Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Vitr haqidagi hadislar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

27-bob. Vitr haqidagi hadislar 
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh' sallallohu alayhi va sallamdan tunda 
o‘qiladirgan namoz haqida so‘radi. Shunda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Tungi namoz ikki rak’at-ikki rak’atdan o‘qilg‘aydir. Qaysi biringiz namozi bomdodning 
qazo bo‘lib qolishidan cho‘chisangiz, bir, rak’at o‘qingiz, shu o‘qiganingiz vitr bo‘lg‘aydir» 
,— dedilar». 
Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar vitr namozining birinchi 
rak’ati birlan ikkinchi rak’ati o‘rtasida ham salom berar, hatto biror hojatlari bo‘lsa, 
bajarib kelmakni buyurar erdilar». 
Kurayb raziyallohu anhuga Ibn Abbos quyidagi hadisni aytib bergan erkaplar: «Bir kuni 
Maymuna xolamnikida tunab qoldim. Yostiqning ensiz tomoniga men, enli tomoniga ersa 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan xotinlari -Maymuna xolam bosh qo‘yib 
yotdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yarim kechagacha uxladilar. So‘ng, 
o‘rinlaridan turib uyquni ketkazish uchun yuzlarini qo‘llari birlan ishqadilar. Keyin, «Oli 
Imrbn» dan 10 oyat o‘qidilar, so‘ng o‘rinlaridan turib, osiqliq meshchani olib yaxshilab 
tahorat qildilar. Keyin, namozga turdilar. Men ham tahorat olib yonlariga borib turdim. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ng qo‘llari birlan qulog‘imni (erkalatib) ishqab 
qo‘ydilar, so‘ng ikki rak’at, keyin ikki rak’at, keyin ikki rak’at, keyin ikki rak’at, keyin ikki 
rak’at, keyin yana ikki rak’at namoz o‘qidilar. Keyin, bir rak’at vitr o‘qidilar, so‘ng 
muazzin kelguncha yonboshladilar. Muazzin kelgandan keyin o‘rinlaridan turib ikki rak’at 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
195
namoz o‘qidilar, keyin hujralaridan chiqib odamlar birlan ikki rak’at bomdod o‘qidilar ». 
Abdulloh ibn Umar naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kechasigi 
namoz ikki rak’at-ikki rak’atdan o‘qilg‘aydir. Namozdan uyingga qaytging kelganda bir 
rak’at o‘qigil. O’sha yuqorida o‘qigan namozlaringning hammasi vitr bo‘lg‘aydir»,- 
dedilar. Qosim: «Balog‘atga yetganimizdan (ya’ni, masjidga chiqadigan bo‘lganimizdan) 
boshlab, odamlarning uch rak’atdan vitr o‘qiyotganini ko‘rdik. Bir rak’at o‘qishning ham, 
uch rak’at o‘qishning ham, menimcha hech bir zarari bo‘lmasa kerak»,- deydi». 
Urva ibn Zubayrga Oisha onamiz bunday debdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam o‘n bir rak’at vitr o‘qir erdilar (tunda o‘qiydirgan namoz nazarda tutilayotir). 
Sajda qilganlarida, siz 50 oyat o‘qimakka qancha vaqt sarf qilsangiz, o‘shancha muddat 
bosh ko‘tarmay turardilar. Namozi bomdodni o‘qishdan avval ikki rak’at sunnat o‘qir 
erdilar. So‘ng, muazzin kelib namozga chaqirguncha o‘ng qo‘llarini bosib yonboshlab 
yotar erdilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling