qoʻllab koʻring-chi? uydagilaringiz sizga sinfdosh deb murojaat qilsa, qanday
boʻladi? Demak, maʼnodosh soʻzlar ham bir xil maʼnoni har xil vaziyat,
kontekstlarda turlicha ifodalaydi. Faqat uni mazmuniga moslab ishlatish lozim.
Ogʻzaki nutq. Tahlil.
“Falsafa toshini qidirib” matni tarkibidan koʻk rangda ajratib koʻrsatilgan
soʻzlar oʻzaro maʼnodosh soʻzlar sanaladi. Muallif nima uchun ushbu soʻzlarni
qayta qoʻllamasdan, ularning maʼnodoshlaridan foydalangan? Siz buni qanday
tushuntirasiz?
Matnda koʻk rang bilan ajratib koʻrsatilgan soʻzlar:
urinmoq – harakat qilmoq;
yarata olmoq – kashf qilmoq. Ushbu soʻzlar matndagi mazmuniga koʻra oʻzaro
maʼnodosh sanaladi. Muallif bir soʻzni takror qoʻllamaslik maqsadida ushbu
soʻzlardan foydalanganligini oʻquvchi mantiqan oʻylab, aytib berishi lozim. Agar
yetarlicha
javob berilmasa, oʻqituvchi tomonidan izoh beriladi.
Leksikologiya.
Do'stlaringiz bilan baham: