Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti o’zbek tili yo’nalishi uzb-eu-21-205-guruh talabasi Bahromova Guloyimning Hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 360.48 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi360.48 Kb.
#1578017
1   2   3   4
Bog'liq
Bahromova Guloyim Mustaqil ish

Egali gap o`z o`rnida ikkiga ajraladi: 1) egasi voqelangan gap: Salim shu vazifani bajarishi shart; 2) egasi yashiringan gap: 1. Bugun Samarqandga boramiz (biz). 2. So`zimning ustidan chiqaman (men). 3. O`ylab ko`rsin (u). 4. Hurmat qilsang, hurmat topasan (hamma). Egasi yashiringan gap quyidagi turga ega: a) egasi (shaxsi) ma’lum gap; b) egasi (shaxsi) umumlashgan gap; a) Egasi ma’lum gapda egani kesimdagi shaxs-son qo`shimchasi orqali tiklasa bo`ladi. Bunday gapning kesimi, odatda, I, II qisman III shaxsda bo`ladi: 1.Masalani yechdingizmi? 2. Shaftolizor bog`larni ko`rdim. 3. Derazadan ko`chaga tikilgani tikilgan. b) Egasi umumlashgan gapda ega ikkinchi va uchinchi shaxsga qaratilgandek bo`lsa-da, aslida hamma uchun umumiy bo`ladi. Bunday eganing umumlashishi maqol, matal, hikmatli ibora, odat tusiga kirgan rasm-rusumni bayon etuvchi gapda uchraydi: 1.Hurmat qilsang, hurmat topasan. 2. Sog`liq tilasang ko`p yema. 3. Yaxshilikni minnat uchun qilmaydilar. Avtobusga orqa eshikdan kiriladi.


Egali gaplar:
  • Vaqt – eng odil hakam.
  • Haqiqatdan qo’rqqan odam yolg’onning panasiga berkinadi.
  • Ilm mashaqqat bilan egallanadi.
  • Ortiqcha kamtarlik – manmanlik alomati.


Shaxsi (egasi)ma’lum gaplar:
  • Bu topshiriqni ertagacha bajaraman.
  • Qachongacha ko’kdan chalpak kutadirsan?
  • Xonadan hozir chiqib ketdi.
  • Hammasiga ulgurishimiz kerak.
  • Bu ishni, albatta, uddalaysiz.
  • Berilgan vazifani sidqidildan bajarishdi

Egasi yo’q gapning turlari
Shaxsi nama’lum gap
So’z gap
Atov gap

Shaxsi noma`lum (topilmas) gapning kesimi fe’l bilan ifodalanadi va ish-harakatni bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak ma’nosini ifodalab keladi. Bunday gap kesimining eng muhim tomoni kesimdagi shart, lozim, darkor, joiz kabi so`z bilan kelgan harakat nomi shaxs-sonni ko`rsatuvchi vositaga ega bo`lmaydi: 1. Dam olish kuni kitobxonlar yig`iniga borish kerak. 2. Ko`ngilda armon qolmasin deb, chilyosin qilishga ham to`g`ri keldi. 3. Bu yerda o`rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak. Shaxsi topilmas gapning kesimi: a) majhul nisbatdagi fe’l: borildi, o`qiladi, berilayotir; b) -ga to`g`ri kelmoq ko`rinishida murakkablashgan fe’l: borishga to`g`ri keldi, aytishga to`g`ri keladi; d) harakat nomi + kerak/zarur/shart kabi modal: borish kerak, bilish shart, aytish zarur; Bunda harakat nomi egalik shaklini olsa, egali gapga aylanadi: Borishi kerak (u), aytishim zarur (men). e) -sa bo`ladi, -ib bo`lmaydi kabi murakkablashgan holda: Mana buni o`qish desa bo`ladi. Oyni etak bilan yopib bo`lmaydi. Kabilar bilan ifodalanadi


Download 360.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling