Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Sistemali nutq buzilishlarida shaxs xususiyatlari
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
Sistemali nutq buzilishlarida shaxs xususiyatlari
Alaliya — homiladorlik yoki bola nutqining ilk rivojlanish davrida bosh miya po‘stlogldagi nutq zonalarining organik jarohatlanishi natijasida nutqning rivojlanmay qolishi. Ko£p hollarda alalik bola- larni og’ir ko‘rinishlarida aqli zaiflik, zaif eshituvchi va ruhiy rivojla- 184 nishi orqada qolgan bolalar bilan almashtiriladi, bunda nutq bilan birgalikda idrok etish, diqqat, xotira bilan bir qatorda shaxslararo munosabatlar ham buziladi. Agar alalik bola o‘zgalarning nutqini tushuna olsa, atrofdagilar esa bolaning nima demoqchi bolganini tushunmaydilar va bola asabiylashadi. Alalik bolada nutqiy muloqot- ga ehtiyoj kuchli bo‘ladi. Motor alalik bolalar xulq-atvori o‘ziga xos xususiyatlarga ega: atrofdagilar bilan muloqotga kirishishda yaqqol namoyon bolgan qiyinchiliklar, notanish vaziyatlarda tez-tez tor- mozlanishlar, yangiliklarga salbiy munosabatda bo‘lishi; shuningdek, bola xarakterida patologik sifatlar, asabiylik, tez xafa bo'lishi; nutqiy faollikning yetarli darajada emasligi kuzatiladi. Bunday bolalar ko‘pchilik hollarda qiziquvchan, o‘quvli, ishchan bo‘ladilar. Biroq kichik yoshdagi bolalarda va yangi sharoitga (bola lar bog‘chasi, maktab) moslashishning dastlabki bosqichlarida xulq- atvori va hissiy-iroda sohalarida qiyinchiliklar kuzatilishi m umkin (bir joyda o‘tira olmaslik, qo‘zg‘aluvchanlik yoki uyatchanlik, tez tormozlanish, qaysarlik). Sensor alalik bolalar bilan muloqotga kirishish qiyin bo‘ladi. Xulq- atvori o‘ziga xos xususiyatga ega (qo‘zg‘aluvchan, xarakterlari impul- siv, o‘z nutqiga tanqidiy qaramaydilar, bilish darajasi past bo‘ladi). Sensor alalik bolalar hikoyani uzoq vaqt tinglay olmaydilar, mazmu- nini tushunmaganliklari uchun qiziqishlar tez yo‘qoladi va tinglamay qo‘yadilar. Bunday bolalarda o‘zgalar nutqini tushunishning yo'qligi natijasida o‘zlarining nutqlari ham buziladi. Sensor alalik bolalarda uzoq xavotirlanish, baqirish, sakrash, o‘ynash, taqillatish hollari ku zatiladi. Ayrim vaqtlarda bunday bolalar muloyim, uyatchan, o‘z kam- chiliklarini ma’lum darajada anglaydilar. Sensor alalik bolalar muloqot uchun imo-ishoralar, jestlar, mimikalardan foydalanadilar. Bunday bolalar musiqa tinglashni yoqtiradilar, musiqa ularni tinchlantiradi, baland ohangda gapirishlar, baqiriqlar bolaga salbiy ta’sir qiladi. Sensor alalik bolalarning ayrimlari maxsus og‘ir nutq kamchi liklariga ega bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim muassasalarida ta’lim oladilar. Afaziya — markaziy, organik turga oid og‘ir nutq buzilishlari qatoriga kiradi. Bu ko‘proq katta yoshdagi kishilardagi bosh miya qon aylanishining buzilishi oqibatida paydo bo‘ladi. 185 Afaziya (grekcha a — inkor etish, prasis — nutq) bosh miyaning jarohatlanishi natijasida ro‘y beradigan nutqning to ia yoki qisman yo‘qolishi. Afaziyaning kelib chiqish sabablari yana bosh miyada qon quyulishi, travmalar, shishlar, bosh miya infeksion kasalliklari boiishi mumkin. Bolalarda afaziya kamdan kam uchraydi. U ham bo‘lsa, bosh miya travmalari, shishlar yoki infeksion kasalliklar asoratida paydo boiadi. A.A. Luriya ko‘rsatishicha, bunday bemorlarda psixik faoliyat va bilish jarayonlari buzilgan boiadi. 0 ‘zgalar nutqini tushunish, og‘zaki va yozma nutq kamchiliklari, hisob malakalari buzilishi kuzatiladi. Insult yoki travmadan so'ng boshlang'ich davrda bemor- larning nutqi umuman tushunarsiz boiadi, chunki ularning nutqi ayrim tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘z birikmalaridan iborat boiadi. Bu kamchiliklar asosan ikki yo‘nalish, tibbiy yoki logopedik yo‘nalishlar asosida bartaraf etiladi. Lekin shu bilan birga bu davrda psixolog- ning faoliyati muhim rol o‘ynaydi. Chunki bu bemor o‘z nutqidan uyaladi, tushkunlikka tushadi, diqqat, xotira, mantiqiy tafakkur, idrok, hissiy iroda sohalarida kamchiliklar kuzatiladi. Psixolog bunday bemorlar bilan ko‘proq suhbatlar o‘tkazishi, treninglar, rag‘batlantirish ishlari olib borishi kerak. Savol va topshiriqlar 1. 0 ‘qish va yozuv kamchiliklariga ega boigan bolalarning shaxs va shaxslararo munosabat xususiyatlari. 2. Dizartriyada shaxs xususiyatlari. 3. Nutqning temp-ritm buzilishlarida shaxs xususiyatlari. 4. Sistemali nutq buzilishlarida shaxs xususiyatlari. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling