23
reaksiyalarda – bosimga, qattiq moddalarning reaksiyalarida –
moddalarning
maydalanganligiga, radioaktiv nurlantirishga, ba’zi organik birikmalarda
kechadigan reaksiyalarda – quyosh nuriga) bog‘liq bo‘ladi.
Kimyoviy
reaksiya
tezligiga
reaksiyaga
kirishayotgan
moddalar
konsentratsiyalarining ta’siri. Kimyoviy reaksiyalarning
tezligi reaksiyaga
kirishayotgan moddalar konsentratsiyalari ko‘paytmasiga proporsionaldir.
V = k · C
A
C
B
Bunda C
A
va C
B
– A va B moddalarning konsentratsiyalari, mol/l; k–
proporsionallik koeffitsienti, u reaksiyaning tezlik konstantasi deyiladi.
Kimyoviy
kinetikaning asosiy qonuni ko‘pincha ta’sir etuvchi massalar qonuni yoki
reaksiyaning kinetik tenglamasi deyiladi.
Kimyoviy reaksiya tezligiga temperaturaning ta’siri. Reaksiya tezligining
temperaturaga bog‘liqligi Vant–Goff qoidasi bilan aniqlanadi: temperatura har 10
0
C ga ko‘tarilganda ko‘pchilik kimyoviy reaksiyalarning tezligi 2–4 marta ortadi.
=
∙
bunda Vt
1
, Vt
2
– tegishlicha boshlang‘ich (t
1
) va oxirgi (t
2
) haroratlardagi
reaksiya tezligi, – reaksiya tezligining
harorat koeffitsienti, u reaksiaga
kirishuvchi moddalarning harorati 10
o
C ko‘tarilganda reaksiyaning tezligi necha
marta ortishini ko‘rsatadi.
Temperatura o‘zgarganda reaksiya tezligining tez o‘zgarishini
aktivlanish
nazariyasi tushuntirib beradi. Bu nazariyaga ko‘ra ushbu reaksiyani amalga
oshirishga yetarli energiya bor aktiv molekulalar (zarrachalar) gina kimyoviy
reaksiyaga kirishadi. Noaktiv zarrachalarga zaruriy qo‘shimcha
energiya berish
yo‘li bilan ularni aktiv zarrachalarga aylantirish mumkin – bu jarayon
aktivlanish
deyiladi. Aktivlanish usullaridan biri temperaturani oshirish; temperatura
ko‘tarilganda aktiv zarrachalar soni ko‘payadi, shuning uchun reaksiya tezligi ham
keskin ortadi.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalar molekulalarini (zarrachalarini)
aktiv
zarrachalarga aylantirish ushun ularga berilishi lozim bo‘lgan energiya
aktivlanish