Ta’lim muassasasida shaxslararo munosabatlarning namoyon bo‘lishi va turlari


Download 19.44 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi19.44 Kb.
#1249777
Bog'liq
Махмудов Ю.


TA’LIM MUASSASASIDA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING NAMOYON BO‘LISHI VA TURLARI
Zamonaviy pedagogik yondashuvlarda shaxslararo munosabatlar o‘quv jarayonining samaradorligini ta’minlovchi asosiy omil sifatida baholanadi. Hamkorlik esa shaxslararo munosabatlarning namoyon bo‘lishini ta’minlovchi, insonparvarolikka asoslangan faoliyat bo‘lib, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar, o‘quvchilar bilan o‘quvchilarning birgalikdagi harakatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Shaxslararo munosabatlarda tomonlar bir-birini tushunish orqali ma’naviy olamini his etishga erishadi. Shu bilan bir qatorda o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorlikka asoslangan faoliyatning amalga oshishini jamoa bo‘lib tahlil qiladilar.
Masalan, texnologiya darslarida o’quvchilarni kasbga yo’naltirish muayyan ob’ektlarning loyihasin yaratish, konstruksiyalash mashg‘ulotlarida o‘quvchilar bevosita shaxslararo qadriyatli munosabatlarga asoslangan hamkorlikdagi faoliyatga kirishadilar. Ular g‘oyalarni hamkorlikda muhokama qiladilar, aniq yechimlarga keladilar, bir-birlarining ishlarini baholashga muvaffaq bo‘ladilar.
shaxslararo munosabatlarning o‘quvchilarni faollikka undashi. Bu ko‘rsatgich o‘quv faoliyatini amalga oshirish jarayonida hamkorlikka kirishuvchi tomonlarning o‘ziga xos jihatlarini namoyon qilishini anglatadi. Agar o‘quv materiallari qanchalik murakkab bo‘lsa o‘quvchilardagi faollik turli shakllarda namoyon bo‘ladi;
shaxslararo munosabatlarning tizimli xarakterga egaligi. Bunda o‘quvchilarning barcha aloqalar va munosabatlar jarayonida izchil tarzda munosabatga kirishishlari anglashiladi. Shu bilan bir qatorda tizimlilik shaxslararo munosabatlarning asosiy belgisi hisoblanadi;
shaxslararo munosabatlarning bir-birini anglashga qaratilganligi. Bunday munosabat hamkorlik va muloqot jarayonida namoyon bo‘ladi va o‘quvchilararo hamda ta’lim jarayoni sub’ektlariaro amlga oshadi;
shaxslararo munosabatlarning maqsadga yo‘nalganligi. Shaxslararo munosabatlarning ushbu yo‘nalishi o‘quvchilararo munosabatning asosiy ko‘rinishi bo‘lib, dolzarb mavzudagi muloqotlarni amalga oshirishda o‘z ifodasini topadi.
O‘quvchilarda shaxslararo munosabatlarga kirishish ko‘nikmasining shakllanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ular:

  • har bir o‘quvchi ijodiy topshiriqlarni echishga jalb etiladi;

  • o‘quvchilar o‘zaro va o‘qituvchi bilan faol munosabatga kirishadi;

  • o‘quvchilar orasidagi shaxslararo munosabatlar o‘quv jarayonida vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda o‘zgaradi;

  • shaxslararo qadriyatli munosabatlar jarayonida o‘quvchilarning xulq-atvori o‘zgaradi, ahloqiy sifatlari takomillashadi;

  • ijodiy topshiriqlarni echish jarayonida o‘quvchilar o‘quv faoliyati mohiyati va maqsadlarini anglashga muvaffaq bo‘ladilar;

  • o‘quv materiallarini o‘zlashtirish motivlarini shakllantirish, yangi faoliyat turlarini amalga oshirish algoritmlarini qo‘llash imkonini beradi.

Download 19.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling