Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


TORTISHUV, BAHS-MUNOZARA VA MUROSASIZLIK


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

TORTISHUV, BAHS-MUNOZARA VA MUROSASIZLIK 
Alloh taolo marhamat qiladi: 
«(Ey Muhammad), odamlar orasida shunday kimsalar borki, uning gapirgan 
gapi hayoti dunyoda sizga qiziq tuyuladi» (Baqara surasi, 204). 
Ya’ni, shunday kimsalar borki, bayon qilish san’ati yetukligidan gapirayotgan gapidan lol 
qolasan, hayratlanasan. Lekin ular yolg‘onchi, munofiqdirlar. Ularning «hunarlari» bu 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
dunyodagina o‘tadi. Oxiratda esa qalblaridagi sirlardan boxabar bo‘lgan, g‘ayblarni 
bilguvchi Zotgina hokim bo‘ladi. 
«... Va o‘zi (islomga) ashaddiy xusumatchi bo‘lgan holida dilidagi «iymoni»ga 
Allohni guvoh keltiradi» (Baqara surasi, 204). 
Ya’ni, aslida dili kufr va munofiqlik illati bilan muhrlangan bo‘lsa-da, o‘zini iymonli deb 
da’vo qiladi va bu da’vosini «Alloh shohid» deb isbotlashga urinadi. Holbuki, u ashaddiy 
xusumatchi bo‘lib, nohaqlik – botil bilan bahs-munozara qiladi. 
«(Oldingizdan) ketganida esa yerda buzg‘unchilik, ekin va nasllarni halok qilish 
uchun yugurib-elib yuradi. Alloh esa buzg‘unchilik-fasodni sevmaydi» (Baqara 
surasi, 205). 
Ya’ni, fasodni yomon ko‘radi, fasodchilarni yoqtirmaydi. Hujjatul Islom Fazzoliy 
aytganlar: «Bahs-munozara – o‘zingni bilimdon qilib ko‘rsatib, boshqani tahqirlash 
niyatida xatosini izhor etib, ta’na qilishingdir». 
Tortishuv (mujodala) o‘z mazhabini boshqasidan ustun qo‘yish va fikrini ma’qullashdan 
iborat. 
Xusumat esa mol yoki boshqa bir ko‘zlagan narsasini qo‘lga kiritish uchun aytgan gapida 
qat’iy turib olishdir. U gohida biron narsani yoqlashi, gohida e’tiroz qilishi mumkin. Bahs-
munozarada esa faqat e’tiroz bo‘ladi». 
Imom Navaviy aytadilar: «Bilginki, tortishuv goh haq, goh nohaq bo‘ladi. Alloh taolo 
aytganki: 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling