Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
- Bu sahifa navigatsiya:
- XI bob. NUTQ IDA KAMCHILIGI B O ‘LGAN BOLALAR M OTORIKASI
Tayanch so‘zlar
Gipersteniya - asabiylashuvning ortishi, qo‘zg‘aluvchanlik, xulq- ning giperfaolligi. Giposteniya — umumiy holsizlik tashabbuskorlikning pasayishi, uyatchanlik, ish qobiliyatining sustligi. Logofobiya — nutqdan, muloqotdan qo‘rqish. 186 XI bob. NUTQ IDA KAMCHILIGI B O ‘LGAN BOLALAR M OTORIKASI Olimlarning fikricha, nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarning lokomotor funksiyalarining rivojlanishini me’yorga qiyoslagan- da ilk rivojlanishning kechikishi bilan ham belgilanadi: bolalar me’yordan kechroq yoshda yurishni boshlaydilar, mayda qo‘l mo- torikasi, artikulatsion motorika uzoq vaqt yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bolalar nutqining rivojlanish darajasi to ‘g‘ridan to‘g‘ri qo'lning mayda motorikasiga bog‘liq (M.M.Kolsova). Ko‘pchilik bolalar nutqi ustida o‘tkazilgan tajriba va tadqiqotlar asosida quyidagi qonuniyat aniqlandi: agar barmoqlar harakatining rivojlanishi yoshga mos kelsa, unda nutq rivojlanishi me’yor darajasida bo‘ladi, agar barmoqlar harakati oqsasa, unda nutq rivojlanishi ham sust rivojlanadi (L.F. Fomina). Y.I. Isenina tadqiqotlari nutq kamchiligiga ega bolalar nutqi qo‘lning nozik harakatlari ta’sirida rivojlanishi mumkinligini tasdiqlaydi. Elektr-fiziologik tadqiqotlar natijalari ham qo‘l va nutq funk siyalarining bevosita aloqada ekanini tasdiqlaydi. M.M.Kolsova- ning xulosasiga ko‘ra «nutq doiralarining morfologik va funksional shakllanishi qo‘l harakatidan keluvchi kinestetik impulslarning ta ’sirida paydo bo‘ladi». Uning alohida ta ’kidlashicha, nutq faqat bolalik yoshidagina qo‘l muskullarining impulsi vositasida rivojla nadi. Shundan kelib chiqib, nutqni rivojlantirishda mana shu holga katta ahamiyat berish kerak. Mayda qo‘l motorikasi yordamida bo lalar nutqini rivojlantirish metodikalari M.M.Kolsova, L.V.Anta- kova-Fomina va boshqalar tomonidan ishlab chiqildi. M.M. Kolsovaning fikricha, «bosh miya po‘stlog‘ining ish qo- biliyatini oshirish vositalari»dan biri tizimli mashqlar asosida bar moqlar harakati mashg‘ulotlarini o‘tkazish nutqning rivojlanishiga ta ’sir ko‘rsatadi. Bu fikrni juda ko‘p eksperimental tadqiqotlarning natijalari ham tasdiqlaydi. Logopedik amaliyot nutqning rivojlanishiga harakatning sama- rali ta ’sirini ko‘rsatadi. Maktabgacha ta ’lim muassasalarida korrek- sion-tarbiyaviy ishlar tizimida nutqi buzilgan bolalar uchun ko‘proq 187 e’tibor qoining nozik barmoqlari harakatini shakllantirishga qaratiladi. M aium ki, barmoqlarning harakatini takomillashtirish bo‘yicha maqsadli yo‘naltirilgan ishlar q o in i xat yozishga tay- yorlashda ham juda foydali. Nutqi to iiq rivojlanmagan bolalar ning mayda motorikasini rivojlantirishni tizimli o‘tkazib, har kuni 3—5 daqiqa vaqt sarflash kerak. Shu maqsadda turli xil o‘yin va mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday mashqlar maxsus mashg'ulotlardagina emas, balki sayrga chiqqanda, o‘yinlar o'ynash paytida o‘tkazilishi mumkin. Agar bola harakatlarni mustaqil bajarishga qiynalsa, unda alo hida darslarga mashqlar kiritish tavsiya etiladi, bola faol harakatlan- maydigan barmoqlar harakatini kattalar yordamida bajaradi. Kel- gusida mashg‘ulotlar natijasida barmoqlar harakati takomillashib boradi va bola ularni faol bajaradi. Qo‘l barmoqlarining nozik harakatlanishini takomillashti rish uchun kichik folklordan foydalanish katta samara beradi. Bu o‘yinlar qulay jo ‘shqin sharoit yaratadi, barmoqlar mashqini yaxshi ta ’minlaydi, eshitish qobiliyatini rivojlantirishga va she’rlar mazm unini tushunishga yordam beradi, nutq ritmini ilib olishga o‘rgatadi. Bundan tashqari, hajviy xalq she’rlari dialog asosida qurilgani uchun so‘zlashuv nutqini o‘rgatuvchi ajoyib manba h i soblanadi. Bu namunalar maktabgacha yoshdagi bolalarning bar cha rivojlanish bosqichlari uchun q o i keladi. Masalan, havzak- havzaklar, ovutmachoqlar va erkalamalardan bolaning go'daklik davridan to 3—4 yoshigacha foydalanish mumkin. Xalq ogbzaki ijodida o‘z ifodasini topgan xalq pedagogikasi bolaning mayda va yirik motorikasini rivojlantirishda, uning ham jismoniy, ham hissiy-irodaviy rivojlanishini ta ’minlaydigan ajoyib she’riy namu- nalarni yaratgan. Bola o‘tiradigan boiganda, uni tizzaga o‘tqazib, barmoq sanash mashqi bajarilgan. Bunda bolaning qoichasini ushlab turib, «Boshmaldoq, Qoramaldoq, 0 ‘rta terak, Hoji- mirak, Kichkina bo‘bak», deb, bosh barmoqdan boshlab barm oq lar bir-bir bukiladi. Sanoq tugaganini bildirish uchun, oxirgi so‘z yuqoriroq ohangda shaxdam aytiladi va bolaning mushtchasi bilan ko‘kraklari ohista qitiqlanadi. Bu mashqni rivojlantiruvchi desa ham boiadi. Chunki bola mashq bir necha m arta takrorlangani- 188 dan keyin, u nim a bilan tugashini va ko‘kraklari qitiqlanishini biladi va oldindan qiqirlab kuladi. Oldindan sezib zavqlanish hissi go‘dakning intellektual rivoji uchun juda muhimdir. Shu yo‘l bilan u o'z xotirasini mashq qiladi va voqealar rivojini bashorat qilishga o‘rganadi. Bolaning barm oqchalarini alohida-alohida o‘ynab tu- rish (ohista silash, tortib qo‘yish, uqalash va h.k.) kerak. Barmoq- larini boshqara olish malakasi bolaning intellektual rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq. Oddiygina barm oqlarni bukish va to ‘g‘rilash mashqi bolada shu malakani shakllantirish im konini beradi. Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarda turli psixik funksiyalarni o‘rganish jarayonida olingan m a’lumotlarning tahlili ularning o‘ziga xosligini ko‘rsatadi (L.I. Belyakova, Y.F.Garkusha, O.N.Usanova, E.L. Figeredo, T.B. Filicheva, G.V.Chirkina). Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling