Milliy tadqiqot universiteti buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti


Download 1.19 Mb.
bet2/14
Sana07.04.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1336595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Biotexnologiya uslubiy 1 (2)

Tuzuvchi:
B.B.Qobulova - “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti “Gidrologiya va ekologiya” kafedrasi assistenti.
P.A.Akramova - “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti “Gidrologiya va ekologiya” kafedrasi stajyor – o’qituvchisi.


Taqrizchilar:
H.T.To’xtaeva - “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti “Gidrologiya va ekologiya” kafedrasi mudiri
M.M.To’rayev- BuxDU “Biologiya” kafedrasi mudiri


KIRISH
Biotexnologiya bu muayyan maqsaddagi jarayonni amalga oshirish yoki biror-bir mahsulot ishlab chiqarish uchun organizmlar, organizmlarning tarkibiy qismlari yoki boshqa biologik tizimlardan foydalanishdir.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, ularning xossalarini o’rganish va boshqarish, yetishtirilayotgan ekinlarning biologik xususiyatlarini, yashash sharoitlariga bo’lgan talabini qabul darajada ta’minlovchi biotexnologik tadbirlarni sistematik ravishda amaliyotda qo’llash ularni sifatini va ekologik tozaligini yaxshilash, tabiatni ifloslantirishdan saqlash va ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida bu usullarni qo’llash to’g’risidagi bilimlarni hosil qilishdan iborat. Atrof muhit biotexnologiyasi’ fanini chuqur o’rganish ekologiya sohasi muammolarini hal qilishda muhim rol’ o’ynaydi. Ushbu fanni o’ rganish asnosida talabalar biologik qonuniyatlarni xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida tadbiq etib, eng avvalo ekologik muhitni toza saqlash, serhosil ekin navlari va chorva hayvon zotlarini yaratish usullarini o’rganadilar va ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

1-laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Hujayra tuzilishini o’rganish (2 soat)
https://www.youtube.com/watch?v=zkEzmojHquE
Hujayra alohida organizm sifatida hayot kechirishi (bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, ayrim suvoʻtlar va zamburugʻlar) yoki koʻp hujayrali organizmlar toʻqimalari tarkibiga kirishi mumkin. Genetik apparat eukariotlarda sitoplazma membrana bilan ajralgan yadroda; prokariotlar esa nukleoidda joylashadi. Jinsiy hujayra meyoz natijasida hosil boʻladi.
Hujayra oʻlchami 0,1-0,25 mkm dan (ayrim bakteriyalar) 155 mm gacha (tuyaqush tuxumi). Hujayraning xilma-xil funksiyasini ixtisoslashgan ichki strukturalar - organoidlar bajaradi. Hujayraning universal organoidlari: yadroda - xromosomalar, sitoplazmada - ribosomalar, mitoxondriyalar, endoplazmatik toʻr, Golji kompleksi, lizosomalar. Ayrim manbalarda hujayra membranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Koʻpchilik hujayrada boʻladigan membrana strukturalari - mikronaychalar, mikrofibrillalar hujayra shaklining; hujayra kiritmalari hujayra tarkibining doimiyligini taʼminlash vazifasini bajaradi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling