Geoekologiya – ekologiya, geografiya, geologiya, geokimyo va biologiya tutashuvidagi kompleks fan. Geoekologiya


Download 45 Kb.
bet2/4
Sana07.03.2023
Hajmi45 Kb.
#1245843
1   2   3   4
Bog'liq
Glossariy

Ekologik ekspertiza atrof muhit muhofazasini nazorat qilishning tarkibiy qismini tashkil etadi va atrof muhitning biologik qismiga ta’sirini baholashni anglatadi. Ekspertiza muayyan tanlangan hudud miqyosida mo‘ljallangan (rejalashtirilgan) xo‛jalik kompleksining xayotiy muhitga, tabiiy resurslarga va kishilarning salomatligiga ta’sirini baholashdir.
Ekologik muvozanattabiiy muhitdagi uning asosiy komponentlarining o‘z – o‘zini tartibga solishi yoki qayta tiklanishi tabiiy yoki insonning aralashuvi bilan sun’iy yo‘l bilan dinamik holatini saqlab turishidir.
Ekologik komponentlar balansi deb-Muayyan sistemaning shakllaninshiga imkon beradigan ekologik vaziyatni ta’minlovchi komponentlarning miqdoriy birikmasiga aytiladi.
Ekologik muammoinsonning tabiatga ta’siri, tabiatning insonga va uning xo‘jaligiga aks ta’siri, tabiiy sabablar (stixiyaviy ofat, iqlim jarayonlari va b.) taqozasi tufayli sodir bo‘ladigan hayotiy va xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday hodisalardir
Regional ekologik muammolar deb biror bir regiondagi jamiyat va tabiat o‘zaro ta’siridagi vaziyatlar tushuniladi
Muhit juda keng qamrovli tushuncha bo‘lib,u muayyan ob’yektning tashqi (tabiiy, sotsial, iqtisodiy) sharoitlar bilan o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligini anglatadi
Atrof muhit – insoniyatning yashaydigan va ishlab chiqarish faoliyati muhiti, inson atrofining tabiiy yoki u tomonidan o‘zgartirilgan moddiy olam
Tabiiy muhit – geografik qobiq doirasidagi jamiyat o‘zining hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan atrof muhitning bir qismidir
Tabiiy muhit – geografik qobiq doirasidagi jamiyat o‘zining hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan atrof muhitning bir qismidir
Texnogen (antropogen) muhit insonning bevosita yoki bilvosita, ataylab yoki ataylamasdan faoliyati tufayli o‘zgartirilgan tabiiy muhit.Atrof muhitning inson tomonidan texnikaviy ba texnogen ob’yektlarga aylantirilgan qismi texnosfera deb nom olgan..

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling