Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Tiflopsixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
Tiflopsixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Tiflopsixologiya umumiy psixologiya, yosh va pedagogik-psi- xologiya, tiflotexnika va boshqa fanlar bilan chambarchas bog'langan bo‘lib, tiflopsixolog o'zining amaliy va nazariy ish jarayonida yuqoridagi fanlarga tayanishi bilan birga yangi yuzaga kelayotgan soha — amaliy psixologiyaning yutuqlaridan ham foydalanadi. Hamma ta ’lim va tarbiya muassasalarida bo‘lgani kabi, ko‘r va zaif ko‘ruvchilar maktab-internatlarida ham amaliy psixolog bo'lishi shart. Maxsus maktabdagi amaliy psixologning ish vazifasi umumta’lim maktabidagidan farq qilmaydi. Ammo, maxsus mak tabdagi psixologning eng asosiy vazifasi: — nogiron bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlash; — maktabda ko‘r va zaif ko'ruvchi o'quvchilarning bilim, hissiy- iroda sohasidagi va boshqa kamchiliklariga psixologik tashxis qo‘yish; — maxsus maktabda psixolog, madaniy-oqartuv ishlarini olib borish; — maxsus maktab o‘quvchilarining psixologik, ijtimoiy, peda gogik sohadagi aniqlangan kam chiliklarini korreksiyalash tadbir va vositalarini belgilaydi va maktab jam oasi bilan amalga oshi- radi; — nuqsonli o'quvchilarning o‘quv jarayonida ruhiy va asab kam- chiliklarining paydo bo‘lishi va kuchayishini o‘z vaqtida aniqlash va oldini olishning chorasini ko'radi. Tiflopsixologik tadqiqotlarning metodologik asosini determi ni zm, ong va faoliyatning birligi, ruhiyatning faoliyat da rivojlanishi tashkil etadi. Ta’kidlab o‘tish joizki, tiflopsixologiya fani fan sifatida shakl- lanishida turli qarashlar, fikrlar, g‘oyalar mavjud bo'lgan. I.P. Pavlov bir necha bor ta’kidlagan «Ko'rlik va boshqa nuq- sonlarni o'rganish asosida nafaqat nuqsonli ruhiyatga chuqurroq kirib borishga, balki me’yoriy ruhiyat holatlarini ham chuqurroq 201 tushunishimizga imkon beradi». Tiflopsixologiyaning taraqqiyoti- da LS. Vigotskiyning nuqsonli bola rivojida «Madaniy va biologik» omillarning buzilishi, chetga chiqishi haqidagi fikrlari muhim o‘rin egallaydi. Shu bois, qator metodlar umumiy psixologiyadan olinadi. Me’yoridan nuqsonga qarab va nuqsondan me’yorga qarab tadqiqot ishlarini olib borish ishlarini V.M.Bexterev samarali usul sifatida tan olgan edi. Maxsus psixologiyada A.A. Krogius, G.I.Troshin to monidan nisbiy o‘rganish keng qo‘llanilgan edi. Nisbiy tadqiqotga L.S. Vigotskiy ham alohida e’tibor bilan qaragan edi. Tiflopsixologiya fani umumpsixologiya fanining determinizm, ong va faoliyat birligi, psixikaning faoliyat jarayonida rivojlanishi kabi metodologik prinsiplariga amal qiladi. Inson ruhiy olami bilan bog'liq har qanday ilmiy-tadqiqot, tekshirishlarining metodologik asosini uchta yo‘nalish belgilaydi. Birinchidan, ko‘rish nuqsoni mavjud bolaning har xil yosh bos qichlarida yuz beradigan o‘zgarishlarni va ruhiy rivojlanish qo- nuniyatlarini sog‘lom bolalar bilan taqqoslab tekshirish. Defek- tologiya fani asoschilaridan L.S. Vigotskiy sog‘lom va nuqsonli bolalar ruhiy rivojlanishini taqqoslab tekshirishga katta e’tibor ber di. «Nuqsonli rivojlanishga to‘g‘ri ta’sir va tasnif berish mumkin, qachonki normal rivojlanish bilan uni taqqoslab o'rganilganda», degan edi olim. lkkinchidan, ruhiy rivojlanishni faqat faoliyat jarayonida har to- monlama va chuqur o‘rganish mumkin. Ilmiy tadqiqot ishlarida o‘rganilayotgan obyektni (nuqsonli bolani) qaysi faoliyat jarayonida tekshirishni aniqlab olishning nazariy va amaliy ahamiyati niho- yatda katta. Uchinchidan, o‘tkazish rejalashtirilayotgan ilmiy-tadqiqot qat’iy tizim asosida: tadqiqotning bosqichlari, metodlari, shart-sharoitlari, qatnashchilarini aniqlash va belgilash bilan olib boriladi. Tiflopsixologiya fani umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, yosh va pedagogik psixologiya va boshqa fanlarning metodlaridan foydalanish bilan birga, maxsus psixologiyada va tiflopsixologiya fanida yaratilgan maxsus tadqiqot uslub va usullaridan ham foydala- niladi. Ilm, fan-texnikaning yutuqlari ko‘r va zaif ko‘ruvchilarning 202 sezgi, idrok, tasavvur va boshqa ruhiy jarayonlarini tekshirish so- hasida yangi, maxsus metodikalar, texnik vositalar yaratishga im- kon bermoqda. Shunday aniq o'lchash texnik vositalariga elektron taxistoskop, anamaloskop, proyeksiyali perimetr, elektroensefalograf va boshqalar kiradi. Shular tufayli bizning bu toifa bolalar ruhiyati haqidagi bilimlarimiz to‘la va aniq bo‘lishi mumkin. Ilmiy tadqi- qotning asosiy shartlaridan biri: ko'r va zaif ko'ruvchi bola o‘sib, tarbiyalangan ijtimoiy muhit bilan har tomonlama tanishish tad- qiqotchiga ko'p narsa beradi. Nuqsonli bolaning qanday sharoitda tarbiyalanayotgani, ota-ona va boshqalarning bolaga munosabati, oiladagi intellektual, madaniy va ma’naviy muhit bola ruhiy rivojla- nishida hal qiluvchi omillaridan hisoblanadi. Shu bilan birgalikda bolaning oila a’zolariga, sinfdoshlariga, pedagoglarga munosabat- larini aniqlash zarur. Ikkinchi shart: tadqiqotchi nuqsonli bolani o'rganishni rejalashtirishdan oldin o'zi uchun quyidagi savollarga javob berishi shart: 1. Nuqsonli bola ruhiyatining qaysi sohasini o'rganish lozim? 2. Ruhiyatning bu sohasini o'rganishdan maqsad nima, ya’ni nim ani aniqlamoqchiman? 3. Nuqsonli bola ruhiyatini va ayni ruhiyatning men tanlagan sohasini qaysi uslub bilan o'rganish eng qulay? 4. Uni o'tkazish tartibi va qoidalarini bilamanmi? 5. Rejalashtirilayotgan ilmiy-tadqiqotni qayerda (sinfda, alohida xonada, mehnat yoki o'yin jarayonida), qaysi vaqtda, qaysi sharoitda va qanday holatda o'tkazaman? Uchinchi shart: nuqsonli bola bilan olib boriladigan so'rov yoki anketa savollari, shuningdek, suhbat davomida beriladigan savol- lar har tomonlama puxta o'ylangan, nuqsonli bolaning shaxsiyatiga tegmaydigan, odob-axloq doirasida bo'lishi shart. Ba’zan o'rinsiz berilgan savol nuqsonli bola bilan munosabatni buzib qo'yishi mumkin. To'rtinchi shart: nuqsonli bolalarni sog'lom bolalar bilan taqqos- lab tekshirishning o'zi chiqarilgan ilmiy xulosaning xato bo'lishiga olib kelishi mumkin. Nuqsonli bolaning ruhiy rivojlanishini uning oldingi tekshirishlardagi olingan natijalar bilan taqqoslab xulo- sa chiqariladi. Ya’ni nuqsonli bolaning o'zini o'ziga taqqoslaniladi. 203 Beshinchi shart: nuqsonli bolaning individual, yosh va psixologik xususiyatlari hisobga olingan holda ilmiy tadqiqot o'tkaziladi va uning natijalari e’tiborga olinadi. Oltinchi shart: nuqsonli bolalarning o'ziga xos xususiyatlari ni hisobga olib (begona joydan va odamlardan hadiksirashlari va hokazolar) ilmiy-tadqiqot ishlari asosan tabiiy sharoitda o'tkaziladi (bog'cha, maktab va boshqa joylarda). Yettinchi shart: tiflopsixologiyada keng qo‘llanilayotgan metod- lardan biri — ilmiy-tadqiqot natijalarining miqdoriy ko'rsatkichlarini matematik-statistik qayta ishlash uslubi bo‘lib, o£tkazilgan tek- shirishlarning obyektivligini, haqqoniyligini, ishonchliligini, va- lidliligini ta’minlaydi. Statistik metod har xil ruhiy hodisalar va tadqiqot natijalari va ularning o'rtasidagi korreksiyani — bogliqlikni aniqlashga yordam beradi. Ammo, matematik-statistik hisoblash natijalariga ehtiyotkorlik bilan yondashish, bu uslub bilan olingan ma’lumotlarga haddan oshiq e’tibor berish xato xulosalar chiqarishimizga sabab bo'lishi mumkin. Shuningdek, har qanday katta yoki kichik ilmiy-tadqiqot o'tkazish jarayoniga bayonnoma yoziladi. Bayonnomada o'quvchi haqidagi hamma ma’lumotlar, vaqt, tekshirishda qo'llanilgan uslub- larning nomi keltiriladi. Ilmiy tadqiqot metodlari tadqiqotchining o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalariga qarab quyidagi turlarga bo'linadi: 1. Noeksperimental metodlarga kuzatuv, so'rov (anketa), suh- bat, o'quvchining faoliyat mahsulotlarini tahlil qilish kiradi. 1.1. Kuzatuv, ma’lum bir reja va tizim asosida o'tkazilib, tadqi- qotchidan kuzatilayotgan ruhiy jarayonga (hodisaga) odilona (obyektiv) yondashish talab qilinadi. Tadqiqotchi o'zi istagan nar sani «ko'rmasligi», balki haqiqiy ma’lumotlarni, xatti-harakatlarni qayd qilishi zarur. Kuzatuvning qo'shilgan holda va qo'shilmagan holda kuzatish usullari mavjud bo'lib, ilmiy adabiyotlarda kuzatuv turlari bayon etilgan. Keyingi vaqtlarda bolalarning o'zaro munosabatlarini, xulq-atvorini va boshqalarni kuzatishda Beylis metodidan keng foy- dalanilmoqda. 204 1.2. So‘rov (anketa). So‘rovdagi savollar ochiq va yopiq shakl- da berilishi m um kin. Ochiq savollarga javob o‘quvchining o‘z istagicha berilishi m um kin. Yopiq shakldagi so‘rovlarda javob tayyor holda (ha, yo‘q, ba’zan, bilmayman va boshqalar) berilgan b o iad i. 1.3. Suhbat. Bu metod tekshiruvchi uchun eng qulay uslub bolishi bilan birga, undan katta mohirlik ham talab qilinadi. Suh bat oldindan tuzilgan savollar yordamida o‘tkaziladi. Bolalarning xarakter xususiyatlari, xulq-atvor va uning motivlari, atrofdagilarga va o‘ziga munosabati, bahosi va boshqa juda ko‘p ma’lumotlar bi lan birga tarjimayi holga oid m a’lumotlarni ham to‘plash m um kin. Bolalar bilan o‘tkaziladigan suhbatning asosiy shartlaridan biri, muloqotni bolaga yoqimli yoki neytral savollardan boshlash zarurdir. Bunday boshlangan suhbat o‘zaro aloqani va munosabatni yaxshilaydi. Savollar bolaning yoshiga, individual va milliy xususi- yatlariga qarab tuziladi. Bolalarning tez charchab qolishini hisobga olib, 10—20, ba’zan 30—40 minutdan oshmasligi kerak. Suhbatni tinch, yakka holda o‘tkazish erkin muloqotni ta’minlaydi. Suhbat jarayonida axloqiy-etik shartlarga qat’iy rioya qilinadi. Masalan, o‘quvchining matematika o‘qituvchisiga munosabatini bilish uchun birinchidan «Sen matematika o'qituvchisini yoqtirasanmi?» deb so‘rash, odobsizlik boiadi. Ikkinchidan, o‘quvchilar bunday savolga odatda to‘g‘ri javob bermasligi mumkin. 1.4. Bolalarning faoliyat mahsulotlarining tahliliga bag'ishlangan. Rasmlar, har xil mahsulotlardan (plastilin, loy va boshqalardan) yasalgan narsalar, bolalar yasagan o‘yinchoqlari, eng muhimi o‘quvchilarning har xil fanlardan yozgan yozma ishlari, nazorat ishlarining tahlili kiradi. Noeksperimental m etodlar bilan ko‘r va zaif ko‘ruvchilar orasida ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish qulaydir. 2. Eksperimental metodlar. Eksperimental metodlar yordami da har xil ruhiy jarayon, hodisalarning rivojlanishini o‘zimiz ista- gan vaqtimizda takrorlashimiz, unga faol ravishda aralashishimiz, o‘zgartirishimiz mumkin. llmiy adabiyotlarda tabiiy va laboratoriya eksperimental xillariga ta ’rif berilgan. Keyingi vaqtlarda eksperi- mentni modellashdan keng foydalanilmoqda. Eksperiment u yoki 205 bu psixologik hodisa, vaziyat sun’iy yuzaga keltiriladi va shu vazi- yatda o'quvchi (o'quvchilarning) o'zini tutishi, munosabatlari, javob reaksiyasi kuzatiladi. Shuningdek, pedagogika va psixologiya fanida shakllantiruvchi metodlardan ham keng foydalaniladi. Shakllantiruvchi metodlar- ning samaradorligi shundaki, bola ruhiyatining rivojlanishini, ruhiy hodisalarning mohiyatini o‘rganish bilan shug‘ullanmasdan, balki eksperiment natijasida ta’lim-tarbiya berish ko‘zda tutiladi. 3. Diagnostik metodlar shaxs yoki jamoaning ruhiy va shaxsiy xususiyatlarini aniqlashda miqdoriy va sifat jihatdan aniq tasnif- lashga imkoniyat yaratganligi uchun psixologiya fanining hamma sohasida keng qo‘llanilmoqda. Asosan bular testlardir. «Test» ingliz tilidan olingan bo'lib, sinov, tajriba degan m a’noni bildiradi. Hozirgi amaliyotda bir necha mingdan oshiq testlar mavjud bo'lib, afsuski, ularning ko‘p qismi milliy xususiyatlar e’tiborga olinib o'zbek tiliga tarjima qilinmagan. Chet el, asosan g‘arb psixologiyasida testlar bi lan ishlash keng ommalashgandir. Testlar yordamida bolalarning aqliy rivojlanish darajasi (intellektual koeffitsienti), iqtidorlilik dara- jasi, ruhiy holati, shaxs xususiyatlari, o'ziga va boshqalarga bahosi, kasb qiziqishlari va kasbga yaroqliligi aniqlanadi. Yuqorida keltirilgan ko'pgina metodikalarni tiflopsixologi- yada, ko'r va zaif ko'ruvchi o'quvchi larni psixologik tekshirishda qo'llashning murakkab tomoni shundaki, o'quvchilar anketa va test savollarini o'zlari o'qishlari shart. Savollarni o'qib berish test nati- jalariga salbiy ta’sir etmaydimi, degan fikr mavjud. Tiflopsixologi- yada ilmiy-tadqiqot o'tkazish uchun yangi metodlar yaratish, mav jud metodlarni moslashtirish, takomillashtirish shu kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling