatlar tizimida sifat o‘zgarishlari boiadi, obrazlar,
198


tushunchalar, nutqning shakllanish jarayonida, fikrlash faoliyatida 
obrazlilik va tushunchaviylik nisbatida, makonda oriyentirlanish va 
sh.k. larda o‘ziga xos xususiyatlar yuzaga keladi. Jismoniy rivoj' 
lanishda — harakatlar aniqligi, intensivligida jiddiy o‘zgarishlar 
bo‘ladi, yurish va boshqa harakat aktlari o'ziga xos ko'rinish kasb 
etadi. Demak, bolada o'zining, juda o'ziga xos, birlamchi nuqson 
tufayli rivojlanishning turli darajalarida bo'lgan jarayonlarni, shu­
ningdek, rivojlanishning yangi kompensator yo'llari asosida uni 
korreksiyalashni o'z ichiga olgani bois normal rivojlanayotgan bo­
laning biror tizimiga struktura jihatidan o'xshamaydigan o'ziga xos 
psixologik tizimi shakllanadi. Bundan ko'rinadiki, ko'rishda nuqso­
ni bo'lgan bolalarda funksiyalararo aloqalar ham boshqacha, o'ziga 
xos amalga oshadi. Shu sababli psixologik tizimning shakllanishi va 
rivojlanishi ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalar bilan olib boriladigan 
korreksion ishlar va kompensator jarayonlar tizimini shakllantirish 
bilan bevosita bog'liq.
I.M.Sechenovning ta ’kidlashicha: inson ko'zi 8 xil toifadagi ma- 
teriyaning mavjud shakllarini ajrata olar ekan. Bularga: rang, shakl, 
kattalik, uzoqlik, yo'nalish, tana, tinchlik va harakat kiradi.
S.L.Rubinshteynning ta ’kidlashicha, «Ko'rish predmetlarni to'la 
idrok etishga imkon beradi»1. Ta’kidlab o'tish joizki, insonning 
atrof-muhitni bilishida asosiy analizator ham ko'zdir.
Ko‘rish o‘tkirligi
Ko'rlar yoki total ko'rlarga hech qanday yorug'likni sezmaydigan- 
lar 0,04 gacha kiradi (salgina yorug'likni sezuvchilar). Shuningdek, 
qisman ko'rlar yoki porsial ko'rlar (yorug'lik va qorong'ulikni farq- 
lovchilar). Shaklni farqlovchilarning ko'rish o'tkirligi 0,005 dan
0,04 gacha farqlanadi. Ko'rish maydonining torayishi ham ko'rlik 
yoki zaif ko'rishga olib kelishi mumkin.
Tiflopsixologiya fani ko'rish nuqsonli bolalarni faqat o'rganish 
bilan emas, balki bilish sohasida, ruhiy-hissiy iroda, psixosen- 
sor sohasidagi har xil kamchiliklarni korreksiyalash, to'g'rilash 
yo'nalishlarini ham belgilab berishi va amalga oshirishi zarur.

Download 6.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling