Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/105
Sana09.10.2023
Hajmi6.98 Mb.
#1696246
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Savol va topshiriqlar
1. M.M.Kolsova, Y.l.Isenina, L.F.Fom ina olib borgan ilmiy- 
tadqiqotlarini tavsiflab bering.
2. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarning mayda qo‘l motorika­
si xususiyatlarini ochib bering.
3. Qo‘l barmoqlarining nozik harakatlanishini takomillashtirish 
yo‘llari.
189


IV bo‘Iim. TIFLOPSIXOLOGIYA
XII bob. TIFLOPSIXOLOGIYA FANINING U M U M IY  
MASALALARI
12.1. Tiflopsixologiya fanining predmeti, maqsadi, 
vazifalari va metodlari
Ko'rishida nuqsoni boigan shaxsni, uning faolligi, ishchan- 
lik qobiliyatini shakllantirish juda murakkab jarayon bo‘lib, hosil 
bo£ladigan individual psixologik tizim turi, shakli va sifatini bel- 
gilaydigan ham ichki, ham tashqi xarakterdagi katta miqdordagi 
turlicha ta’sirlar, ularning murakkab hamkorligiga bogiiq. Uning 
shakllanishiga ta’sir etish uchun ko‘rish buzilganda yuzaga kela- 
digan psixik tuzilmalarning xususiyatlarini hisobga olish zarur. 
Psixik jarayonlar qanchalik ko‘p va nozik farqlansa (differensiatsi- 
yalansa) va ularning kechish tushunarli boisa, bola ma’naviyati va 
psixik rivojlanishi, shuningdek, uning xulqi darajasi shuncha yuqori 
boiadi, qolaversa, shaxsning shakllanishi tashqi olam ta’siri bola­
ning ichki holatiga adekvatligiga bogiiq. Agar bu o‘rab turgan olam 
psixik rivojlanish va qobiliyatlarni kengaytirish shartlariga muvofiq 
kelmasa, bolaning genetik strukturasida berilgan xossalar rivojlana, 
namoyon b o ia va kengaya olmaydi.
Hech shubha yo‘qki, keyingi yillarda ko'rishda nuqsoni boigan 
bolalar rivojlanishining, bolaning bilish sohasi va shaxsi shaklla­
nishiga ta’sir o£tkazadigan, ichki biologik, tug£ma va nasliy sharoit- 
lari o‘zgardi. Biroq ko£rish patologiyasi bo‘lgan bolalarda aksele- 
ratsiya va ko£rish analizatorining konstitutsional xususiyatlar fonida 
psixik rivojlanish xususiyatlarming yuzaga kelishi ko£p jihatdan 
mamlakatdagi tarixiy va ijtimoiy vaziyat hamda ko£rishda nuqsoni 
boigan bolalar taiim -tarbiyasi, reabilitatsiya tizimi bilan belgila­
nadi.
Bola psixikasi va u yashayotgan olamni, uning ko£p qirrali va 
rang-barang bogiiqliklari va ta’sirlari bilan tushunish, tanib olish 
va to la baholash juda qiyin. Pedagogning kasbi aynan shundan ibo- 
ratki, u rivojlanishning har bir aylanasida tarbiyalanuvchini o£zi
190


uchun yangidan kashf qiladi, unga ijobiy ta’sir muammolariga, ay­
niqsa muvaffaqiyatsizlik vaziyatida duch keladi. 0 ‘qituvchi hamma 
vaqt go'yo uning bola xulqining asoslari haqidagi ratsional va faqat 
qisman to'g'ri bo'lgan tasavvurlari asosiga qurilgan sa’y-harakatlari 
va ta ’sir metodlari bir vaziyatda muvaffaqiyat keltirmaydigan va 
boshqasida bola bilan kontakt (aloqa)ni topishga yordam beradigan 
chegarada turadi.
Maxsus psixologiyaning ko'rishda nuqsoni bo'lgan shaxslarning 
psixik rivojlanishini o'rganadigan bo'lim i «tiflopsixologiya» nomi 
grekcha «tiphlos» — ko'r so'zidan olingan va mazmuni dastlab 
faqat ko'zi ojizlar psixologiyasidan iborat bo'lgan. Hozirgi kunda 
tiflopsixologiyaning o'rganish obyekti nafaqat ko'zi ojizlar, balki 
ko'rishda chuqur nuqsonlari bo'lgan shaxslar hamdir.
Tiflopsixologiya ko'rishda nuqsoni bo'lgan shaxslar rivojlanishi- 
ning qonuniyat va xususiyatlarini, ko'rish analizatori faoliyatining 
buzilishi, bu nuqsonning psixik rivojlanishga ta’siri bilan bog'liq 
bo'lgan axborot kamomadini to'ldirishni kompensator jarayonlar­
ning shakllanishi; ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalar rivojlanishi- 
ning yoshga oid jihatlarini o'rganadi.
Ko'rishda nuqsoni bo'lgan shaxslarning izolatsiyalangan faoli­
yat sohalari tobora qisqarib borayotgani va zamonaviy jamiyatda 
faoliyatning turli shakllari o'rtasida aloqalarning kengayishi, ular­
ning dunyo hamjamiyati faollik tizimiga kiritilishi tiflopsixologiya 
predmetini kengaytirishni, alohida shaxs va uning xususiyatlarini 
o'rganish bilan cheklanmasdan, uning oiladagi aloqalari va o'zaro 
munosabatlari, jamiyat, muayyan shaxslar va tashkilotlar tomoni- 
dan ko'zi ojizlarga munosabatni ham kiritishni talab etmoqda. Tif­
lopsixologiyaning fan sifatida ajralishi va rivojlanishi ko'zi ojizlarni 
maxsus maktablarda o'qitishni tashkil etish bilan bog'liq. Birinchi 
maktab Parijda Valentin Gayui tomonidan 1784-yilda ochilgan. 
Ko'zi ojizlar psixologiyasi tahlili esa birinchi marta fransuz psi- 
xologiyasida moddiyunchilik (materialistik) oqimining asoschisi 
Deni Didroning «Ko'radiganlarga nasihat tarzidagi ko'zi ojizlar 
haqida xat» asarida amalga oshirilgan.
Ilmiy 
psixologiyaning 
shakllanishi 
T.Geller, 
M.Kuns, 
K. Byurklen, P.Villey, A.A. Krogius, V.S.Sverlov, M.I.Zemsova,
191


Y.A. Kulagin, A.G.Litvak, N.Barrag, T.Cutsforth, M .Gottesman, 
Y. Hatwell, M.Tobin va boshqalarning ishlari bilan bog‘liq. Biroq 
qator mualliflar, ayniqsa ko‘zi ojizlar (P.Villey, F.I.Shoyev), ham 
ko‘radiganlar uchun xos bo‘lgan umumiy psixologik qonuniyatlarga 
asoslangan holda, tiflopsixologiya mavjudligini inkor etib keladi. 
Keyingi vaqtda pedagogika va psixologiya, sotsiologiya va ko‘zi ojiz­
lar hayoti, faoliyatini o'rganishni maqsad qilgan boshqa fanlarni 
birlashtirgan yangi «tiflologiya» tushunchasi iste’molga kiritildi.
Dunyo adabiyotlarida hanuzgacha ko‘zi ojizlar psixologiya- 
si me’yorda ko‘radiganlar rivojlanishiga qanchalik yaqinligi, yoki 
qanchalik o‘ziga xosligiga nisbatan ikki xil nuqtayi nazar mavjud
bu esa psixik rivojlanishning o‘z standartini yaratishni talab etadiki, 
har bir ko'zi ojizning rivojlanishi unga tenglashtirilgan.
Bu ikki nuqtayi nazar butunlay ko‘r yoki zaif ko‘ruvchi bo- 
laga yondashuv bilan farq qiladi. Oxirgisi psixik rivojlanishda 
boshlang‘ich deb ko‘rish nuqsonini, uning funksional ahamiyati va 
rivojlanishiga ta’sirini tan oladi, bu muqarrar ravishda bolalarda po- 
lisensorik qayta qurish imkoniyatlarini kamsitishga olib keladi. Bu 
olimlar ongli yoki anglashilmagan holda rivojlanishning o‘ziga xos, 
odatda, ko‘radiganlarning rivojlanish darajasidan past darajasi psi­
xologik standarti nuqtayi nazarini yoqlavdi (Xayes, 1953; Tillmen, 
1967; Uilz, 1970 va b.).
Ko‘zi ojiz bolalarning psixik rivojlanish dinamikasini kuzatgan 
olimlarning birinchi guruhi (T. Katsfors, 1951; Gomulitskiy, 1961; 
Maksfild, 1936; V.Uilyams, 1968; M.Tobin, 1972; V.M. Kogan, 
A.G. Litvak, M.l. Zemsova, L.I. Solnseva) ishonch hosil qildiki, ko'zi 
ojiz va ko‘radigan bolalarning ilk yoshdagi umumiy psixik maqomi 
o‘rtasidagi sezilarli tafovutlar ko'rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 
psixik rivojlanishi yaxshilanishi natijasida asta-sekin barham topa- 
di. M. Tobin (1972), masalan, har bir yosh guruhida ko‘rishda nuq­
soni bo‘lgan bolalarning eng yaxshisi o‘zining psixik rivojlanishida 
ko‘radigan bolalardan o‘zib ketishi mumkinligini ko‘rsatib o‘tgan. 
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan va ko‘radigan bolalarning rivojlanishini 
yaqinlashtirish pozitsiyasi bugungi kunga kelib mustahkamlandi, 
bunga ko‘rish nuqsonini kompensatsiyalash va korreksiyalash naza­
riyasi va amaliyoti ko'maklashdi.
192


A.I.Skrcbilskiy (1903), A .M .Shcherbina (1916) ko‘zi ojizlar­
ning bilish Isioliyatida o'ziga xosliklar mavjudligini ta ’kidlagan. 
Ko'zi oji/lar psixikasida o‘ziga xosliklarni ortiqcha baholash oqi­
batida F. Sex (1913) alohida, ko‘radiganlarnikidan farq qiladi- 
gan «ko'zi ojizlar tilini» yaratish zarurligi haqidagi fikrga keldi, 
K.Byurklen esa (1924) ko'zi ojizlarning izolatsiyalangan hayoti 
natijasida odam larning alohida tipi yuzaga kelishi haqida xulosa 
chiqargan.
Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarda psixik jarayonlar xususi­
yatlari turg'undir. L.S.Vigotskiyning anomal rivojlanishning mu­
rakkab strukturasi haqidagi g'oyasi Rossiya defektologiya va tif- 
lopedagogikasida, jum ladan, R.M.Boskis (1963); I.M. Solovyov 
(1956); M .l.Zemsova (1956); V.S.Sverlov (1949) va boshqalarning 
ishlarida rivojlantirildi. Bu ko'p jihatdan keyingi yillarda butun 
dunyoda kuzatilayotgan ko'rishda nuqsoni bo'lgan shaxslar tarki- 
bining o'zgarishi bilan bog'liq.

Download 6.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling