Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/105
Sana09.10.2023
Hajmi6.98 Mb.
#1696246
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Savol va topshiriqlar
1. Nutq kamchiligi bo‘lgan bolalar idrok xususiyatlarini yori- 
ting.
2. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarning diqqat xususiyatlarini 
ochib bering.
3. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarning xotira xususiyatlarini 
yoriting.
4. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar tasavvur xususiyatlarini 
ochib bering.
5. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar tafakkur xususiyatlarini 
yoriting.
180


X bob. N U T Q KAM CHILIGI B O ‘LGAN BOLALARNING 
SH A X SI VA SHAXSLARARO M UNOSABAT 
XUSUSIYATLARI
Nutq nuqsoniga ega guruh bolalarida hissiy-iroda sohalarida 
ham kamchiliklar kuzatiladi. Ayrim bolalarda hissiy-iroda sohasi- 
dagi kamchiliklar ruhiyatini yemirishi, tormozlanganlik, qo‘rquv, 
kayfiyatining tez-tez o‘zgarishi kabi holatlarni keltirib chiqarishi 
mumkin bo‘lsa, ayrim bolalarda qo‘zg‘aluvchanlikning ortishi, asa- 
biylashganlik, yig‘loqilik, atrofdagi odamlarga va muhitga nisbatan 
norozilik xislatiarida aks etishiga sabab bo‘lsa, yana boshqa bolalar­
da atrofdagi voqea-hodisalarga va odamlarga befarqlik, irodasizlik 
kabi xislatlar keltirib chiqaradi.
0 ‘qish va yozuv kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalarning shaxs va 
shaxslararo munosabat xususiyatlari 
Ko‘pchilik tadqiqot ishlari o‘qish va yozuv kamchiliklarini xulq- 
atvor me’yorlari bilan bog‘liqligini alohida qayd etadi. Bu bog‘liqlik 
bola maktabga borgandan so‘ng, ya’ni o‘zi bajara olmaydigan vazi- 
falarga duch kelgandan so'ng ko‘zga tashlanadi.
Ko‘pchilik o‘qituvchilar o‘qish va yozuv kamchiliklariga ega bo ­
lalarning ish qobiliyatining sustligi, diqqatining tarqoqligi, darsda 
o‘tira olmasligidan shikoyat qiladilar.
Bir necha farzandlari bor ota-onalar o‘qish va yozuv kamchi­
liklariga ega farzandlarini boshqalari bilan solishtirib, ularga nisba­
tan qo‘pol munosabatlarda bo‘ladilar, bu esa bolalarning xarakteri- 
ga, shaxs sifatlarining shakllanish jarayoniga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi. 
Shuningdek, ko‘p ota-onalar farzandlarining bunday kamchilikla- 
rida o'qituvchilarni ayblaydilar. 0 ‘qituvchilar esa o‘z navbatida bun­
day kamchiliklarni ota-onalarning bolalar o‘qishlariga nisbatan be- 
farqligi, deb qaraydilar. Natijada bola sekin-asta maktab talablarini 
bajarmaydi, darslarni qoldiradi va unda salbiy xulq-atvor shaklla­
nadi. Agar o‘qish va yozuv kamchiliklariga ega bolalar maktabni 
tashlab ketsalar, ular o‘z xohishlari bilan hech qachon kitob muto- 
laa qilmaydilar va bu holat salbiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Agar 
o‘quvchi kitob kam o‘qisa, uning rivojlanishi, lug‘atining boyishi va 
mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari cheklanadi.
181


0 ‘qish va yozuv kamchiliklariga ega bolalarning ichki nutqi sust 
rivojlanadi, bu esa tafakkurning zaiflashuviga olib keladi.

Download 6.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling