Mendeleyev elementlari nutqiy mavzuning maqsadi


Download 206.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana04.02.2023
Hajmi206.27 Kb.
#1161085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
14. Mendeleyev elementlari OʻK

 
 
2-soat 
DARS JARAYONI 
Kirish. 
 
“Ayting-chi, fantastik deganda nimani tushunasiz? Fantastik asar 
oʻqiganmisiz? 
Asosiy qism. 
 
Oʻqib tushunish. 
Matnni diqqat bilan oʻqing, savollarga javob bering.
Matn: “Falsafa toshini qidirib”. 
Manba: “Galaktikada bir kun” asaridan. 
Oʻquvchilar matnni oʻqib boʻlganlaridan soʻng, matn ostidagi savollar bilan 
suhbat boshlanadi. 
Muhokama. 
1. Nega sarguzasht qissalar va fantastik asarni yoqtiradigan bolalar falsafa 
toshi haqida koʻp eshitgan boʻlishi mumkin?

Bu savolning javobi matnda eksplitsit ifodalangan. Oʻquvchi ushbu oʻrinni 


topib, hamda oʻzi mantiqan oʻylab, falsafa toshi har qanday moddani oltinga 
aylantirishi mumkinligi haqida gap bor ekanligini anglab yetishi lozim. 
2. Falsafa toshining eng muhim xususiyati nimada edi? 

Bu matnda eksplitsit ifodalangan maʼlumot boʻlib, falsafa toshining asosiy 


xususiyati oddiy toshlarni oltinga aylantira olishida ekanligini tushunishi lozim. 
3. Nima deb oʻylaysiz, alkimyogarlar rostdan ham tuxum sarigʻiga toshbaqa 
kosasi kukunini aralashtirib falsafa toshini qidirishganmi yoki muallif asarni 
qiziq chiqishi uchun shunday oʻxshatish qilyaptimi?

Bu afsonaviy toshni topish uchun olib borilgan tadqiqotlar bizga maʼlum. 


Muallif oʻquvchilarga tushunarli va qiziqarli boʻlishi uchun oʻquvchilarga tanish 
boʻlgan narsalardan misol keltirganligini anglash mumkin. Axir bu fantastik asar. 
Buni oʻquvchilarga tushuntirish maqsadga muvofiq. 


4. Alkimyogarlar nega oʻzlari bilmagan holda, tasodifiy kashfiyotlar qilgan deb 
oʻylaysiz? 

Matnda berilgan maʼlumotlar asosida oʻquvchilar asosiy eʼtiborini "tasodifiy" 


soʻziga qaratadilar, yaʼni falsafa toshini topishda olib borilgan jarayonlarda paydo 
boʻlgan moddalar ham kashfiyot, lekin ular tasodifiy. Xoʻsh, tasodifiy deganda nima 
nazarda tutiladi? 
 
Tasodifiy – kutilmagan, favqulodda sodir boʻladigan hodisa. 

Download 206.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling