biri bilan aloqaga kira olishi, ularning odam salomatligiga taʼsiri borligi
oʻrganilgan. Bu tajribalarda kimyo fanining xizmati kattaligini koʻrishimiz mumkin.
3. Ayting-chi, ona tili fani va kimyo fani oʻrtasida qanday bogʻliqliklar boʻlishi
mumkin? Kengroq mushohada yuriting va fikrlaringizni dalillang.
Bu savol oʻquvchilardan mantiqan oʻylab javob berishlarini talab qiladi.
Oʻquvchilar fikri tinglangach, ona tili fani va kimyo fanining yaqinligi haqida
misollar bilan maʼlumot berib oʻtiladi.
Masalan, Mendeleyev jadvalida aniqlangan
moddalar uchun maxsus belgi, raqam tanlangan. Ushbu belgi bir moddani
anglatadi. moddalarni bir-biriga qoʻshib, yangi modda hosil qilishda tajribadan
oldin mana shu belgilar bilan amallar bajariladi. Bundan tashqari, kimyo unga oid
tajribalar, Mendeleyev jadvali sizga qanday yetib keldi? Demak, soʻz – fikr quroli,
axborot almashish vositasidir.
Oʻqib tushunish.
Hisob-oʻlchov soʻzlarining qisqartmalarini yodda saqlang.
Bu topshiriqdan oʻquvchiga kundalik hayotda duch keladigan hisob-oʻlchov
soʻzlari haqida maʼlumot berish maqsad qilingan. Bunda hisob oʻlchov soʻzlari va
ularning qisqartmalari berilgan boʻlib, oʻquvchilardan yodlab, soʻzma-soʻz
aytib
berishi talab etilmaydi. Asosiy eʼtibor shu qisqartma haqida tushuncha hosil qilish
hamda hayotiy vaziyatlarga toʻgʻri qoʻllay olishlarini oʻrgatishga iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: