36
Metamorfik (shakli o’zgargan) jinslar esa magmatik, cho’kindi
jinslarning yuqori harorat va bosim ta’sirida o’zgarishidan hosil bo’lgan. Yer
qobig’ida magmatik tog’ jinslari eng ko’p tarqalgan (95%)bo’lib, cho’kindi va
metamorfik jinslar esa 5% tashkil etadi. Tog’ jinslari hosil bo’lish sharoitiga qarab
bir-biridan mineral tarkibi, strukturasi (tuzilishi) va teksturasi bilan farq qiladi.
Struktura deganda mineral agregatlarining o’lchamlari, soni,
shakli va
tog’ jinsining ichki tuzilishi tushuniladi. Tog’ jinslarining strukturasi 3 xil
ko’rinishda bo’ladi; kristalli, nokristalli va aralashli struktura.
Kristall
ko’rinishidagi struktura tog’ jinsi va uni tashkil etgan mineralning bir vaqtning
o’zida hosil bo’lishida namoyon bo’ladi. Bu kristalli ko’rinish magmatik,
metamorfik va ba’zi bir cho’kindi tog’ jinslari uchun xarakterlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: