Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari


Download 119 Kb.
bet2/7
Sana22.02.2023
Hajmi119 Kb.
#1220871
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MUSTAQIL VA NOMUSTAQIL KESIMLIK SHAKLLARI

EGALI VA EGASIZ GAPLAR
Sodda gaplar egali (shaxsli) va egasiz (shaxssiz) bo‘lishi mumkin. Egasi mavjud bo‘lgan gaplar shaxsli gaplardir. Masalan: Biz bugun Samarqandga jo‘naymiz. Egasi mavjud bo‘lmagan gaplar shaxssiz gaplardir. Masalan: Bugun Samarqandga jo‘naymiz. Birinchi gapda ega (biz) ishtirok etgan, ikkinchi gapda esa ega ishtirok etmagan.
Egasiz gaplarning quyidagi turlari mavjud:
Shaxsi (egasi) ma’lum gapda ega kesimning shaxs-son shakllaridan ma’lum bo‘lib turadi. Qachongacha qorning o‘ylab o‘tadirsan? Qachongacha ko‘kdan chalpak kutadirsan? (I.Mirzo)
Shaxsi (egasi) umumlashgan gapda gapning umumiy mazmuni barcha shaxslarga aloqador bo‘ladi: Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. (Maqol) Boshingga qilich kelsa ham, to‘g‘ri gapir. (Maqol) Maqol va matallar, hikmatli so‘zlar, odat tusiga kirgan rasm-rusumlarni bayon etuvchi gaplarda ega, asosan, umumlashgan bo‘ladi. Bugungi ishni ertaga qo‘yma.
Shaxsi (egasi) noma’lum gapda kesim fe’l bilan ifodalanadi va ish-harakatni bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak kabi ma’nolarni ifodalab keladi. Bunday gaplar kesimining eng muhim belgisi – uning tarkibida egalik qo‘shimchasining yo‘qligi. Bu gaplar shaxssiz emas, harakatni mantiqan kimdir bajaradi, lekin uni gapda ifodalab bo‘lmaydi. Yig‘ilishda ta’lim samaradorligini oshirish haqida gapirildi. Do‘stning aybini yuziga aytish kerak. Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. Bu mavzuni o‘qish shart emas. Endi qattiq o‘qishga to‘g‘ri keladi.
Atov gap va so‘z gaplar ham shaxsi noma’lum gaplardir.



Egasi ma'lum gaplarda gapning egasi matndan, nutq sharoitidan, kesimning shaxs-son shakllaridan ma'lum bo‘lib turadi. Bunday gaplarning kesimi, odatda, 1- va 2-shaxs shaklida bo‘ladi. Masalan: 1. Topshiriqni o‘z vaqtida bajaring. 2. So‘zimning ustidan chiqaman. 3. Yaqin kunlarda yakuniy test sinovlaridan о’tamiz. 4. San-manga bormaylik, masalani odillik bilan hal etamiz.
Egasi umumlashgan gaplarda gapning umumiy mazmuni barcha shaxslarga aloqador bo‘ladi. Bunday gaplarning kesimi 2- va 3-shaxs shakllarida keladi: 1. Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. 2. Avtobusga orqa eshikdan kiriladi. 3, Sog‘liq tilasang, ko‘p yema. 4. Izzat tilasang, ko‘p dema. 5. Yaxshilikni minnat uchun qilmaydilar. 6. Xonaga kirgan avval salom beradi. Maqol va matallar, hikmatli so‘zlar, odat tusiga kirgan rasm-rusumlarni bayon etuvchi gaplarda ega, asosan, umumlashgan bo‘ladi.
Esda saqlang: kesimi majhul nisbatdagi fe'l bilan ifodalangan gaplarda egani tushirish mumkin emas: Uy ham qurildi, suv quvurlari o‘tkazildi, elektrlashtirish va gazlashtirish ishlari bitkazildi.
Gapda harakatning bajaruvchisi ta'kidlanishi zarur bo‘lgan hollarda ega tushirilishi mumkin emas: Kim gulxan yoqadi? -Men yoqaman, - dedi Sharifjon.
Ega-kesim qurilishli iboralarda egani hech qachon tushirib qoldirish mumkin emas: Salimjonning og‘zi qulog‘ida: tanlovda g‘olib chiqdi. Oshig‘imiz olchi: temir-tersak yig‘ishdi birinchilikni oldik. Nodir Musayevning sochi tikka bo‘ldi.

Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling