Kirish.
“Ayting-chi, tajriba nima? Siz ham tajriba oʻtkazib koʻrganmisiz?
Asosiy qism.
Yozma nutq. Matn yaratish.
Rasmlar asosida ifodalangan tajriba jarayonini matn koʻrinishida yozing.
Ushbu topshiriqda rasmlar ketma-ketligida tajriba jarayoni berilgan.
Oʻquvchilar ushbu jarayon bilan tanishib chiqqanlaridan soʻng, matn yozish
yoʻriqnomasi oʻqib berilishi lozim. Unga koʻra, oʻquvchilarga rasmda aks etgan
jarayonni yoʻriqnoma asosida matn koʻrinishida yozishlari aytiladi.
Bu topshiriqda asosiy eʼtibor, oʻquvchiga tajriba haqida tasavvur hosil qilish,
yoʻriqnoma va rasmlar ketma-ketligini tushunib, bogʻlanishli nutq tuza olishiga
qaratiladi.
Ogʻzaki nutq. Tahlil.
Partadoshingiz bilan yozgan matnlaringizni almashing, ularni tekshiring.
Oʻzingiz aniqlagan xatolarni izohlab bering.
Oʻquvchilar yuqorida yozgan matnlarini bir-birlari bilan almashib,
tekshirishadi. Bu tanqidiy fikrlash va tahlil qilish koʻnikmasini shakllantirishga
qaratilgan. Tekshirish jarayonida quyidagilarga eʼtibor qaratish lozimligi aytib
oʻtiladi:
• tajriba jarayonining toʻliq aks etishi;
• yoʻriqnoma asosida ketma-ketlikda tavsiflanishi;
• tajribani tushuntirishga oid til birliklaridan oʻrinli foydalanishi;
• soʻzlar imlosi, tinish belgilarning qoʻllanilishi;
• kirish, asosiy qism, xulosaning mavjudligi va har birining xatboshi bilan
ajratilganligi.
Ogʻzaki nutq. Orfoepiya.
Yana qanday tajribalar haqida bilasiz? Hisob-oʻlchov soʻzlardan foydalanib,
yuqorida berilgan tartib asosida tajribaning borishi haqida ogʻzaki maʼlumot
bering.
Ushbu topshiriqda oʻquvchilar hayotiy kuzatishlari davomida koʻrgan,
botanika, fizika fanlarida duch kelgan tajriba jarayonlari haqida gapirib berishlari
lozim. Oʻquvchi boshqa tajriba haqida maʼlumotga ega boʻlmasa, yuqoridagi tajriba
jarayonini gapirishi mumkin. Bunda asosiy eʼtibor tajriba jarayonini ogʻzaki nutq
meʼyorlariga amal qilgan holda toʻgʻri tavsiflay olishiga qaratiladi.
Bunda nutqlarida hisob-oʻlchov soʻzlaridan foydalanishi lozim. Ogʻzaki
nutqida ularning talaffuzi tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |