Geoekologiya – ekologiya, geografiya, geologiya, geokimyo va biologiya tutashuvidagi kompleks fan. Geoekologiya
Download 45 Kb.
|
Glossariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biogeotsenoz
- Bashoratlashtirish
- Ekspertiza
Geoekologiya – ekologiya, geografiya, geologiya, geokimyo va biologiya tutashuvidagi kompleks fan. Geoekologiya – “tabiat – jamiyat “sistemasidagi o‘zaro munosabatlarni, jamiyatning tabiiy muhit bilan o‘zaro ta’siri va aloqalarini o‘rganadigan hamda atrof muhitni muhofaza qilish va insonning atrof tabiiy muhitini optimallashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqadigan integrativ ilmiy yo‘nalish (yoki fan)dir. Geografik qobiq – bu litosfera, hidrosfera, atmosfera va biosferaning o‘zaro ta’sirida vujudga kelgan va rivojlanadigan tabiiy hosila, sferik shakldagi yaxlit moddiy – energetik sistemadir. Biosfera - hayot mavjud bo‘lgan va jonli organizmlar Yerdagi jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadgan qobiqdir. E. Zyuss Yer po‘stining hayot tarqalgan qismini biosfera deb atagan Ekosistema – “tirik mavjudotlar va ularning mavjudligining abiotik sharoitlarining birlikdagi kompleksidir” “Biogeotsenoz – Yer yuzasining muayyan masofasidagi bir xil tabiiy hodisalar (atmosfera, tog‘ jinslari, o‘simliklar, hayvonot dunyosi, mikroorganizmlar dunyosi, tuproqlar va gidrologik sharoitlar)ning majmuasidir. Bashorat - deb keng ma’noda muayyan voqealar, hodisalar, jarayonlarning rivojlanishi va tugallanishidagi o‘zgarishlarni olingan ma‘lumotlar asosida oldindan aytib berish tushuniladi Bashoratlashtirish - biror ob‘ektga xos bo‘lgan tashqi va ichki aloqalarni retrospektiv (yunoncha retro – orqaga, spektar – qaramoq) tahlil asosida fikr yuritish usullarining majmuasi va shuningdek, bu aloqalarning qarayotgan hodisa yoki jarayon doirasida ehtimoliy o‘zgarishlarni tahlil qilgan holda ana shu hodisa yoki jarayonning kelgusida rivojlanishini to‘g‘risida muayyan ishonchli mulohaza chiqarishdi. Ekspertiza - lotincha “ekspertus” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida “tajriba, sinov” ma’nolarini anglatadi. “Ekspert” esa tajribali demak Geografik ekspertiza deganda loyihalanayotgan korxonaning tadbirning atrof muhit talablariga mos kelish – kelmasligini aniqlash, yoki iqtisodiy taraqqiyot rejalari asosida tabiat muhofazasi dasturlarini tabiiy muhitni asrashni ta‘minlash maqsadida muvofiqlashtirish tushuniladi. Download 45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling