Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Nutqida kamchiligi boigan bolalar tafakkuri


Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/105
Sana09.10.2023
Hajmi6.98 Mb.
#1696246
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

9.5. Nutqida kamchiligi boigan bolalar tafakkuri
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shakli bolib, insonga 
atrof borliqni bilish quroli sifatida xizmat qiladi. Tafakkur inson 
amaliy faoliyati vujudga kelishining asosiy shartidir. Tafakkur nutq 
bilan chambarchas bogliq. Nutq bolm asa, til vositalari bolm asa, 
inson fikr qilolmaydi. Tafakkur bolm asa, nutq, tilning ham bolishi 
mumkin emas. Bular o‘zaro bogliq kategoriyalardir. Tafakkur bu 
bilish jarayonidir. Bosh miyaning bilish jarayonlarini ta ’minlaydigan 
markazlarining shikastlanishi tafakkur jarayonlariga salbiy ta’sir 
ko'rsatadi. Bu esa, o‘z navbatida, nutqqa ta’sir ko‘rsatmay qolmay- 
di.
Nutq buzilishlarini o‘rganishda va tuzatishda logopediya va 
logopsixologiya fanlari nutq va fikrning o‘zaro bogliqligi konsepsi- 
yasiga, bolaning rivojlanishidagi umumiy va maxsus qonuniyatlar- 
ning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi nazariy qoidalarga, nutq va 
faoliyatning hamkorlikda rivojlanishi haqidagi, ichki hamda tashqi 
omillarning o‘zaro ta’siri haqidagi, ruhiy rivojlanishning harakat- 
lantiruvchi kuchlari haqidagi nazariyalarga tayanadi.
XX asrning boshlaridayoq bosh miyada «alohida nutq markaz- 
lari» mavjud va nutq funksiyasi mana shu markazlarda lokallashgan
176


degan nuqtayi nazar keng tarqalgan edi. Rus olimi I.R Pavlov bu 
qarashga yangi yo‘nalish berdi. U bosh miya qobig‘ining nutq funk- 
siyalari lokalizatsiyasi murakkab bo lib qolmay, balki o‘zgaruvchan 
xususiyatga ega ekanligini ham isbotlab berdi va uni «dinamik loka- 
lizatsiya» deb atadi.
I.P. Pavlov ta’limotiga muvofiq nutq bosh miyaning murakkab 
psixofiziologik funksiyasini, uning ikkinchi signal sistemasini o‘zida 
namoyon etadi. Bu esa signallarning signali sanaladi. Birinchi va 
ikkinchi signal tizimlari bir-biri bilan uzviy boglangandir. Ikkinchi 
signal tizimi birinchi tizim asosida shakllanadi. Ammo keyincha- 
lik 2-signal tizimining 1-signal tizim ini tartibga soluvchi ta ’siri 
namoyon boiadi. So‘z alohida xususiyatning signali, umumlashti- 
rish, mavhumlashtirish qurolidir. 1- va 2-signal tizimlari orasidagi 
o‘zaro murakkab aloqalarni hisobga olish nutq buzilishini tuzatish, 
buzilgan nutq va nutqsiz funksiyalarning o‘rnini bosish ustida sa- 
marali logopedik ish olib borish uchun imkoniyat yaratadi.
Hozirgi vaqtda P.K. Anoxin, A.N. Leontev, A.R. Luriya va boshqa 
rus olimlarining olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, har qanday psixik 
funksiyalarning asosi alohida markazlarda bolm ay, balki markaziy 
asab sistemasining turli joylarida joylashgan murakkab funksiyalar 
tizimi hisoblanadi.
Nutq rivojlanishi jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, 
tafakkur qobiliyatlari shakllanadi. So‘zning ahamiyati o‘z-o‘zidan 
umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu munosabat bilan o‘zida na- 
faqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon qiladi. 
Ular aynan o‘xshash emas va m a’lum darajada bir-biriga bogliq 
bolm agan holda paydo boiadi. Lekin bolaning ruhiy rivojlanishi 
jarayonida murakkab, sifat jihatdan yangi birlik, nutqiy tafakkur, 
nutqiy fikrlash faoliyati paydo boiadi. Nutqiy muomala qobiliyatini 
o‘zlashtirish o‘ziga xos insoniy ijtimoiy aloqalar uchun zamin hozir- 
laydi. U tufayli bolaning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari shaklla­
nadi va oydinlashadi, uni aks ettirish shakllari takomillashadi.
Shuning uchun nutq buzilishiga ega boigan shaxslarning tafak­
kur xususiyatlari muammosi logopsixologiya va neyropsixologiya 
fanlarining muhim muammolaridan biridir. Nutq va tafakkurning 
chambarchas o‘zaro bogliqligini tushunish uchun bolalar psixik
177


funksiyalarining rivojlanishi va buzilishining ichki qonuniyatlarini 
e’tiborga olish kerak.
Rus olimlari (L.S.Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N.Leontev 
va b.) tomonidan tafakkurning psixik strukturasi masalasi har to ­
monlama ishltfb chiqilgan. Umum qabul qilingan tasnifga ko‘ra bi­
lish faoliyatining uchta asosiy shakli mavjud: ko‘rgazmali-amaliy, 
ko‘rgazmali-obrazli va verbal-mantiqiy (nutqiy) tafakkur.
Tafakkur sensor alaliya va afaziyaning barcha turlarida miya­
ning organik buzilishlari natijasida tafakkur qo‘pol buzilgan bo‘ladi. 
Boshqa nutq nuqsonlarida esa (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish) 
tafakkur buzilishi logopsixologiyada chuqur o‘rganilmagan va tax- 
minimizga ko‘ra bu nuqsonlarda tafakkurning qo‘pol buzilishlari 
kuzatilmaydi, lekin o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Afaziyaning turli shakllarida bemorlarning nutq-tafakkur faoli- 
yatida umuman olganda buzilishlar kuzatilmaydi, balki bu faoliyat­
ning ayrim bo‘yinlari buzilgan bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, 
miya katta yarim sharlaridagi turli bo‘Iimlarning shikastlanishi 
so'zlar ma’nolarini farqlashda muammolar keltirib chiqaradi. Bunda 
so‘zlarning analitik-sintetik tahlili buzilgan bo‘ladi. Sensor alalik 
va sensor afazik bolada tovushlarning sintetik-analitik tahlili buzil- 
gani sababli u o‘zgalarning nutqini tushunmaydi. U ko‘p bo‘g‘inli 
so‘zlarni idrok eta olmaydi, fonetik jihatdan yaqin so‘zlarning 
ma’nolarini farqlamaydi (masalan, sim-shim, uka-ukki).
V.A. Kovshikov, Y.A. Elkin motor alalik bolalarning tafakkurini 
tadqiq qilar ekanlar, bir nechta tushunchalarni ajratib ko‘rsatdilar: 
bilim — borliqni bilishda o‘tgan zamon tajribasi natijalarida shakl- 
langan va fikrlash operatsiyalari uchun manba bo‘lib xizmat qiladi- 
gan obrazlar, tasavvurlar, tushunchalar majmuyi; psixik faoliyatning 
o‘z-o‘zini tashkil qilishi — bilish faoliyatini va uni boshqarishni 
faollashtirishga qaratilgan yaxlitlik bo‘lib, tafakkur jarayonining ke- 
chishi va muammoli vaziyatlarni hal qilib berishi uchun kerakli 
sharoit yaratib beradi; shaxsiy tafakkur - muammoli vaziyatlarni 
hal qilishga yo‘naltirilgan jarayon.
Nutq kamchiliklariga (duduqlanish, dizartriya, rinolaliya, ala­
liya, afaziya va h.k.) ega bolalarda bilish jarayonining kamchiliklari 
tafakkur jarayoni va natijalariga va o‘z-o‘zini boshqarishning buzi-
178


lishiga ko‘proq ta ’sir qiladi. Ularda atrofdagilar to‘g‘risida yetarli 
hajmda m a’lumotlar bo‘lmaydi, borliqdagi predmetlarning xususi­
yatlari va funksiyalari haqida noto‘g‘ri tasavvurlar, hodisalarning 
sabab-oqibat aloqalarini o‘rnatishda qiyinchiliklar tug‘iladi. 0 ‘z- 
o‘zini boshqarishning buzilishiga hissiyot-iroda doirasidagi kam­
chiliklar sabab bo‘ladi. Bolalar, odatda, o‘zlariga taklif qilingan 
muammoli vaziyatga uzoq vaqt kirisholmaydilar, yoki, aksincha
vazifani bajarishga juda tez kirishib ketadilar, lekin bunda vazi- 
faning ham m a jihatlarini hisobga olmasliklari tufayli, uni to‘g‘ri 
baholay olmaydilar va to'liq bajarishga qiynaladilar. Ayrim bolalar 
esa vazifani bajarishga tez kirishadilar, lekin unga qiziqishlari xuddi 
shunday tez yo‘qoladi, hatto vazifa to‘g‘ri bajarilayotgan bo‘lsa ham, 
ishni tugatmasdan uni bajarishdan bosh tortadilar. Bunda nutqi 
rivojlanmagan bolalar fikrlash operatsiyalarini to‘g‘ri bajara ola- 
dilar, lekin ularda psixik jarayonlarning (xotira, diqqat, tasavvur, 
tafakkur) rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgani sababli 
fikrlash operatsiyalari to‘liq amalga oshmay qoladi (V.A. Kovshikov, 
Y.A. Elkin).
Nutqi rivojlanmagan bolalarda aniq obrazli fikrlashning kamchi­
liklari faqat ikkilamchi emas, balki birlamchi xarakterga ega bo‘lishi 
mumkin. Bu holat bosh miya po‘stlog‘i tepa qismining jarohatlan- 
ganligi bilan bog‘liq. Og‘ir nutq nuqsoniga ega bolalarda ko‘pchilik 
hollarda nutqning rivojlanmaganligi aniq-obrazli fikrlashning 
shakllanmaganligi bilan bog‘liq bo‘ladi (T.A. Fotekova, 1993). Nutqi 
to‘liq rivojlanmagan ko‘pchilik bolalar uchun fikrlashning sustligi 
xos bo‘ladi (L.I.Belyakova, Y.F.Gargusha, O.N. Usanova, E .L .Fi- 
geredo).
Muammoli bolalar tafakkur rivojlanishi orqada qolish bilan tas- 
niflanadi. A.R. Luriya, L.S. Svetkova, I.T.Vlasenko o‘z tadqiqot- 
larida so‘z-mantiq tafakkur buzilishi mexanizmlari muammolarini 
yoritib berdilar.
So‘z-mantiq tafakkur nutq vositasida amalga oshiriladi. A.N. Le- 
ontev ta’kidlashicha, so‘z ma’nolarida predmet dunyosi, xossalari, 
aloqalari, munosabatlari o‘zining moddiy ifodasini topgan. L.S. Vi­
gotskiy bu bogliqlikni tafakkur va nutq birligi deb atagan. Tushun- 
cha tafakkur jarayonida vujudga keladi.
179


Tafakkur qanchalik to‘liq rivojlangan bolsa, so‘z ma’nosi 
shunchalik to‘liq bo‘ladi, ya’ni tafakkur jarayonlari, so‘z m a’nosi 
ortida turib, shaxsiy fikrlash darajasida kechadigan analiz va sintez 
bilan bog‘langan.
Nutq bilan tafakkurning birligini l.P.Pavlovning ikkinchi signal 
sistemasi to‘g‘risidagi ta’limoti ham isbotlab beradi, ikkinchi signal 
sisiemasi birinchi signal sistemasi bilan bir-biriga ta’sir qilgan holda 
nutqning ham, tafakkurning ham nerv-fiziologik negizini tashkil 
qiladi.

Download 6.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling