Menejment va statistika


YaIMni pirovard foydalanish usulida hisoblash


Download 0.83 Mb.
bet122/172
Sana08.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#244312
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   172
Bog'liq
Statistika ma'ruza matni

5. YaIMni pirovard foydalanish usulida hisoblash

YaIM ni pirovard (oxirgi) foydalanish usulida hisoblash mumkin.

Bu usulda tovarlar va xizmatlar oxirgi iste’mol uchun qilingan harajatlar, (TXI) xo‘jaliklarning yalpi jamg‘armasini (YAJ), hamda tovar va xizmatlar eksporti va importi saldolari (EIS) yig‘indisi sifatida aniqlanadi.

YaIM = TXI+YAJ+EIS.

Tovar va xizmatlar oxirgi iste’moliga (TXI) quyidagilar kiradi:


  • iste’mol tovarlar va xizmatlarni harid qilish uchun sarflangan summalar (TXX);

  • natura shaklida olingan (mehnat haqqi yoki boshqa tarzda) iste’mol tovarlari va xizmatlar (NTX);

  • uy xo‘jaligi o‘z ehtiyoji uchun ishlab chiqargan va iste’mol qilgan tovarlar va xizmatlar (UITX);

  • davlat boshqaruv muassasalari va notijorat tashkilotlarning joriy is’temol harajatlari: ya’ni sog‘liqni saqlash maorif sanoat va madaniyat kabi sohalarga jamoa iste’moli uchun qilingan harajatlar (DBNTJIX).

Demak, tovarlar va xizmatlar oxirgi iste’molini (TXI) quyidagicha ifodalash mumkin:

TXI = TXX + NTX + UITX + DBNTJIX;

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yalpi jamg‘armasiga (AVYAJ) asosiy vositalar yalpi jamg‘arilish (AVYAJ), moddiy aylanma mablag‘lar zaxiralarining o‘zgarishi (AMZO‘), sof Harid qilingan boyliklar (qiymatliklar) kiradi.

Asosiy vositalar bir yildan ko‘proq ishlatiladigan va foydalanish tufayli daromad keltiradigan mehnat qurollaridir. Ularga binolar, inshoatlar, mashina va asbob uskunalar, motor va stanoklar, transportlar, xo‘jalik investorlari kabilar kiradi. Asosiy vositalar yalpi jamg‘arilishi (AVYAJ) deganda kelgusida daromad olish uchun asosiy vositalarni ko‘paytirish (sotib olish, qurish) uchun qilingan sarflar mablag‘larga aytiladi. Asosiy vositalar yalpi jamg‘arilishi joriy yilda olingan (Harid qilingan, qurilgan) asosiy vositalar qiymatidan shu yilda hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar farqi sifatida aniqlanadi.

AVYAJ = AVS – AVX;

Bu yerda AVS – sotib olingan, qurilgan asosli vositalar qiymati:

AVX – hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati.

MHTning 1993 yilgi xalqaro standartiga asosan yerning holatini yaxshilashga, tabiiy resurslarga hamda nomoddiy aktivlarga qilingan sarflar patent, lesenziya va shu kabilar vositalar yalpi jamg‘arilishiga kiritiladi.

Moddiy aylanma mablag‘lar zahiralarining o‘zgarishi (AMZO‘) ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar), tayyor mahsulotlar sotish uchun olingan tovarlar qiymatlarining o‘zgarishidir. Bu ma’lumotlar asosan buxgalteriya balansi yil oxiridagi qoldiqlaridan yil boshiga bo‘lgan summalarini ayirish yo‘li bilan topiladi. Lekin bunda moddiy zahiralarning saqlanish davridagi narx o‘zgarishlarini hisobga olish zarur. Buxgalteriya balansida moddiy aylanma mablag‘lar: ishlab chiqarish zaxiralari (ICHZ); tugallanmagan ishlab chiqarish (TICH), tayyor mahsulotlar (TM) va tovarlar (ST) ko‘rinishda beriladi. Demak moddiy aylanma mablag‘lar zaxiralar o‘zgarishini (AMZO‘) ularning o‘zgarishlarining algebrik yig‘indisi deb aniqlasak bo‘ladi.

AMZO‘ = ICHZ + TICH + TM+ ST;

Sof Harid qilingan boyliklarga ishlab chiqarishda foydalanish yoki iste’mol qilish uchun emas, balki kelgusida daromad olish uchun saqlanadigan qimmatbaho metallar, tilla buyumlar, kolleksiyalar va shu kabilar kiradi.

YaIM statistikasi “ mavzusi bo‘yicha



tayan iboralar

Yalpi ichki mahsulot (YaIM), yalpi milliy mahsulot (YaMM), sof ichki mahsulot (SIM), pirovard iste’mol, oraliq iste’mol, jami ishlab chiqarilgan mahsulotlar, yaratilgan qo‘shilgan qiymat (YaQQ), yalpi daromad (YaD), yalpi foyda (YaF), YaIM hisoblashning ishlab chiqarish usuli, daromadlarni taqsimlash usuli, pirovard iste’mol usuli.




Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling