Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqning temp-ritm buzilishlarida shaxs xususiyatlari
Dizartriyada shaxs xususiyatlari
Nuqsonli bolalar o‘z nuqsonini qay darajada ekanligini anglash va uning oqibatlarini ko‘ra bilish darajasiga ko'ra intellekti va mo- torikasi qo‘pol buzilgan bolib, ular ko'proq o‘z nuqsonlaridan izti- rob chekadilar. Bolani o‘z kuchiga ishonchsizlik tuyg'usi va xulqidagi o‘zgarishlar ko'proq darajada bolaning nuqsoniga nisbatan ota-onalar va yaqin qarindoshlarming munosabatlariga bogliq. Ayrim oilalarda ota- onalar bolaning o'rniga barcha ishlarni bajarishga harakat qila- dilar va buning oqibatida bolalarda tobelik, boqimandalik hislari uyg‘onadi va ular o‘zgalar yordamisiz biror-bir faoliyatni bajara ol- maydilar. Bolalar serebral falaji asoratidagi dizartrik bola o‘z faoli yatiga ehtiyoj sezmaydi, atrofdagilarga nisbatan negativ munosabat- larda boladilar. Bolalar serebral falajida nutq nuqsonlarining darajalariga ko‘ra soglom tengdoshlari bilan muloqotga kirishishlari mumkin. Bunday bolalarni soglom aka-ukalari bilan muloqoti ularga ijobiy ta ’sir eta di. Bolalar serebral falaji nuqsoniga ega bolalar kamsitish, masxara qilishlarga juda ta’sirchan boladilar va bularning barchasi ularning xulqlarida salbiy aks etishi mumkin. Nutqning temp-ritm buzilishlarida shaxs xususiyatlari Odatda, kichik yoshdagi bolalar, agar duduqlanish juda kuchli bolm asa o‘z nuqsonlarini anglab yetmaydilar. Agar duduqlanish biror-bir hodisadan so‘ng to‘satdan yuz bersa, bunda bola bu holat va nutq muloqotining chegaralanishida qattiq ta’sirlanadi, tushkun- likka tushadi. Ayrim hollarda bola umuman gapirmay qo‘yadi, bu holatni biz mutizm deb ataymiz. Duduqlanuvchi bola o‘z nuqsonini anglagach, odamlardan uzoq- lashishga va nutqiy muloqotdan qochishga harakat qiladi. Duduqlanishni davolashda va ikkilamchi nuqsonni oldini olish- da atrofdagilarning munosabati katta rol o'ynaydi. Ota-onalar o‘z farzandlariga duduqlanishi paydo bolish davrida yordam berishlari 182 va uning nutqiy rivojlanishiga samarali ta ’sir etish hollari kamdan kam kuzatiladi. Ko‘p hollarda ota-onalar duduqlanuvchi farzand- lariga haddan ziyot e’tiborli bo‘ladilar. Ayrim ota-onalar duduq- lanishga katta ahamiyat bermay, boladagi nutq nuqsonini o‘zlari bartaraf etishga harakat qiladilar, masalan: bolaning nutqdagi xa- tolarini bolaga ko‘rsatadilar va to‘g‘ri nutqqa taqlid qilishni talab etadilar. Buning oqibatida bola o‘z nuqsonini yanada chuqurroq anglab yetadi. Bola to‘g‘ri gapirishga harakat qiladi. Bola qanchalik qiynalsa duduqlanish shuncha kuchayadi, ya’ni duduqlanuvchi bola o'zining diqqatini nutqiy nuqsonga qanchalik qaratsa, uning nutqi shunchalik yomonlashib boraveradi. Ayrim ota-onalar duduqlanuvchi farzandlari bilan xuddi bemorlar- ga boigandek munosabatda bo‘ladilar. Ular bolalarning ko‘ngillariga qaraydilar, hamdardlik bildiradilar. Bunda bolalarda nevroz rivojla nishi mumkin. Bola duduqlanish unga turli imtiyozliklar yaratganini tushunadi va bundan «unumli» foydalanishga harakat qiladi. Ayrim bolalar o‘z nuqsonlarini turli harakatlar bilan berkitishga harakat qiladilar, lekin bu usul bilan duduqlanishni bartaraf etish mumkin emas. Hatto nutqiy nuqson belgilari juda kam darajada namoyon bo‘lsa ham, ikkilamchi ruhiy buzilishlar ortib boradi. Duduqlanishni keltirib chiqaruvchi asosiy asab buzilishi — bu logofobiya. Logofobiya — nutqdan, muloqotdan qo‘rqish ma’nosini bildiradi. Logofobiya duduqlanuvchining barcha shaxs xususiyatlariga ta ’sir etadi va uning xulqida salbiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Logofobi ya bola ruhiyatiga shu darajada qattiq ta ’sir etadiki, hatto duduqla nish bartaraf etilgandan keyin ham o‘z asoratlarini qoldiradi. Bolalar jamoasida duduqlanuvchi bola tengdoshlari tomonidan masxara qilinadi, hatto ular bunday bolalarni o‘z jamoalaridan chetga chiqarib qo‘yadilar. Duduqlanuvchi bolalar maktabga kel- gach, ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlar va majburiyatlarining ortib borishiga moslasha olmaydilar. Ayrim hollarda maktab m a’muriyati, o‘qituvchilarning qattiqqo‘Higi tufayli duduqlanishi kuchayishi yoki «yashirincha» duduqlanish yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin. Duduqlanuvchi bolani o‘qituvchilar har doim ham tushun- maydi va ularni bir-biriga bo‘lgan munosabatlari duduqlanuvchi 183 va sinfdoshlari o‘rtasidagi munosabatga ham salbiy ta’sir etadi. Duduqlanuvchi bunday vaziyatlarga turlicha munosabatda bo‘ladi. Ko‘p hollarda bolalar bilimlari nuqsonlari hisobiga noto‘g‘ri ba- holanishi va shunga o‘xshash sabablarga ko‘ra o‘qishga boigan qiziqishlarini yo‘qotadilar. Ular maktabni yomon ko‘rib qoladilar, darslardan qochadilar, sinf jamoa hayotidan chetda qoladilar, xul- qida qo‘shimcha kamchiliklar kuzatiladi. Ayrim duduqlanuvchi o‘quvchilar darsni bilmasliklarini nutqiy nuqsondan foydalanib berkitishga harakat qiladilar. Agar o‘qituvchi bolaning nutqiy nuqsoni haqida tushunchaga ega bolsa, unda bo laning javobini shoshirmasdan kutib turadi, duduqlanish holati o lib ketgandan so'ng u o‘z fikrini bayon etishga va bilimlarini namoyon etishga imkon yaratadi. Agar o'qituvchi bola nuqsoni haqida tu shunchaga ega bolm asa, uning jim turishini darsni tayyorlamagan- lik deb tushunib, uni noto‘g‘ri baholashi mumkin. Duduqlanuv chi bolalarda kek saqlash, xafsirash, gumonsirash, o‘zgarishlarga ishonchsizlik kabi shaxs xususiyatlarining kamchiliklari va psixomo- torikasida buzilishlar kuzatiladi. Duduqlanishning giperstenik shak- lidagi bolalarda asabiylashishning kuchayishi, qo‘zg‘aluvchanlik, xulqida giperfaollik kuzatiladi. Nevrosteniyaning gipostenik shakliga ega duduqlanuvchi bolalar umumiy holsizlik, ish qobiliyatining sustlashganligi va logofobiyalar bilan ta ’riflanadi. Taxilaliyali bolalar odatda o‘z nuqsonlarini anglab yetadilar, shuningdek, ularning nutqiy muloqotga kirishish imkoniyatlari cheklangan boiadi. Bunday bolalarga atrofdagilarning munosa- batlari turlichadir. Ko‘p hollarda taxilaliyali bolalar o‘z tengdosh lari tomonidan kamsitiladilar. Ota-onalarning haddan tashqari qayg‘urishlari va nutqiga nisbatan talablari taxilaliyali bolalarning xulqidagi salbiy o‘zgarishlarga sabab bolishi mumkin. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling