Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Коваленко Б.И. и др. Тифлопедагогика. — М.: 1962
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
1 Коваленко Б.И. и др. Тифлопедагогика. — М.: 1962.
209 haqida adekvat tasavvurlar, tushunchalar shakllantirish mumkin. Turli ko'nikmalar, odatlar, irodaviy sifatlarni tarbiyalash mum kin- ligini tajribalar ko‘rsatdi. Shu kabi natijalarga erishish uchun uzoq yillar talab etiladi. «Atrof-muhitni idrok qilish odam ning yerdagi hayotga moslashishining natijasidir. L. Feyerbax ta ’kidlashicha, inson atrof-muhitni butunligicha idrok qilish uchun unda shun- cha sezgilar mavjuddir». Demak, odamdagi mavjud sezgilarning kamayishi atrof-muhitni to'la idrok qilishga qarshilik qila bosh- lar ekan. Hatto aralash nuqson, ko‘r-karlarda ham atrof-muhitni adekvat, mos qabul qilish saqlanar ekan. Lekin, gnostik bilishning 3 ta turi: ko‘rish, eshitish va sezish sezgilari birgalikda kelganda- gina bilish jarayoni birmuncha izdan chiqar ekan. I.M.Sechenov davridan buyon psixologik adabiyotlarda bayon etilishicha, ko‘rish va sezish tasavvurlari o‘xshash bo‘lib, ko‘z va qo‘l predmetlari- ning bir xil xususiyatlarini ochib berar ekan. Buning isboti sifatida mashhur fiziolog P.K.Anoxin fikrlarini keltirish mumkin. Uning ta ’kidlashicha, atrof-muhit turli o‘lchovlarda, shakllarda, obrazlar tarzida miyada va ongda aks etar ekan. Bunga misol qilib ko‘r, kar, soqov odamlarning xulqini ko‘rsatish mumkin. Ko‘rish nuqsoniga ega kishilarning atrof-muhitni idrok qilishlaridagi, tasavvurlari- dagi farqlarga qaramasdan, me’yorda idrok etilayotgan narsalarga mos kelar ekan. Normal ko‘ruvchi bolalar bilan zaif ko'rmaydigan bolalar tasavvurlarida qat’iy farqlar deyarli yo‘q. Ushbu mavzuda asosan ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar maktab- larida ta’lim-tarbiya oluvchi bolalar tarkibi haqida so‘z yuritiladi. Qaysi kasallikni boshidan kechirgan, qanday asoratlar qoldirgan, ko‘z nurining o'tkirlik darajasi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Shu bilan birga murakkab nuqsonlilar: ko'rlik, zaif ko‘rish nuqsoni bi lan birga aqli zaiflik, harakat tizimining buzilishi va boshqa ruhiy- jismoniy nuqsonlarning qo‘shilib kelish hollari haqida tushunchalar beriladi. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilar maxsus maktab- internatida o'quvchilarga faqatgina umumta’lim ma’lumoti berilib qolinmasdan, o‘quv-tarbiyaviy ishlar olib borilmasdan, balki ko‘zi ojizlikni to‘ldiruvchi, qoplovchi, davolovchi muassasa ham hisob- lanadi. Bu o‘quv muassasasida o‘quvchilar, bolalar davolovchi shifokor-pediatr, oftalmolog, nevropatolog, tibbiyot hamshirasi- 210 ning doimiy nazoratida bo‘ladilar. Ko‘zi ojizlar uchun maxsus maktab-internatga o‘quvchilar maxsus tashkil etilgan tibbiy-peda- gogik komissiya ko'rigidan o'tkazilib, ushbu komissiya xulosasiga binoan qabul qilinadi. Tibbiy-pedagogik komissiya viloyat, shahar xalq ta ’limi bo‘limlari qoshida tashkil etiladi. Respublikamizning turli tumanlaridagi oftalmolog shifokorlarning xulosasiga asosan tum anlar xalq ta ’limi bo‘limi ushbu tibbiy-pedagogik komissiyaga yo‘llanma-murojaatnoma bilan murojaat qiladilar. Hozirgi kunda Respublikamizda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maxsus m aktab-internatlar ishlab turibdi. Bu maxsus maktab-internatlarga har bir tuman hududida yashovchi, maxsus tiflopedagogik ta’limga muhtoj o‘quvchilar jalb qilinadi: a) ko‘zi ojizlar uchun maxsus maktab-internatiga 0 dan — 0,4 gacha ko‘z o'tkirligi (nuri)ga ega bo‘lgan bolalar qabul qilinadi- lar; b) tuzatish (korreksiya) bilan ko‘z nuri 0,05—0,08 bo‘lgan, glou- koma, yaqindan ko‘rish, xoreoretinit, gidroftalm, qorachiqlarda qoplanish-katarakta, ko‘z olmasining zararlanishi kasalliklari bilan kasallangan bolalar qabul qilinadilar. Zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maxsus maktab-internatlariga ko‘rish nuri 0,054—4 gacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi, bunda ka- sallikning xuruj qilishi, shakli, turi ham inobatga olinadi. Ko‘z nuri 0,2 dan yuqori bo‘lgan bolalar umumta’lim maktablarida o'qishlari lozim. Bog‘cha bo‘limiga 3—7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qili nadi. M aktab-internatning 1-sinfiga bolalar 7 yoshdan qabul qilina dilar. Aqli zaif bo‘lgan ko‘zi to‘liq ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar yor- damchi dastur asosida ta’lim-tarbiya beriladigan maxsus sinf- larda o‘qitiladi. Ko‘zi ojiz, zaif ko'ruvchi bolaning o‘zlashtirish me’yorlarini aniqlash uchun aqli zaif deb topilgan bola kamida 1 yil maxsus maktab-internatning umumta’lim dasturi asosida o‘qitiladi. 0 ‘quv-tarbiyaviy jarayon kuzatib boriladi, faqat shundan keyin- gina tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga asosan yordamchi dastur asosida 8 yil o‘qitiladigari to‘liq ko‘zi ojiz va zaif ko'ruvchi o‘quvchilarga maxsus bilimga ega bo‘lgan defektolog-o'qituvchilar ta ’lim-tarbiya beradilar. 211 Quyidagilar ko‘zi ojiz bolalar maxsus maktab-internatiga qabul qilinmaydilar: a) imbetsil, idiot darajasida bo‘lgan aqli zaif bolalar; b) organik xususiyatlarga ega, xulqida chuqur buzilishlarga ega bo‘lgan bolalar (his-tuyg‘ulari buzilgan); d) harakat-tayanch a’zolarining chuqur buzilishi. Mustaqil ra- vishda harakatlana olmaydigan, o‘z-o‘ziga xizmat qila olmaydigan bolalar; e) ko‘r va kar-soqov bo‘lgan bolalar qabul qilinmaydilar. Bunday kasalliklarga uchragan bolalar xalq ta ’limi bo‘limlari qoshida tashkil qilingan tashxis markazlarining hamda maxsus tib- biy-pedagog komissiyaga yuboriladilar. Ularning xulosasiga asosan sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va maishiy ta’minot vazirligi qoshi- dagi maxsus bolalar muassasalariga yuboriladilar. Ko‘zi ojizlar uchun maktablarda, maxsus maktab-internatlarida ta ’lim maxsus nuqtalardan tashkil topgan Brayl tizimida olib bori- ladi. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling