Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
insonning atrofni
qabul qilish faoliyatida qator nuqsonlar, qiyinchi- liklarni keltirib chiqaradi. Bu nuqsonlar asosida inson faolligi keskin pasayadi. Bu faollik N.A. Bernshteynning ta ’kidlashicha, biologik mohiyat kasb etib, shaxsning muhitga moslashishini qiyinlashtiradi. Shaxs faolligining dastlabki ko‘rinishlari ontogenetik taraqqiyotida yuz berib qator shartsiz reflekslar tarzida namoyon bo'ladi. Bularga misol qilib surish reflekslarini ko‘rsatish mumkin. Ko'rish nuqsoni, ayniqsa mo'ljallash, qidirish faoliyatlariga kuchli salbiy ta’sir etadi. Bolalardagi «bu nima ekan» refleksi shaxs rivojida alohida aham i yatga ega. Shaxs faolligining rivojida nafaqat xohishlarni qondirish- ga bo'lgan ehtiyojlar, balki individni o‘rab turgan muhit, ular ta’siri ham alohida ahamiyatga ega. Ko‘rish nuqsoni bo'lgan bolalarning atrof-muhitda kam harakat qilishi, siljishining chegaralanganligi ham ular ruhiyatining rivojiga salbiy ta ’sir etmasdan qolmaydi. Ko‘zi ojiz bolalar faolligining sustligi, kamligi ayniqsa bog‘chagacha va bog'cha davrlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. L.I.Solnsevaning ta’kidlashicha, normal bolaga nisbatan ko‘r bola rivoji umumiy orqada qolish bilan farqlanadi. Sekinlashgan umu miy rivojlanish dastlab ulardagi ko‘rish tasavvurlarining kamligi va zaifligi bilan bog'liqdir. Ayniqsa, atrof-muhitni bilishga bo‘lgan faollikning kamligidir. Boshlang‘ich sinfdagi bolalarda ham faol- likning pasayganligini ko‘rish mumkin. Ko'r bolalar faoliyati ni ta ’kidlar ekan В.I. Kovalenko va N.B. Kovalenkolar ko'rlik va uning asoratlari faollikni pasaytiradi, egallangan bilimlarni amalda qo‘llay olishga to'sqinlik qiladi. Bu kamchiliklar ayniqsa tug‘ma ko'rlarda, ilk yoshda ko‘r bo‘lganlarda, hamda qisman ko‘rmaydigan bolalarda uchraydi, deb ko'rsatadilar. Ushbu ko‘rsatib o'tilgan kamchiliklarga qaramasdan muntazam olib borilgan ta ’lim-tarbiya natijasida bu bolalarda sezilarli rivojlanishni ta’minlash mumkin. Ko'r bolalarda faollikning sustligini ular xulqida ko'rish mumkin. Yuqoridagi m ualliflarningta’kidlashlaricha — «Ko'r bolalar sezgilar va idrok qilishda haddan tashqari chegaralangandir. Ular juda faol emas va kam harakatdir. Ko'rish sezgilarining kamligi natijasida ushlash harakatlari juda kamdir. Bola intilmaydi, qo'l uzatmaydi, sudralmaydi, tik turmaydi, qo'llari bilan biror narsani ushlamaydi. 208 Bog‘chagacha va bog‘cha yoshlarida sudralib yurishlari bir necha yilga orqaga suriladi. Ba’zan boshlarini ehtiyot qilish uchun oyoq- lari bilan oldinga sudraladilar. Tik turish va yurishlari 2—3 yilga orqaga suriladi. Muloqotga bo‘lgan ehtiyojining yetarii emasligi oqibatida ular nutqining rivojlanishi 3—4 yilga kechikadi»1. Shu kabi kamchiliklar rivojlanish nuqsonlari, zaif ko'ruvchi bo lalarda ham uchraydi. M oljal ola bilish refleksining salbiy natijalari o‘z navbatida atrofni sezishga boigan intilishning shakllanishiga to‘sqinlik qiladi. «Idrok qilishga xohish» pasayadi. Buning oqibatida tabiiy ravishda atrofni bilish ham pasayadi. Shunday qilib, faollikning pasayishi, bilishga boigan inti- lishlarning rivojlanmasligi natijasida bilish faoliyati ham bir bu tunligicha, toiaq o n li rivojlanmaydi. Bularga qaramasdan qator ilmiy-tadqiqotlarning ko'rsatishicha yuqoridagi ta ’kidlab o lilg an kam chiliklarning ko'pchiligini ta ’lim-tarbiya natijasida bartaraf etish m um kin ekan. Saqlangan, zararlanmagan analizatorlar ishini faollashtirish evaziga qator yutuqlarga erishish m um kin- ligini ko‘rish mumkin. Ammo, nuqsonli bola aqliy rivoji o‘ziga xos xususiyatlar bilan amalga oshadi. Shuni ta ’kidlab o‘tm oq lozimki, qator ruhiy jarayonlar, holatlar (sezgilar, idrok, tasav vur) nuqson chuqurligi bilan bevosita bogliq b o lsa, ayrim ruhiy jarayonlar (yoruglikni sezish, idrok tezligi) nuqson mazm uni- ga, mohiyatiga bog liq bo‘ladi. Shu bilan birga ayrim ruhiy ja rayonlar (tafakkur) boshqa ruhiy jarayonlar holati bilan bevosita bog liq holda rivojlanadi. Bularga qaramasdan ruhiyatning shun day tarkibiy qismlari borki (dunyoqarash, ishonch, temperament, xarakter), ular na nuqson chuqurligi bilan, na nuqson mazmuni bilan bo g liq bolm aydi. Shular bilan yana shuni ta ’kidlab o‘tm oq joizki, bola ruhiyatining rivoji nafaqat ko'Tish sezgilarining nuq- sonlaridan, balki uning kechish, dinamikasi bilan ham uzviy bogliqdir. Boshqacha aytadigan bolsak, ko‘rish nuqsonlari aqliy taraqqiyotni sekinlashtiradi. Ammo, o‘z vaqtidagi adekvat, o‘ziga mos ta ’lim-tarbiya, korreksiyalash ishlari orqali ruhiy rivojlanishni boshqarib borish mumkin. Hatto total kolrlarda ham atrof-muhit Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling