Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
yernikidan birmuncha kamroq. Lekin buning evaziga u yerda go‘sht, sut, tuxum va 
boshqa ovqatlar narxi bu yerdagi bilan solishtirib bo‘lmaydigan darajada arzon. Xohla-
sangiz, u yerdan ancha-muncha pul ham orttirib olasiz. Albatta, imkon tug‘ildi deguncha, 
oyligingizni orttiraman, bu yerdagi oylik bilan baravar bo‘lib qoladi. U holda maoshingiz 
bu yerdagi idodiy maktabining mudirasinikidan ham ortiqroq bo‘ladi.. 
Bu taklifga nima deb javob berishni bilmay qoldim. 
Maorif mudiri so‘zini davom ettirdi: 
— Maktabda bitta qari xotin bor. U ham dars beradi, ham maktab ishlarini qiladi. Asli-
da namozini ham, niyozini ham kanda qilmaydigan bir xotin. Faqat yangicha o‘qitish 
usullarini bilmaydi, xolos. Xohlasangiz, siz uni ham tarbiya qilasiz. Mabodo, Zaynilar 
yoqmaydigan bo‘lsa, menga ikki enlik xat yozib yuborsangiz, sizni darhol bu yerga
o‘zingizbop joyga chaqirib olaman. Shoshmay turing, hali u yerni ko‘rgandan keyin mar-
kazga tayinlashsa ham “bormayman” deb oyog‘ingizni tirab olasiz. 
*  *  * 
Havo yaxshi, manzara yaxshi, yegulik-ichkulik arzon, odamlari soz. Qisqasi, Shvey-
tsariya qishloqlaridan biri. Shunday bo‘lgandan keyin odam bolasi xudodan yana nimalar 
tilashi mumkin? 
Ko‘zimning oldiga quyoshli yo‘llar, salqin bog‘lar, dalalar, o‘rmonlar kelar, yuragim 
dukillab urardi. 
Shunday bo‘lsa ham birdaniga “xo‘p” deyishga yuragim botinmasdi. Hech bo‘lmasa, 
bu narsani Hoji xalfadan so‘ramay hal qilolmas edim. 
— Endi ruxsat bersangiz, ikki soatdan keyin kelib, javobini bersam, afandim, — de-
dim. 
Mudirbeyga bir oz jon kirgandek bo‘ldi. 
— Lekin, qizim, bu ish juda shoshilinch. Boshqa talabgorlar ham bor. Qo‘ldan chiqar-
sang, keyin aralashmayman. 
— Unday bo‘lsa, loaqal bir soatga javob bersangiz, bey afandim, — dedim. 
Maorif mudirining yonidan chiqa solib dahlizda raqibam Huriya xonimga ro‘para kelib 
qolsam bo‘ladimi! B...da bizga ikki raqiba degan nom qo‘yganlarini bir necha kun avval 
yana o‘sha Hoji xalfadan eshitgan edim. Bu xotindan shunchalik yurak oldirgan edimki, 
yuzini ko‘rib qo‘rqib ketdim. O‘zimni ko‘rmaslikka solib yonida tez o‘tib ketmoqchi 
bo‘ldim. Lekin yo‘limni to‘sdi, sulloh tilanchiday chodramni baridan ushlab menga gapira 
boshladi. 
— Xonim afandi qizim, qaysi kuni sizga nisbatan yomon odobsizlik qildim. Xudo xay-
ringizni bersin, mening gunohimni kechiring. Asab yomon narsa. Yomon xafa bo‘luvdim-
da... Oh, qizim, mening boshimga tushgan savdolarni bilsangiz, ahvolimga achinardin-
giz. Harholda, odobsizlik qilganim uchun kechiring. 
Men qo‘rqib: 
— Hechqisi yo‘q, afandim, — dedim-da, o‘tib ketmoqchi bo‘ldim. 
Lekin u negadir meni qo‘yib yuborishni istamas edi. Avvalo, ahvolidan shikoyat qildi
qo‘lida besh jon bilan ko‘chada qolishini, tilanchilik qilishga majbur bo‘lishini aytdi. 
Huriya xonim borgan sari qaynar, ovozini pardama-parda ko‘tarib, jirkanch bir tarzda 
yolvorardi. Men nima deyishimni, nima qilishimni bilmay shoshib qoldim. 
Hammasidan ham yomoni bu ayanch komediyani ko‘rish uchun atrofimizga mahkama 
xodimlari, kotiblari, qahva va sharbat tashiydigan yugurdak bolalardan iborat kattakon 
olomon to‘plandi. 
Yuzim, qo‘llarim o‘tdek yona boshladi. Uyalganimdan yerga kirib borardim. 
Endi men yalina boshladim: 
— Iltimos qilaman, xo‘jonim, sekinroq gapiring. Hamma bizga qarab turibdi. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling