Mustaqil ishi psixologik tadqiqotlarda sifat va miqdor birligi. Psixologiyada o'lchov
Download 0.89 Mb.
|
1 2
Bog'liqPsixologik tadqiqotlarda sifat va miqdor birligi. Psixologiyada o\'lchov
- Bu sahifa navigatsiya:
- REJA: 1.Psixologik tadqiqotlarda sifat va miqdor birligi
Buxoro Davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti 5.1-PSI.21-guruh talabasi Mulloqulova Marhaboning “Psixologik tadqiqot ma'lumotlarini qayta ishlash metodlari va texnologiyalari”MUSTAQIL ISHIPsixologik tadqiqotlarda sifat va miqdor birligi. Psixologiyada o'lchovREJA:1.Psixologik tadqiqotlarda sifat va miqdor birligi2. Psixologiyada o'lchov3.Miqdor oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishlariga oʻtishi qonuniMiqdor oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishlariga oʻtishi qonuni — dialektikaning qonunlaridan biri. Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining eng umumiy tarzini ochib beradi. Uni Gegel taʼriflab bergan. Rivojlanish murakkab jarayon boʻlib, unda miqdor va sifat oʻzgarishlari sodir boʻladi. Predmet yoki hodisaning rivojlanishi avval asta-sekin roʻy beradigan miqdor oʻzgarishlaridan boshlanadi. Miqdor oʻzgarishlari maʼlum darajaga yetgach, meʼyorning buzilishi tub sifat oʻzgarishlariga olib keladi. Miqdor sifatga oʻtadi. Miqdor oʻzgarishlari turli shaklda sodir boʻladi. Miqdor oʻzgarishlari obʼyekt qismlari sonining oʻzgarishi shaklida, makoniy shakllarning yoki elementlar aloqadorligi tartibining oʻzgarishi va h.k. shakllarda sodir boʻlishi mumkin. Obʼyektiv voqelikda faqat miqdor oʻzgarishlari sifat oʻzgarishlariga olib kelmay, sifat oʻzgarishlari ham miqdor oʻzgarishlariga olib keladi, vujudga kelgan yangi sifat doirasida miqdor koʻrsatkichlari rivojlanadi. Mas, Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganligi — sifat oʻzgarishi. Natijada xalq xoʻjaligi, iqtisodiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlar vujudga keldi, xalqning iqtisodiy, siyosiy, madaniy ravnaqi uchun keng yoʻl ochildi. Miqdor oʻzgarishlari nisbatan sokin, uzluksiz davom etsa, sifat oʻzgarishlari uzilishli, sakrashsimon boʻladi. Rivojlanish jarayonida eski sifatning yangi sifatga aylanishi uzluksizlikning uzilishi yoki sakrash deb ataladi. Sakrash — rivojlanish jarayonida qonuniy sodir boʻladigan burilish nuqtasi, taraqqiyot zanjiridagi zaruriy halqadir. Sakrash oʻzgarishning eng intensiv shakli, rivojlanish maromining oliy nuqtasidir, uning natijasida eski narsa yemiriladi, yangi narsa vujudga keladi. Bir sifatdan ikkinchi sifatga oʻtish sakrash orqali boʻlishi umumiy qoida boʻlib, u xali bu sakrash har bir tayin vaziyatda tayin narsa va hodisalarga nisbatan qanday amalga oshishini koʻrsatib bermaydi. Hodisaning bir sifat holatdan boshqa holatga oʻtishi yoʻqolish va paydo boʻlishning , mavjudlik va yoʻqlikning , inkor va tasdiqning birligidan iborat (qarang Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni). Sakrashda yangi yuzaga kelayotgan hodisa eskisini inkor etadi; bunda sifat va miqdori bir-birini taqazo etadi Dialektika sakrashlarning , bir sifatdan ikkinchi sifatga oʻtish shakllarining xilma-xilligini jiddiy hisobga olishni, har bir muayyan vaziyatda shu oʻtishning tayin shakllarini aniqlab, bilib olgan holda ish koʻrishni talab qiladi. Eng muhimi — sakrashning , oʻsishning tayin shaklini payqab olish, topish, ifodalash va shunga qarab harakat qilish kerak. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling