Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
84 ko‘zlari yashil rangni menga xunuk ko‘rsatib qo‘ydi. Mana endi u ko‘zlarni yaxshi xotirlayman. Komron, ilgarilari ham, hozirda sendan na- fratlanib yurgan kezlarimdagi singari, ko‘zlaringni yoqtirmas edim. Bu nafrat boshlan- ganda men hali o‘n ikki yoshga kirmagan edim. O‘zing ham, albatta, unutmagan bo‘lsang kerak. Har dam hovuchlarimga tuproq to‘ldirib yuzingga sochardim. Ajabo, bu faqat bolalik sho‘xligidanmi? Yo‘q, quyosh nurlari aks urib turgan yo‘sinli dengiz kabi ich- larida hiyla uchqunlari chaqnagan ko‘zlaringga azob berish uchun sochar edim. * * * Yana gapimdan adashdim. Holbuki, maqsadim faqat bugungi voqealarnigina yozib qo‘yishdan iborat edi. Qaerda to‘xtab edim? Ha, Hoji xalfa bir necha kundan buyon endi mo‘ralagan quyosh tufayli bolalarcha zavqlanganimni ko‘rdi-yu, biron yerdan yaxshi xa- bar eshitibdi, deb o‘ylab, mendan surishtira boshladi. Menga tegishli biron xabarning un- dan avval qulog‘imga yetishi mumkinmi axir? Qaerda och qolishimni ham, qachon uyqum kelishini ham bu g‘alati musofirxona xizmatkoridan so‘rab yurmasam, deb o‘ylay- man! Hoji xalfa: — Ko‘p noz qilaverma, ayt. Bunday piqirlab kulishingning boisi yo‘q emas. Xudo bila- di, biron xushxabar eshitgan ko‘rinasan, — dedi. Undan ham qulog‘i dingroq ko‘rinish negadir ko‘nglimni ko‘tarar, yarim hazil, yarim jiddiy bir alfozda ma’noli qilib kular, ko‘zlarimni qisar edim. — Kim bilsin, balki aytib bo‘lmaydigan biron sirdir, — dedim. Quyosh shu qadar chiroyli ediki, uning g‘oyib bo‘lishidan qo‘rqib, musofirxonaning na- rirog‘idagi ko‘prikka chiqdim. Ro‘paramdagi tik tepalikka qarab yurdim, so‘ngra botqoqlik orqasidagi bir chakalakdan o‘tib, yana bir ko‘prikdan chiqdim. Hali anchagina aylanishim mumkin edi, lekin yo‘lni adashtirib qo‘yishdan ham qo‘rqinchliroq narsaga duch keldim. Savlatli chodram va mahkam to‘silgan yuz pardam bo‘lishiga qaramay, bir necha shubhali erkak orqamdan tushib so‘z ota boshladi. Hoji xalfaning nasihatlari esimga tushdi-yu, qo‘rqib, darrov orqamga qaytdim. Maorif bo‘limidagi qizil ko‘ylakli sarkotibning: “Hali ham Istambuldan hech qanday xat-xabar kelgani yo‘q, hamshira xonim!” deb javob berishiga ishonardim. Lekin ko‘cha- ga chiqqandan keyin, u yerga ham bir uchrab kelish lozim. Mudirning xizmatchisi meni zinada ko‘rib: — Yaxshi kelding, xo‘jonim, bey seni yo‘qlayotgan edi. Oz bo‘lmasa seni qidirib muso- firxonaga borardim,— dedi. Bey degani maorif mudiri edi. Qiziq! Mudir yangi qizil movut yopilgan yozuv stoli orqasida doimiy horg‘inligini qondirish uchun ko‘zlarini yumib jim o‘tirar edi. Qo‘llari yonlariga tushgan, yoqalari yechilgan, ko‘zlari yarim yumuq holda o‘yga botgan. Meni ko‘rib esnadi, kerishdi, keyin dona-dona qilib so‘zlay boshladi: — Xonim qizim, Maorif ministrligidan haligicha javob olganimiz yo‘q. Xohishlari qan- day bo‘lishini bilmayman. Lekin Huriya xonim tajribali muallima bo‘lgani uchun uni olib qolishsa kerak, deb o‘ylayman. Masala sizning foydangizga hal bo‘lmagan taqdirda mushkul ahvolga tushib qolishingiz turgan gap. Miyamga bir fikr keldi. Bu yerdan atigi ikki soatlik bir masofada Zaynilar degan qishloq bor. Havosi, suvi yaxshi, tabiati nihoyat- da go‘zal, aholisi axloqli, vijdonli, gapning qisqasi, jannatday bir joy. U yerda bitta vaqf maktabi bor edi. Bultur shu maktabni ancha ovora bo‘lib remont qildik, yaxshiladik. Ko‘pgina maktab qurollari sotib oldik. Maktab ichida muallimalar turadigan maxsus uy ham bor. Endi biron yosh muallimaning himmatiga, jonbozligiga muhtojmiz. U yerga siz- dek pokiza bir xonimning borishini juda-juda istar edik. Haqiqatan ham yaxshi joy. Xo‘p desangiz, vataningizga juda katta xizmat qilgan bo‘lardingiz. To‘g‘ri, u yerdagi oylik bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling