Muhandislik geologik tadqiqotlar


 MAGMATIK TOG’ JINSLARI VA ULARNING QURILISH


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   192
Bog'liq
-qullanma

7. MAGMATIK TOG’ JINSLARI VA ULARNING QURILISH 
XOSSALARI 
7.1.Magmatik tog’ jinslarining yotish shakllari 
Yer bag’ridan qaynoq moddalarning gaz, suyuq yoki qattiq holda yer ustiga 
ko’tarilib chiqish protsessi - vulqon hodisalari deb ataladi.
Yer ichidan chiqqan hamirsimon, suyuqlangan qumtuproqga to’yingan
qattiq mahsulotlar, hamda suv bug’lari otilib chiqqan joylarda vulqon mahsuloti - 
magma hosil bo’ladi. Qizigan magma yer qobig’idagi yoriqlar orqali yuqoriga 
ko’tarilib borib, uning ichida qotib qoladi va intruziv (chuqurlik) jinslarini hosil 
qiladi. (7.1-rasm). Magmaning yer yuziga otilib chiqib qotib qolgan turlari effuziv 
(oqma) jinslar deb ataladi. Lekin yer po’sti magmaning yer ustiga yaqin 
ko’tarilishiga va yer yuziga otilib chiqishiga hamma vaqt ham yo’l beravermaydi. 
Magma, ko’pincha yer po’stining chuqur qismlarini suyultirib, yoki boshqacha 
aytganda, litosferaning chuqur qavatlari orasida qolib, batolitlar deb ataluvchi 
gigant massalar to’plamini hosil qiladi (7.2 - rasm). 
7.2-rasm. Batolitlarning ko’rinishi 
7.1-rasm. Magmatik jinslarinng 
magmadan hosil bo’lish sxemasi:
1-chuqurlikdagi 2-yer ustiga chiqib 
qolganlari.
 


39 
Batolitlar yaxshi kristallangan tog’ jinslaridan iborat bo’lib, odatda, katta 
chuqurliklarda yotadi. Ammo tog’ jinslari yemirilib, ustlari ochilib qolganda yer 
yuzasiga chiqadi. Bu hol ko’pincha, tog’lik rayonlarda ro’y beradi.
Magma ba’zan, yer ustiga yaqinlashib kelsa ham, lekin uning oxirgi 
qatlamlarini yorib chiqishga kuchi yetmaydi, ammo bu qatlamlarning yuqoriroq 
ko’tarilishidan hosil bo’lgan bo’shliqni o’z massasi bilan to’latadi. Qatlamlar
orasiga kirib qolgan bunday massa, odatda, yuqori qatlamlarni gumbaz shaklida 
yuqoriga ko’taradi, buxanka non shaklini to’plamlarni hosil qiladi. Magmaning yer
ustiga chiqmasdan, balki yer qatlamlarini orasiga kirib, yuqoridagi shaklda qotgan 
xili lakkolit (7.3 - rasm) deb ataladi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling