Metallurgiya
muvozanat konsentratsiyasi
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
muvozanat
konsentratsiyasi deyiladi. Ular odatda reaksiyaga kirishayotgan moddalarning o‘rta qavsga olingan formulalari bilan belgilanadi, masalan, [H 2 ], [N 2 ], [NH 3 ], muvozanatmas konsentratsiyalar esa C(H 2 ), C(N 2 ), C(NH 3 ) kabi belgilanadi. 26 Kimyoviy muvozanat holatiga reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi, temperatura, gazsimon moddalar uchun esa bosim ham ta’sir etadi. Bu parametrlardan bittasi o‘zgarganida muvozanat buziladi va reaksiyaga kirishayotgan barsha moddalarning konsentratsiyalari yangi muvozanat qaror topgunga qadar o‘zgaraveradi, bu muvozanat konsentratsiyalarning boshqa qiymatlarida qaror topadi. Reaksiya sistemasining bir muvozanat holatidan boshqasiga bunday o‘tishi kimyoviy muvozanatning siljishi yoki surilishi deyiladi. Agar sharoit o‘zgarganida oxirgi moddalarning konsentratsiyalari ko‘paysa, muvozanat reaksiya mahsulotlari tomonga siljigan bo‘ladi, agar boshlang‘ich moddalarning konsentratsiyasi ko‘paysa, u holda muvozanat boshlang‘ich moddalar hosil bo‘lishi tomoniga siljigan bo‘ladi. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi, temperatura va bosim (gazlardagi reaksiyalarda) o‘zgarganda kimyoviy muvozanatning siljish yo‘nalishi umumiy qoida bilan aniqlanadi, bu qoida siljuvshan muvozanat tamoyili yoki Le-Shatelye tamoyili deb ataladi. Kimyoviy jarayonda hosil bo‘ladigan mahsulotlar konsentratsiyasi ma’lum miqdorga yetganda reaksiya tezligi kamaya borishi ma’lum miqdordagi mahsulotning boshlang‘ich moddalarga aylanishi bilan bog‘langan. Bunday vaziyatda o‘ng tomonga boradigan reaksiya tezligi bilan chap tomonga boradigan reaksiya tezligi orasida ma’lum munosabat kuzatiladi. Bu munosabat o‘zgarmas bo‘lganda sistema dinamik muvozanat holatiga o‘tadi. Bunday muvozanatda qarama-qarshi tomon yo‘nalgan reaksiyalar tezliklari bir- biriga teng bo‘lib vaqt birligida qancha mahsulot hosil bo‘lsa, shuncha miqdorda u parchalanib boshlang‘ich moddalarga aylanadi. Bunday sistemalar uchun quyidagi xususiyat mavjud: a) muvozanat holatidagi sistema tarkibi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi. b) Agar shunday sistemada tashqi ta’sir natijasida muvozanat buzilsa, u tashqi kuch yo‘qolishidayoq o‘z holatiga qaytib keladi. c) Dinamik muvozanatni omillar ta’sirida xohlagan tomonga siljitish mumkin 27 Qaytar reaksiyalar boshlangan vaqtda o‘ng tomonga boradigan reaksiya tezligi ma’lum miqdorda moddalar hosil qilib ortib boradi. U maksimal qiymatga ega bo‘lgandan keyin reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi kamaya boradi. Mahsulot miqdori ortib borishi natijasida teskari reaksiya tezligi ham ortib borishi tabiiydir. Shu jarayon qarama-qarshi tomon borayotgan reaksiyalar tezligi bir xil kattalikka ega bo‘lguncha davom etadi. Qaytar reaksiyalar holat muvozanat konstantasi tavsiflaydi. Uning ifodasini keltirib chiqaramiz. Qaytar reaksiya aA+bB↔cC+dD uchun o‘ngga va chapga boradigan reaksiyalar tezlik ifodalari quyidagicha bo‘ladi: V o‘ =K o‘ [A] a · [B] b va V ch =K ch [C] c · [D] d Bu yerda: K o‘ va K ch ikkala reaksiyaning tezlik konstantalari. Ikkala reaksiya tezligi tenglashganda (V ch = V o‘ ) K o‘ [A] a · [B] b = K ch [C] c · [D] d bo‘ladi. Har bir qaytar reaksiya uchun bu qiymat ma’lum sharoitda doimiy kattalikka ega. U reaksiyada qanashuvchi moddalar konsentratsiyasiga bog‘liq emas, lekin temperatura o‘zgarishiga sezgir. Enderometrik jarayonlarda temperatura ko‘tarilsa, muvozanat konstantasi kattalashadi va aksincha ekzotermik jarayonlarda esa uning kichiklashishiga olib keladi. Muvozanat konstantasini hisoblash uchun reaksiyada qatnashuvchi moddalarning muvozanat konsentratsiyalarini amalda aniqlash talab etiladi. Bu qiymatlardan boshlang‘ich moddalar konsentratsiyasini hisoblash mumkin. K M qiymati qancha katta bo‘lsa, mahsulot unumi shunchalik yuqori bo‘ladi. Muvozanat holatini katalizator o‘zgartirmaydi, lekin muvozanat holat qaror topishini tezlatadi. Ya’ni sistemaning statsionar holat kelishini osonlashtiradi. Geterogen sistemalarda qattiq yoki suyuq moddalar konsentratsiyasi gazlarnikiga o‘xshab o‘zgartirmaydi. Ularning konsentratsiyalari reaksiya tezliklari ifodasiga kirmasligi to‘g‘risida aytib o‘tilgan edi. Shunday holat muvozanat konstanta ifodasi uchun ham o‘rin topadi. Masalan, C (q) +CO 2 ↔2CO (g) tenglamasi uchun K M =P 2 CO /P CO2 bo‘ladi. 28 Har qanday muvozanat holatidagi sistemaga tashqi omillar (reaksiyada qatnashuvchi moddalar konsentratsiyasi, gazlar uchun tashqi bosim,temperatura) ta’siri natijasida muvozanat o‘zgarishi kuzatiladi. Muvozanatning o‘zgarishini 1884-yilda Le-Shatelye ta’rifladi: muvozanat Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling