Mendeleyev elementlari nutqiy mavzuning maqsadi


Download 206.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana04.02.2023
Hajmi206.27 Kb.
#1161085
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
14. Mendeleyev elementlari OʻK



MENDELEYEV ELEMENTLARI 
 
Nutqiy mavzuning maqsadi: oʻquvchilarga Mendeleyev faoliyati, elementlar 
davriy jadvali va unga oid til birliklari haqida tushuncha berish. 
Berilgan matn tarkibidan ajratib koʻrsatilgan soʻzlarning oʻz va koʻchma 
maʼnolarini aniqlash; maʼnodosh soʻzlar, ularning uslubiy xususiyatlari bilan 
tanishtirish; 
Axborot matni. Uning oʻziga xos jihatlarini aniqlash
Sonlarning imlosi (maʼno turlari, yasalishi), hisob soʻzlar imlosi; berilgan matn 
bilan tanishish, matn yuzasidan berilgan savollarni tushuna olish va javob bera olish, 
savol bera olish; nutqiy mavzuga oid matn yozish koʻnikmasini shakllantirish; 
1-soat 
DARS JARAYONI 
Kirish. 
 
“Ayting-chi, kimyo qanday fan? U nimalarni oʻrgatadi? 
Asosiy qism. 
 
Oʻqib tushunish. 
Kimyo faniga oid qiziqarli maʼlumotlar bilan tanishing. Sonlar va hisob-
oʻlchov soʻzlari imlosiga eʼtibor bering.
Ushbu topshiriqda kimyo faniga oid qiziqarli maʼlumotlar hamda ularga 
aloqador rasmlar berilgan. Oʻquvchilar ushbu maʼlumotlar bilan tanishib chiqishlari 
hamda ajratib koʻrsatilgan soʻzlar imlosiga alohida eʼtibor qaratishlari aytiladi. 
Muhokama. 
1. Ayting-chi, kimyo fani nima uchun kerak? 
 
Bu savol yashirin ifodalangan maʼlumotni topishga qaratilgan. Oʻquvchilar 
berilgan maʼlumotlardan xulosa chiqarib, kimyo fani nima uchun kerak ekanligini 
tushuntirib berishlari lozim. Bu jarayonda oʻquvchilarning fikrlari toʻldirib, kimyo 
fani haqida maʼlumot berish maqsadga muvofiq. 
Kimyo – moddalarning tuzilishi, xossalari, bir moddaning boshqa moddaga 
aylanishini oʻrganuvchi fan.
2. Bizning kundalik hayotimiz kimyo fani bilan qanday aloqadorlikda oʻtadi? 

Download 206.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling