Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Ko‘rlik va zaif ko‘rishning kompensatsiyasi
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
Ko‘rlik va zaif ko‘rishning kompensatsiyasi
Ko‘zi ojiz bolalarning asosiy ko‘z kasalligi, ko'zning qo‘shimcha kasalliklarini tuzatish, qoplashga (korreksiya, kompensatsiya) qara- tilgan davolovchi xususiyatga ega bo‘lgan maxsus mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Bu mashg‘ulotlarni defektolog, tiflopedagog muta- xassislar olib boradilar. Maxsus maktab-internat o'quvchilari davlat ta ’minotidadirlar. Ko‘zi ojiz bolalar oliy asab faoliyatining xususiyatlari o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Ko‘zi ojizlik nasldan naslga o‘tish yo‘li bilan bolaning ona qornida, ya’ni embrion davrida onaning turli og'ir, yuqumli kasal- liklar (gripp, angina va b.) bilan kasallanishi oqibatida, bola hayoti davrida orttirilgan, ya’ni qizamiq, meningit, suvchechak va boshqa o‘tkir yuqumli kasalliklarga chalinishi oqibatida, turli tan jaro- hatlari sababli yuzaga keladi. Bu davrda o‘z-o‘zidan bolaning asab faoliyatidagi o‘zgarishlar bolishiga olib keladi. Ko‘rish ne’matidan mahrum bo‘lgan bola injiq, qaysar, qo'pol bo‘lishi mumkin. Ba’zi bolalarda ko‘rmaslik oqibatida boshni to‘xtovsiz chayqash, ko‘zni qo‘l bilan ushlab turish, gavdani beixtiyor tebratish, yuz muskul- 212 larini o‘ynatish, labni cho‘chchaytirish, turgan joyida sakrash va boshqa yoqimsiz odatlar yuzaga keladi. Albatta, bu odatlar barcha ko‘zi ojiz bolalarga xos deyish noto‘g‘ri, lekin to iiq ko‘zi ojiz bola- larda bu odatlar tez-tez yuzaga keladi, ko‘p holatlarda uchrab tura- di. Ko'zi ojizlik bolaning gavda muskullariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Gavdani bir tomonga olib yurishga harakat qilish, bukchayib yu- rish, yuzni bir tomonga o‘girib yurish, boshni osiltirib yoki orqa tomonga tashlab yurish, umurtqa pog‘onasining qiyshayishi va boshqa o‘zgarishlar kuzatiladi. Toiiq ko‘zi ojiz bolalarda q o i silki- tish, ko‘z olmasini qo‘l bilan ushlab turib gapirish, quloqni ding qilib turish kabi odatlar tez-tez uchrab turadi. Kattaroq yoshdagi bolalar o‘z harakatlarining ortiqchaligini tushunsalarda, bu ularga xalaqit bermasligini ta ’kidlaydilar. Chunki, bu odatlarning yuzaga kelishi ko‘zi ojiz bolaning asab faoliyati bilan bogiiqdir. Ko‘zi ojiz bolalarda eshitish sezgisi yaxshi rivojlangan boiadi. Bu analizator- lar bir-birlarining faoliyatlarini to‘ldirib turishi bilan izohlanadi. Ko‘rish analizatori o‘z faoliyatini to‘xtatganida hid bilish, eshi tish, teri sezgilari faoliyati kengroq rivojlanadi. Kam harakatlilik, hadiksirab harakatlanish, o‘ta ehtiyotkorlik bilan qadam bosish kabi holatlar kuzatiladi. Tug‘ma ko‘zi ojiz bolaga nisbatan, ort- tirilgan ko‘zi ojizlikka uchragan bolalarda bu odatlar, holatlar kam uchraydi. Bolaning tashqi muhitga moslashishida o‘zi yashayotgan muhitga shart-sharoitlarning ham ahamiyati beqiyosdir. Ba’zi bir ota-onalar bola uchun hamma ishlarni o‘zlari bajarishga harakat qiladilar. Ularni haddan ziyod ehtiyot qilishga urinadilar. Ko'zi ojiz bolaning mustaqil bo‘lishiga, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishi uchun qilgan harakatlari, intilishlarini so‘ndiradilar. Ota-ona bu harakat- lari bilan «bolaga yaxshilik qilyapman» deb o‘ylaydilar. Aslida esa, bu g‘amxo‘rlik ko‘zi ojiz bolaning imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Bunday bolalar maxsus maktab-internatga kelganlarida bolalar ja- moasiga o‘ta qiyinchilik bilan moslashadilar. 0 ‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko^nikma-malakalarining shakllanish jarayoni juda sust- lik bilan amalga oshadi. Kichik yoshdan boshlab mehnat kolnikm a-m alakalarini egal- lagan ko‘zi to‘liq ojiz bola esa bolalar jamoasiga osonroq mosla- shadi. 0 ‘quv-tarbiyaviy jarayonlarda o‘z imkoniyatlarini namoyon 213 qilishga harakat qila boshlaydi. Bolada o‘z kuchi, imkoniyatlariga ishonch paydo bo‘ladi. «Men bu ishni bajara olaman, bajarishim kerak» — degan tushuncha hosil bo'ladi. Ko'zi to‘liq ojiz bolada begona odamlarga nisbatan shubha hissi kuchli bo'ladi. Bu shub- halanish 9—11 yoshlardan boshlanib 12—14 yoshlarda kuchaya- di, 15—17 yoshgacha, ba’zan esa bundan ham ko‘proq yoshgacha davom etishi mumkin. Bu davrda bola o‘ta hadiksirovchan, saiga xafa bo4ib qoladigan, ko‘proq yolg'izlikka moyil, tortinchoq bo iib qoladi. Bolalarga xos bo'lgan o‘tish yoshida ular o‘z jismoniy kam- chiliklarini yanada chuqurroq his qiladilar, Ayrim ko‘zi ojiz bo- lalarda esa bu holatning aksi sodir bo‘ladi. lining axloqida salbiy o'zgarishlar yuz beradi. Sababsiz shovqin solish, keraksiz talablar qo‘yish, yig‘lashga moyillik, qo‘pollik holatlarini kuzatish mum- kin. Bularning hammasi ko'zi ojiz bolaning asab tizimi bilan bogiiqdir. Bolaning individual (yakka) xususiyatlarida o‘z aksini topadi. Tug‘ma ko'zi ojiz bolalarda ko‘rish nuqsonining qay dara- jada chuqurligi yoki ko‘z nurining saqlanganligi ham bola asab tizimiga o‘z ta ’sirini ko‘rsatadi. Ko'zi ojiz bolalarda bosh og‘rig‘i xuruji tez-tez yuz beradi, biror-bir faoliyatda tez charchab qolish, uyquning buzilishi holatlarini ham kuzatish mumkin. Sog'lom bo lalar tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar haqidagi bilimlarni eshi- tishga nisbatan 30 marta ko‘p ko‘rish analizatori orqali qabul qila dilar. To'liq ko‘zi ojiz bolalar esa bunday imkoniyatga ega emas. Ularda eshitish qobiliyati, taktil sezgilar yaxshi rivojlangan bo‘ladi. XIX asrda yashab o‘tgan ko‘zi ojiz yozuvchi Moris de Sizeran- ning ushbu ta ’rifi so'zlarimizga isbot bo‘la oladi, deb o‘ylaymiz. «Eshitish ko‘zi ojiz odam uchun hayot demakdir. Eshitish orqali ko‘zi ojiz odam ongida daraxt jonlanadi, tabiatning buyuk ovozi eshitiladi». M a’lumki, inson nutqi uning hissiy va aqliy kechinmalari bilan uzviy bogiiq. Har bir odam ovozi o‘zining takrorlanmas ohangi, nutqining tuzilishi, til boyligi, ma’lumoti, saviyasi bilan ajralib turadi. Ko‘zi ojiz bola odamlar nutqidagi nozik ohang, kayfiyatni, xarakter, tafakkur qilish xususiyatlarini tez ilg‘ab oladi. Shu sababli ham ko‘zi ojiz odamlar orasida musiqaga bo‘lgan qiziqish kuchli. Ko‘pIab buyuk musiqashunoslar shular orasidan yetishib chiqqan. 214 Ko‘z nurining pasayishi, zaifligi, bola diqqatining tarqoqligi, mah- suldorligi sifatiga ham o'z salbiy ta’sirini ko'rsatadi. Ko'zi ojiz bo- lada atrof-muhitdagi voqea-hodisalar, buyumlar haqida tushimcha, tasavvurlar hosil bo‘lishida jonli muloqotning ahamiyati nihoyatda katta. Maxsus maktabdagi ta ’lim-tarbiya jarayonida va atrofdagi katta kishilarning yordami bilan, turmush tajribasining ortishi tu- fayli ko'zi ojiz bolalarda fazo, vaqt, harakatni idrok qilish imkoniya- ti kengayadi. O'zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishga harakat qiladilar. Darslarda olgan nazariy bilim, ko‘nikm a va malakalarini amaliy faoliyatda sinab ko‘rish orqali ham ko'zi ojiz bolalarning idrok qilish faoliyati rivojlana boshlaydi, fikrlash qobiliyati o‘sa bo- radi. Ko'zi ojiz bolaning aqliy rivojlanishida turli mavzulardagi suh- batlar, savol-javoblar, fikr almashuvlar muhim rol o'ynaydi. Ko'zi ojiz bolaning dunyoni tushunishi, ko'rishida kitoblarning ahamiyati beqiyosdir. Kitoblar ko'zi ojiz bolani atrof-muhitdagi voqea-hodisa lar, odamlar, fan-texnika taraqqiyoti, madaniyati, san’at yangi- liklari, ijtimoiy, siyosiy bilimlarini kengaytiradi, ma’naviy dunyosini boyitadi. Tafakkur qilish uchun turli boy manbalarning mavjudligi, o'quv-tarbiyaviy ishlarning muntazam ravishda reja asosida olib borilishi ko'zi ojiz bola aqliy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bola hayoti davomida orttirilgan ko'zi ojizlik oqibatida bola og'ir ruhiy kechinmalarni boshidan kechiradi. O'z vaqtida berilgan yordam, korreksion ishlarni erta boshlash ko'zi ojiz bolaning ke- yingi hayotida samarali iz qoldiradi. Ma’lumki, inson organizmida bir analizatorning faoliyati to'xtaganida, ikkinchi bir analizator kompensatorlik vazifasini bajaradi. Bolalikdan tug'ma ko'zi ojiz bo lalar shunday hayot tarziga ko'nikib qoladilarki, agar biror kishi uning bu nuqsonini ta ’kidlagan taqdirdagina buni esga oladilar hamda ko'zi ojizligini biladilar. Aks holda bola o'zining nuqsoniga e’tibor bermaydi, uni eslamaydi ham. Chunki, ko'zi to iiq ojiz bola ko'rmaslikni o'zi uchun oddiy hoi deb tushunadi. O'z oldiga qo'yilgan vazifani amalga oshirish uchun duch kelgan qiyinchiliklarni yengib o'tishga harakat qiladi. Mehnat ko'nikma-malakalarini yaxshi egallab olishi ko'zi to iiq ojiz bola hayotini ancha yengillashtiradi. 215 Ko‘zi to‘liq ojiz bolalarni atrof-muhitda harakatlanish qoi- dalariga o‘rgatib borilmasa, ular bir joyda uzoq o‘tirib qolishga o'rganadilar. Natijada jismoniy jihatdan kuchsiz, tez charchab qo- ladigan, o‘z harakat imkoniyatlarini cheklaydigan bo‘lib qoladilar. Maxsus maktablarda ko‘zi to‘liq ojiz bolalar uchun atrof-muhitda harakatlanishga o‘rganib borish mashg'ulotlari olib boriladi. Bu o‘z navbatida ko‘zi tolliq ojiz bola hayotini ancha yengillashtiradi, o‘z- o‘ziga xizmat qilish imkoniyatini kengaytiradi va bolani hayotga moslashtiradi. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling