Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
5c78e023dfdea
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologik javobgarlik tabiiy muhitga zarar yetkazishning oldini olish va zarar etkazilgan taqdirda uni qoplash borasidagi munosabatlarni
Ekologik javobgarlik tushunchasi Ekologiya sohasidagi javobgarlik davlat, jamiyat va insonning jamiyat oldidagi, hozir yashayotgan va kelgusi avlod oldidagi, muayyan inson va tabiatdan foydalanuvchi shaxs oldidagi javobgarligidir. Ekologik huquqiy javobgarlik esa — umumhuquqiy javobgarlikning turlaridan biri. U sodir etilgan ekologik huquqbuzar lik uchun huquqning bo’zilgan normasida belgilangan sanksyaga muvofiq noxush oqibatlarga duchor bo’lish majburiyatini bildiradi. Ekologik javobgarlik tabiiy muhitga zarar yetkazishning oldini olish va zarar etkazilgan taqdirda uni qoplash borasidagi munosabatlarni ifodalovchi normalardan iborat iqtisodiy huquqiy kompleksdir. Ekologik javobgarlik uchta funksiyani bajaradi: 1) rag’batlantirish, 2) qoplash, 3) preventiv (oldini olish). Rag’batlantirish funksiyasi ekologik muhofaza qilishga majbur etuvchi iqtisodiy va huquqiy rag’batlar mavjudligida namoen bo’ladi; qoplash funksiyasi tabiiy muhitga etkazilgan yo’qotishlarni natura yoki pul shaklida qoplashga qaratilgan; preventiv funksiyasi esa jazo choralarini qo’llash va zararni undirish orqali ekologik munosabat ishtirokchilarining xulq-atvoriga majburan ta’sir ko’rsatadi. Ekologik javobgarlik iqtisodiy va huquqiy shaklda namoyon bo’ladi. Iqtisodiy shakl huquqqa mos faoliyatga asoslanadi va atrof muhitni ifloslantiruvchi shaxsni chiqitlarni kamaytirshiga iqgisodiy usullar, avvalo, moddiy manfaatdorlik bilan qiziqtirish orqali tartibga solinadi. U jamiyat va tabiat o’rtasidagi o’zaro munosabatning «ifloslantiruvchi to’laydi» degan umumiy prinsipidan kelib chiqadi. Huquqiy javobgarlik huquqqa xilof qilmishlar natijasida yuzaga keladi hamda ma’muriy huquqiy usullar bilan tartibga solinadi. Umuman olganda, ushbu shakllar ekologik huquqiy javobgarlik institutini tashkil etadi va mustahkamlaydi. Ekologik iqtisodiy javobgarlik, huquqbuzarlik holati bo’yicha kelib chiqilgan huquqiy javobgarliqdan farqli ravishda, zarar yetkazish holati bo’yicha yuzaga keladi. Ekologik huquqbuzarlik O’zbekistonda o’rnatilgan ekologik huquqiy tartibga tajovuz qiluvchi hamda tabiiy muhitga zarar etkazuvchi yoki shunday zarar yetkazishshshg real xavfini yaratuvchi, aybli, g’ayriqonuniy qilmish (harakat yoki harakatsizlik) dir. Uning tarkibiga huquqbuzarikning sub’yekt(lar)i, sub’yektiv tomoni, ob’yekti, ob’yektiv tomoni, oqibatlari hamda qonun buzilishi bilan yuz bergan natija o’rtasidagi sababiy aloqadorlik kiradi. Ekologik jinoyat O’zbekistonda o’rnatilgan ekologik huquqiy tartibga, jamiyatning ekologik xavfsizligiga tajovuz qiluvchi hamda atrof tabiiy muhitga va inson salomatligiga zarar etkazuvchi aybli ijtimoiy xavfli qilmishdir. “Ekologik jinoyat” tushunchasining mazmunini tashkil etuvchi asosiy jihatlar ekologik huquqiy tartib hamda atrof tabiiy muhit va inson salomatligiga hamda uni genofondiga etkaziladigan ekologik zarardir. Ekologik huquqiy tartib — tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qonunlarning ekologik talablarini amalga oshirish bo’yicha ekologik huquq-buzarliklar tizimi, Boshqacha aytganda, bu ekologik huquqiy normalar amal qilishining natijasidir. Ekologik huquqiy tartibning tarkibiy qismini ekologik xavfsizlik tashkil etadi. Ekologik xavfsizlik insonning hayoti uchun muhim bo’lgan ekologik manfaatlari, avvalo, uning toza, sog’lom yashashi uchun qulay atrof tabiiy muhitta ega bo’lish huquqidan kelib chiquvchi ximoyalanganlik holatidir. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling